O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#140379
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   362
Аудит УМК

(xaqiqiy 
tannarxi) 
bo’yicha ma’lumotlar "Asosiy ishlab chiqarish", "Yordamchi ishlab chiqarish" hisobvaraqlarining 
krediti bo’yicha aylanmalar bilan solishtiriladi. Bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar tannarxi 
ushbu hieobvaraqlar bo’yicha kredit aylanmalari "Asosiy (operatsion) faoliyatdan olingan 
daromadlar hisobi bo’yicha hisobvaraqlar" hisobvarag’ining debet aylanmalari bilan solishtirib 
tekshiriladi. 
Sotish tsiklini audit qilish vaqtida auditor mahsulotni sotishdan tushum to’g’ri aniqlanganligi 
va hisobga olinganligini tekshirishi lozim. Barcha korxonalar sotishdan tushum va hisobotni 
tayyorlash bo’yicha buxgalteriya hisobini faqat hisoblash usulida yoki "jo’natish bo’yicha" amalga 
oshirishlari kerak. Mahsulotni jo’natish (sotish) jarayoni "Tayyor mahsulotni sotishdan olingan 
daromadlar" hisobvarag’ida hisobga olinadi. Jo’tilgan, lekin hali ham xaridor tomonidan 
to’lanmagan mahsulot sotish narxlari bo’yicha "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan 
hisobvaraqlar" hisobvarag’ida hisobga olinadi. 
Auditor tegishli hisobvaraqlar bo’yicha hisob registrlari ma’lumotlariga asosan 
qo’llanilayotgan hisobvaraqlar korrespon-dentlanishi to’g’riligi va mahsulotni sotishdan tushum 
"jo’natish bo’yicha", me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq hisobda to’g’ri aks etilganligiga 
ishonch hosil qilishi lozim. 
Mahsulotni (ish va xizmatlar)ni jo’natish va sotish bo’yicha operatsiyalarni hisobga olish 
uchun 1b-sonli ro’yxatnoma (jo’natish) va 11-sonli jurnal-order qo’llaniladi. 1b-sonli ro’yxatnoma 
jo’tilgan mahsulot sotilishidan tushgan tushumni aniqlashda yuritiladi. 11-sonli jurnal-orderda oylik 
yakunlar va tegishli hisobvaraqlar bo’yicha kredit aylanmalari aks etiladi. 
Mahsulotlarni sotish bo’yicha operatsiyalarni o’rganish jarayonida auditor mahsulot etkazib 
berish uchun shartnomalar mavjudligi va to’g’ri rasmiylashtirilganligi, yozib berilgan hisobvaraq-
fakturalar 
to’liq 
ro’yxatga olinganligi, etkazib berilgan mahsulot uchun xaridor to’lov muddatlariga 
rioya qilayotganligini aniqlashi va tekshirishi lozim. 
Sotilgan mahsulot tannarxi to’g’ri anshuganganligini auditor tegishli ko’rsatkichlarni 
qaytadan sanab chiqish, shuningdek, mahsulotning alohida turlari bo’yicha tovar balansini natural 
va qiymat ifodalarini solishtirish yo’li bilan aniqlaydi. 
Bunda tovar balansi ko’rsatkichlari boshqa hujjatlardagi shunga o’xshash ko’rsatkichlar bilan 
solishtiriladi: 
-
hisobot davrining boshiga va oxiriga tayyor mahsulotning qoldig’i hisobot davrida ishlab 
chiqarilgani va jo’natilgani (sotilgani) buxgalteriyadagm tayyor mahsulot harakati hisobi bo’yicha 
tahliliy hisob ma’lumotlari va ishlab chiqarish-nozimlik xizmatidagi tezkor ma’lumotlar bilan 
tasdiqlanadi; 
-
hisobot davrining boshiga va ohiriga tayyor mahsulotning haqiqiy tannarxi yoki hisob 
narxlari (rejali, me’yoriy) tannarxi bo’yicha qoldiqlari va boshqalar "Tayyor mahsulotning hisobi 
bo’yicha hisobvaraqlar" hisobvarag’ining hisobot davrining boshlanishi va oxiriga 
qoldiq 
bilan 
tasdiqlanadi. Ishlab chiqarishdan tayyor mahsulotni haqiqiy tannarx bo’yicha chiqarilishi ishlab 
chiqarish bo’yicha xarajatlarning umumlashtirilgan hisobi ma’lumotlari bilan tasdiqlanadi; 
-
haqiqiy tannarx bo’yicha yuklab jo’natish hisobnarxlari bo’yicha jo’natish va farqlarning 
algebraik summasi sifatida aniqlanadi. Farqlar summasi farqlarning o’rtacha foiz darajasidan kelib 
chiqqan holda hisoblanadi. 
Farqlarning o’rtacha foizi, o’z navbatida, amaldagi tannarx bilan hisob narx o’rtasidagi farq 
hisob narxi bo’yicha davr boshiga tayyor mahsulot va uning hisobot davrida ishlab chiqarilgan 
summasi nisbati bilan aniqlanadi. 
Tekshiruv yakunida auditor QQS va sotishdan olingan moliyaviy natijalar to’g’ri 
hisoblanganligini tekshiradi. 
Auditor o’z xulosalarinm tekshirilayotgan dastlabki hujjatlar va hisob registrlari ma’lumotlari, 
amalga oshirilgan nazoratli arifmetik hisob-kitoblar natijalari bilan asoslaydi. Audit davrida 


aniqlangan xato va kamchiliklarni auditor o’z ish hujjatlarida qayd etadi. 
Tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bo’yicha buxgalteriya hisobini yuritishda odatda 
sodir etiladigan xatolar quyidagilar bo’lishi mumkin: 

mahsulotni sotish buxgalteriya hisobida "to’lov bo’yicha" yuritilishi;

sotilgan mahsulotning tannarxi noto’g’ri hisoblanishi; 
-
hisobning ushbu bo’limi bo’yicha hujjatlar to’g’ri va o’z vaqtida yuritilmasligi; 
-
mahsulot sotilishini hisobda aks etishda hisobvaraqlar noto’g’ri korrespondentlanishi. 
-

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin