122
Sovutish kameralarini yagona blok ko„rinishida, balandligi 1,6-1,9 metr
bo„lgan tambur orqali kiradigan qilib joylashtirish lozim.
Sovutiladigan kameralarning rejadagi o„lchamlari 2,2x2,4 metrdan,
balandligi esa – 2,7 metrdan kam bo„lmasligi kerak. Ularni qozonxona, boyler,
dushxonalar va harorati hamda namligi yuqori bo„lgan
boshqa xonalar yonida,
ostida va ustida joylashtirishga yo„l qo„yilmaydi. Sovutish kameralari ovqatlanish
zalidagi o„rinlar soni 300 dan ortiq bo„lgan umumiy ovqatlanish korxonalari
uchun loyihalashtiriladi. Sig„imi kamroq restoran,
kafe va oshxonalarda katta
sovutgichlar qo„llaniladi.
Ovqat chiqindilari uchun sovutish kamerasi birinchi qavatda, chiqish
tamburi tashqariga va yo„lakka qaratilgan holda loyihalashtiriladi.
Qishloq
joylarda bunday sovutish kamerasi xo„jalik zonasida ham joylashtirilishi
mumkin. Ma‟muriy-maishiy xonalarni boshqa xonalardan alohida qilib
joylashtirish lozim, bunda boshqa funksional vazifali
xonalar bilan qulay
bog„liqlikni ta‟minlashga e‟tibor qaratish kerak. Xodimlar uchun kirish yo„lini
xo„randalar kirish yo„lidan, shuningdek yuk tushirish zonasidan alohida qilib
loyihalashtirish zarur. Xodimlar uchun zinapoyalar xo„randalarni evakuastiya
qilishda foydalanishni hisobga olgan holda joylashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: