Analitik hisob registrlari ma’lumotlarini Bosh daftar bilan
taqqoslash mijoz tomonidan
vaqti-vaqti bilan o’tkaziladigan nazorat tadbiri bo’lib hisoblanadi. Qoidaga kura, auditorlar qilingan
taqqoslashlarni, aniqlangan g’ayrioddiy xarajat summalarini tahlil qiladi, jami xarajatlar
summalarini qayta jamlab chiqadi.
Shu orqali mahsulot tannarxini ifodalovchi ko’rsatkichlardan eng muhimi hisoblangan, bir
so’mlik mahsulot uchun qilingan xarajatni aniqlash va unda aniqlangan kamchiliklarni o’z
hisobotidan aks ettiradi. Bu ko’rsatkich orqali qilingan xarajatlarning samaradorligini aniqlash
mumkin. Mahsulot tannarxi auditi natijalarini umumlashtirishda bir so’mlik mahsulot uchun
qilingan xarajatlar dinamikasi, biznes rejaga nisbatan o’zgarishi aniqlanadi.
Auditning maqsad va vazifalaridan kelib chikib, umumlashtirilgan va baxolangan tekshiruv
natijalarini kamida ikkita xujjat bilan rasmiylashtirish maksadga muvofikdir:
1. Audit haqidagi shartnomada ko’zda tutilgan davr
ichidagi korxonaning ishlab
chiqarilagan mahsulotlar tannarxini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish to’g’risida xisobot;
2. Moliyaviy hisobotda to’g’ri aks etishi bo’yicha auditorlik hisobotiga tekshirish natijasi
bo’yicha ma’lumot kiritish.
Mahsulot tannarxining auditorlik hisoboti shu tekshiruvni o’tkazgan auditor(lar) tomonidan
boshqa auditorlik tekshiruvlari kabi betma-bet imzolanishi lozim. Auditorlik hisoboti auditorlik
tekshiruvining buyurtmachisiga, buyurtmachining barcha zarur rekvizitlari ko’rsatilgan holda
jo’natiladi.
Auditorlik hisobotining kirish qismida auditorlik tashkilotining rekvizitlari, shu jumladan
auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning raqami va sanasi, auditorlar va
auditorlik tekshiruvida qatnashgan boshqa shaxslar haqida ma’lumotlar,
hamda auditorlik
tekshiruvini o’tkazish uchun asos va xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining umumiy tavsifi
ko’rsatiladi.
Auditorlik hisobotining tahliliy qismi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- xo’jalik yurituvchi sub’ektda ichki nazoratning ahvolini tekshirish natijalari (batafsil
bayoni);
- xarajatlarni bo’limlar o’rtasida to’g’ri taqsimlanishini amalga oshirish chog’ida
qonunchilikka rioya qilinishini tekshirish natijalari;
- xom ashyo va tayyor mahsulotlarning saklanishini tekshirish natijalari.
Mahsulot tannarxining to’g’ri hisoblanganligi bo’yicha tuzilgan auditorlik xisobotining
yakuniy qismida aniqlangan xato-kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf qilish bo’yicha
auditorlik tashkilotining tavsiyalari, hamda mahsulot tannarxini kamaytirish bo’yicha maslahatlar
va takliflari aks ettiriladi.
Auditorlik tekshiruvining natijalari asosida tuzilgan hisobotda korxona moliya-xo’jalik
faoliyati va uning natijalarining umumiy ahvoli,
shuningdek, tahlil ishlarining darajasi hamda
korxonadagi hisob-tahlil xodimlarining tavsifi aks ettiriladi. Auditor keltirilgan kamchiliklar
bo’yicha ularni bartaraf qilishga qaratilgan o’z takliflarini ham ko’rsatib o’tishi lozim. Lekin
tekshirilayotgin korxona xodimlariga «yaxshilik» qilish maqsadida auditor shaxsan o’zi dastlabki
hujjatlar, hisob registrlari va buxgalteriya hisobotlaridagi xatolarni to’g’rilashi mutlako mumkin
emas.
Auditor aniqlangan xato yoki kamchiliklar to’g’risida korxona rahbariyatiga bildiradi va
ularni tuzatish bo’yicha aniq tavsiyalar beradi.
Auditorlik tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladigan auditorlik xulosasini tayyorlash ishlarida
auditorlik faoliyatining milliy standartlari (AFMS) qoidalarining talablarini inobatga olish zarur.
Shu bilan birga Auditning Xalqaro standatiga muvofiq audit o’tkazilganda
auditorlik xulosasini
tayyorlashda asosan № 700 - «Moliyaviy hisobotlar to’g’risida fikr hosil qilish va hisobot (xulosa)
berish» nomli AXSdan foydalaniladi.
Audit natijalari korxonadagi mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarning to’g’ri taqsimlanishi
natijalarini xolisona aks ettirishi lozim. Shu bilan birga auditorlik xulosasining kirish qismida
tekshiruvdan o’tkazilgan asosiy hujjatlar ro’yxati va sanasi ko’rsatilgan holda aks ettirilishi lozim.
Ijobiy auditorlik xulosasida buxgalterlik balansi va moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining
ishonchliligi auditor tomonidan tasdiqlanadi. Qoidaga ko’ra ijobiy auditorlik xulosasi auditorlik
tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti uning moliyaviy holati va sodir etilgan
moliya-xujalik muomalalarining O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiqligini
ishonarli aks ettiradi degan fikrga kelingan vaqtda tuzilishi lozim.
Auditorga barcha zarur ma’lumotlar o’z vaqtida taqdim etilmagan yoki buzib ko’rsatilgan
holda taqdim etilganligini u bilmagan bo’lsa, bunga auditor javobgar hisoblanmaydi. Bu hollarda
barcha javobgarlik zarur ma’lumotlarni auditorga taqdim etishi lozim bo’lgan, tekshirilayotgan
korxona ma’muriyati va uning ma’sul xodimlariga yuklatiladi.
Shu boisdan, korxona rahbari va
moliya-hisob xizmati xodimlari oldindan, auditorlik xulosasini oxirgi tahrirda tuzgunga qadar
tanishib chiqishlari, agarda ularda ayrim holatlarga nisbatan norozilik, mulohaza yoki qandaydir
takliflari bo’lsa, ushbu bildirilgan
fikrlar diqqat bilan eshitilib, korxona xodimlari ishtirokida
muhokama qilinishi va asoslangan holda chiqarib tashlanishi yoki e’tiborga olinib, xulosaning
oxirgi tahririda inobatga olinishi lozim. Shuningdek, agar tekshiruvda hech qanday kriminalga oid
holat aniqlanmagan bo’lsada, xulosalarni ochiqdan-ochiq yoki niqoblangan ishoralar bilan
shakllantirish mumkin emas. Auditorlik xulosasida hech qanday taxminlar, gumonlar, mish-mishlar
va boshqa tasdiqlanmagan manbalardan olingan ma’lumotlarni keltirish mumkin emas. Shuningdek,
xulosada judayam ehtiroslarga berilgan so’zlar, keltirilgan faktlar bo’yicha sharhlar, bo’lmasligi
kerak.
Auditorlik tekshiruvi yakunlanganidan so’ng barcha materiallar (ishchi va analitik jadvallar,
hisob-kitoblar, auditorlik tekshiruvi va xulosalar hamda ekspertiza dalolatnomalarining birlamchi
nushalari, hisob xodimlari, moddiy javobgar shaxslar va boshqalarning tushuntirish xatlari) har bir
tekshirilgan korxona uchun maxsus ochilgan papkalarda saqlanishi lozim.
Dostları ilə paylaş: