O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


Aktsiyadorlar ulushi va dividendlari auditi



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#140379
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   362
Аудит УМК

5.Aktsiyadorlar ulushi va dividendlari auditi 
Ko’pchilik aktsiyadorlik jamiyatlari uchun ta’sischilar ulushi oddiy aktsiya, imtiyozli aktsiya, 
ulushlar va taqsimlanmagan foydadan iborat bo’ladi. Keyingi yillarda ko’plab murakkab moliyaviy 
instrumentlarning paydo bo’lishi majburiyatlar auditi bilan birga aktsiyadorlar aktsiyalari auditida 
ham ayrim muammoli tomonlarni keltirib chiqarmoqda.
Quyidagi uchta asosiy jarayon aktsiyadorlar aktsiyalari auditida muhim hisoblanadi: 
-
Qo’shimcha aktsiya chiqarish. Bu naqd pulga, xizmatga, konvertatsiyalanadigan 
majburiyatga qo’shimcha chiqarish bilan bog’liq kelishuv 
-
Chiqarilgan qo’shimcha aktsiyalarni qaytarib sotib olish 
-
Dividendlarni to’lash
Aktsiyadorlar ulushlarini tekshirishda bitimlar soni kam bo’lganligi bois ularni to’liq 
tekshirish maqsadga muvofiq. Noto’g’ri ma’lumotlarni to’g’ri deb qabul qilishning oldini olish 
maqsadida auditor nazorat riskini yuqori o’rnatgan bo’lsada, nazorat vositalarini yaxshi o’rganishi 
kerak. Aktsiyadorlar ulushlari yuzasidan o’rnatilgan nazorat operatsiyalari samaradorligini va
tizimini o’rganishi zarur. Agar mijoz korxona aktsiyadorlik jamiyati ko’rinishida bo’lsa, moliyaviy 
hisobotlar yuzasidan ichki auditning ishlashiga ahamiyat berishi kerak.
Ko’pincha yirik aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiyalar bilan bog’liq bitimlar, dividendlar hisob 
kitobini ro’yxatga oluvchi mustaqil shtat xodimiga yoki dividend agentiga ega bo’ladi. Ushbu 
xodim barcha chiqarilgan aktsiyalar korxona ustavida nazarda tutilganligi, dividendlar hisobi 
to’g’ri yuritilayotganligi yuzasidan mas’ul bo’lib, aktsiyadorlarga ushbu operatsiyalar yuzasidan 
hisobotlar ham berib turadi. Shuningdek, to’lanayotgan dividendlarning cheklarini ham hisobotlarga 
qo’shib aktsiyadorlarga taqdim etadi. Agar mijoz korxonada yuqorida ta’kidlangan shtat birliklar 
mavjud bo’lsa, auditor ushbu operatsiyalar yuzasidan olingan dalillarni ishonchli deb baholashi 
mumkin.
Bordiyu, korxonada aktsiyalar va dividendlar bilan bog’liq operatsiyalarni yurituvchi mustaqil 
shtat birligi bo’lmay, korxona xodimlaridan biri bu vazifalarni amalga oshirsa, auditor etarlicha 
dalil olishi uchun qo’shimcha audit amallarini bajarishi lozim bo’ladi. 
Quyidagilar aktsiyadorlar ulushi auditida tasdiqlanishi lozim bo’lgan axborotlar: 
-
Ulushlar va dividendlar bo’yicha bitimlar korxona ustavida nazarda tutilganligi 
(kelib chiqishi); 
-
Barcha ulushlar va dividendlar hisobda zarur darajada, talabga muvofiq yuritilganligi 
(aniqlik); 
-
Ulushlar va dividendlar bo’yicha barcha bitimlarning tasdiqlovchi hujjatlari 
mavjudligi (ruxsat etilganligi); 
-
Barcha ulush va dividendlar talab darajasida baholanganligi (baholash). 
Ulushlar va dividendlar bo’yicha bitimlarning 
kelib chiqishi
. Korxonadagi xodimlardan biri, 
masalan, korporativ kotib yoki yuristkonsultant ulushlar va dividendlar bo’yicha amalga 
oshirilayotgan har bir bitim ustavda nazarda tutilganligi hamda qonuniyligini nazorat qilishi va 
tasdiqlashi lozim. Shuningdek, ushbu xodim har bir aktsiyadorning ism sharifi va unga tegishli 
aktsiyalar miqdorini o’zida jamlagan buxgalteriya kitobini yuritishi maqsadga muvofiq.
Aniqlik
. Bu tasdiqnomaga erishish uchun aktsiyadorlarning aktsiyalar miqdori, umumiy 
hisoblangan va to’langan dividendlar bo’yicha taqdim etilgan hisobotlardan qoniqish hosil 
qilganliklari yoki e’tirozlari mavjudligini o’rganish kerak. 
Ruxsat etilganlik
. Ko’pchilik aktsiyadorlik jamiyatlarida aktsiyalar va dividendlar bo’yicha 
bitimlar direktorlar kengashi davomida ma’qullanib, bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Auditor 


ushbu hujjatlarni o’rganib chiqishi kerak bo’ladi. 

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin