Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini hisoblashni tekshirishda auditor quyidagilarning
to’g’riligini aniqlaydi:
-
mahsulot ishlab chiqarish (ish, xizmat) uchun qilinadigan xarajatlarning turkumlanishini;
-
xarajatlarni kalkulyatsiya moddalari bo’yicha hisobga olish va hisobdan chiqarish
(taqsimlash);
-
yaroqsizlik (brak) dan va bekor turib qolishdan ko’rilgan yo’qotishlar;
-
tugallanmagan ishlab chiqarishni aniqlash;
-
bilvosita sarflarni taqsimlash;
-
xarajatlarni hisobga olish va mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini hisoblash usullarini
qo’llash;
-
ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishga doir schyotlarning o’zaro bog’lanishi
(korrespondentsiyasi)ni tuzish;
-
ishlab chiqarish xarajatlarining yig’ma, analitik va sintetik hisobini yuritishni;
-
xarajat schyotlari bo’yicha analitik va sintetik hisob yozuvlarining bosh daftar hamda
balansdagi yozuvlarga mos kelishi.
Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini hisoblashda har xil usullar qo’llaniladi.
Sanoat ishlab chiqarishida tannarx hisoblash quyidagi usullarda amalga oshiriladi: oddiy usul,
normativ usul, buyurtmalar usuli, bosqichlar usuli.
Auditorlik tekshiruvining vazifalaridan biri - tanlangan kalkulyatsiyalash usulining
asosliligini tasdiqlashdan iborat.
Xarajatlar mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga olib borilish xususiyatiga ko’ra muayyan
mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga to’g’ridan-to’g’ri olib boriladigan bevosita va bilvosita
xarajatlarga bo’linadi.
Bilvosita xarajatlar ko’p elementli bo’lib, hisob yuritish siyosati to’g’risidagi buyruqda
belgilangan qaysidir ko’rsatkichga mutanosib ravishda alohida mahsulot turlari o’rtasida
taqsimlanadi. Qanday ko’rsatkichga mutanosib taqsimlash usulini har bir korxona tarmoq
xususiyatidan kelib chiqib mustaqil aniqlaydi. Masalan, sanoatda mutanosib taqsimlash ko’rsatkichi
sifatida quyidagilar qo’llaniladi:
-
asosiy ish haqi;
-
qurilmalarni saqlash va ishlatish uchun qilinadigan smeta (normativ) xarajatlar;
-
mahsulot massasi va hajmi;
-
ishchilar tomonidan ishlangan kishi-soatlar;
-
qurilmalarning mashina-soatlar soni.
Auditorning vazifasi korxona hisob siyosatida qabul qilingan va amalda qo’llanilayotgan
bilvosita sarflarni taqsimlash usulining to’g’riligini tasdiqlashdan iborat.
Bir necha turdagi faoliyat bilan shug’ullanuvchi (har xil mahsulot ishlab chiqaruvchi)
korxonalar bilvosita xarajatlarini ular o’rtasida taqsimlamaydigan holatlar auditorlik amaliyotida
tez-tez uchrab turadi. Bunday hollarda har xil mahsulotlar tannarxlarining buzib ko’rsatilish hollari
sodir bo’ladi, haqiqiy moliyaviy natijalar yashiriladi.
Dostları ilə paylaş: