noaniqliklar bilan solishtiriladi. Agar umumiy buzilishlar kelib chiqishi mumkin bo’lgan
noaniqlardan kam bo’lsa, auditor adolatli qabul qilingan qaror deb inobatga olishi kerak. Agar
umumiy buzilishlar kelib chiqishi mumkin bo’lgan noaniqlardan ko’p bo’lsa, hisob etarli darajada
taqdim etilmagan degan xulosaga kelishi kerak.
Shuningdek, auditor buzilishlar mohiyatini tahlil qilishi kerak. Ba’zi holatlarda bu buzilishlar
boshqaruv xavfining qo’shimcha ma’lumotlarini berishi mumkin. Buzilishlarni paydo bo’lish
sabablarini aniqlash jarayonida auditor birlamchi nazoratni baholash xavfi past ekanligini aniqlaydi.
Masalan, auditor kredit nazorat samaradorligini ta’minlash yo’li orqali o’z bahosini tushirishi
mumkin.
2.Foyda va zararlarni hisobga oluvchi schetlar auditi hamda riskni baholash
Foyda va zararlarni hisobga oluvchi schetlarni tekshirishda auditor ko’rsatilgan foyda va
xarajatlar noto’g’ri axborot bermayotganligiga ishonch hosil qilishi kerak. Foyda va zararlar
to’g’risidagi hisobot moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun muhim ob’ekt bo’lib
hisoblanadi. Masalan kreditorlar yoki bo’lajak kreditorlar korxonaning foydalilik darajasini qarz
berish to’g’risida ijobiy yoki salbiy qaror qabul qilishda indikatorlardan biri sifatida ko’radi.
Bo’lajak investorlar korxona aktsiyalarini sotib olishdan oldin foyda va zararlar to’g’risidagi
hisobotga murojaat qilishadi. Hattoki, mol etkazib beruvchilar ham kreditga etkazilgan tovarlar
haqini korxona to’lay olishi mumkin yoki yo’qligini aynan moliyaviy natijalar to’g’risidagi
hisobotga tayanib taxmin qiladilar.
Foyda va zararlar auditi ko’p hollarda korxonadagi boshqaruv tizimiga, korxonada
tuziladigan moliyaviy hisobot yuzasidan o’rnatilgan ichki nazoratga bog’liq. Masalan, koxona
erishgan foydasi va ko’rgan zararlari to’g’risida muhim noto’g’ri ma’lumotlar aynan boshqaruv
tizimi xatosi bilan sodir bo’lishi mumkin.
Foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot auditi ko’p jihatdan auditning boshqa hududlaridagi
tekshiruvlar natijasini ham o’z ichiga oladi hamda tekshiruvni samarali yakunlash uchun quyidagi
mustaqil audit amallarining natijasi zarur bo’ladi:
-
Turli biznes jarayonlar ustidan boshqaruv vositalarini testdan o’tkazish natijalari;
-
Balans moddalari va foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotga aloqador bo’lgan schetlarni
testdan o’tkazish natijalari;
-
Foyda va zararlarni ifodalovchi schetlar ustidan o’tkazilgan tahliliy audit amallari natijasi;
-
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotning tanlangan schetlarini batafsil testlash natijalari.
Biz yuqoridagi boblarda nazorat riskini boshqarishda auditorning turli yondashuvlari haqida
so’zladik. Ya’ni, nazorat riski maksimum deb qaralsa, auditor ichki nazorat ma’lumotlariga tayanib
fikr yurita olmaydi va keng miqyosdagi mustaqil audit amallarini bajaradi. Mijoz boshqaruv tizimi,
nazorat tizimi samarali ishlayotgan yoki yo’qligini testlab o’rganiladi. Agar korxonada nazorat
vositalari samarali ishlayotgan bo’lsa, auditor nazorat riskini maksimumdan tushirishi mumkin.
Moliyaviy natijalar auditida pasaytirilgan nazorat riski korxona ichki nazoratining ushbu
qismlari ishonchliligini bildiradi. Masalan, korxona sotish jarayoni ustidan o’rnatilgan nazorat
riskining pastligi sotuv jarayoni, debitorlik qarzlari, sotishan tushum kabi qismlardagi raqamlar
noto’g’ri ma’lumotga asoslanmaganligini bildiradi. Xuddi shunday sotib olish jarayonida ham
nazorat riskining pastligi kreditorlik qarzlari, vakillik xarajatlari va boshqa majburiyatlardagi
raqamlar aniqroq ekanligini anglatadi. Muhim tomoni shundaki moliyaviy natijalar ustidan etarlicha
dalillarning borligi auditor uchun fikr bilidirishida yordam beradi. Sotish va sotib olish jarayonidan
to’plangan dalillar esa foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot auditida ko’pincha daromadlar va
xarajatlar haqida qo’shimcha axborot beradi hamda moliyaviy natijalar auditining samarali
o’tkazilishida yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: