O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar auditi



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#140379
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   362
Аудит УМК

8. Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar auditi 
Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishning umumiy qismi - qoldiqlar 
haqqoniyligini baholash va bajariladigan uslubiy amallar mol etkazib beruvchilar va pudratchilar 
bilan hisob-kitoblarni tekshirishga o’xshash.
№21-BHMSga muvofiq jo’natilgan mahsulot, material, bajarilgan ish va ko’rsatilgan 
xizmatlar uchun xaridor va buyurtmachilar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar 4010 - «Xaridorlar 
va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020- «Olingan veksellar», 6310- «Xaridorlar va 
buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schyotlarida hisobga olinadi. Auditor 4010-«Xaridorlar va 
buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020-«Olingan veksellar» va 6310-«Xaridorlar va 
buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schyotlari bo’yicha hisob yuritish va nazoratning holati 
hamda qoldiqlarning haqqoniyligini baholash natijasida xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-
kitoblar bo’yicha muomalalarning ishonchliligini tekshiradi. Bu schyot bo’yicha oborotlarni 
tekshirishning muhimligi korxona faoliyatini baholaydigan asosiy ko’rsatkich - tovarlar, 
mahsulotlar, ish va xizmatlarni sotishdan olinadigan daromad ko’rsatkichi bo’yicha axborotlarni 
shakllantirishi bilan izohlanadi.
Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarga doir muomalalarni tekshirishda 4010, 
4020 va 6310 schyotlar bo’yicha hisob registrlari ma’lumotlarining Bosh daftar hamda o’zaro 
aloqador hisob registrlari ma’lumotlari bilan tengligi aniqlanadi. Bunda asosan 4010- schyot debeti 
bo’yicha yozuvlar 9010, 9020, 9030, 9210, 9220-schyotlarning krediti bo’yicha yozuvlar bilan 
solishtiriladi. Agar qonun yoki oldi-sotti shartnomasida tovarga mulkchilik huquqining maxsus 
tartibi ko’zda tutilmagan bo’lsa, uholda umumiy qoida bo’yicha mulkiy huquq mol etkazib 
beruvchidan xaridorga tovarni jo’natish vaqtida o’tadi va debet 4010-«Xaridorlar va 
buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» va kredit 9010-«Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan 
daromadlar»schyoti yozuvi bilan aks ettiriladi. Bunday yozuv soliqqa tortish maqsadi uchun qanday 
hisob tartibi - «to’lov bo’yicha» yoki «jo’natish bo’yicha» qabul qilinganidan qat’iy nazar amalga 
oshiriladi. Dastlabki hujjat va 4010-schyotning hisob registri bo’yicha mahsulot jo’natilgan sanani 
taqqoslash orqali muomalalarning o’z vaqtida aks ettirilishi nazorat qilinadi.
Agar shartnomada tovarlarga mulkiy huquq o’tishining maxsus tartibi ko’zda tutilgan bo’lsa, 
u holda jo’natilgan qiymatliklarga mulkiy huquq ularni jo’natish vaqtida emas, balki pul to’lanish 
vaqtida o’tishi mumkin. Bu holda jo’natilgan va sotilgan tovarlar uchun xaridorlarning qarzlari ham 
shunday yozuv bilan, ammo pul to’lanish vaqtiga aks ettirilishi muhimdir. Bu xaridorlar bilan chet 
el valyutasida hisoblashilganida va xaridorlar bilan shartli birliklarda hisoblashilganda o’ta 
muhimdir. Chunki muomalalarni aks ettirish sanasiga bog’liq holda valyuta kursi natijada esa 
umumiy qarzdorlik, kurs va summa tafovutlari aniqlanadi.
Muomalalarning hujjat bilan asoslanganligini tekshirish chog’ida tovar (mahsulot, ish va 
xizmat)lar bahosi shakllanishining shartnoma shartlariga muvofiqligi, hamda QQS summasi va 
xaridorlarga taqdim qilingan schyotlar boshqa elementlarining to’g’riligi aniqlanadi. Xaridorlar 
tomonidan schyotlarni to’lashning o’z vaqtidaligi va to’liqligi 5110, 5210, 5220, 6310, 7310 
schyotlar bilan boglanadigan ma’lumotlarni taqqoslash va analitik hisob registrlaridagi yozuvlarni 
ko’rib chiqish yo’li bilan aniqlanadi.
Veksellar bilan hisob-kitob qilinganida №21 BHMS talablariga muvofiq 4020 -«Olingan 
veksellar» schyotini yuritish tartibiga rioya qilinishi va xaridorlarning veksellar bilan ta’minlangan 
qarzlari analitik hisobining tuzilishiga qat’iy e’tibor qaratilishi lozim. Bunda xususan, veksellarning 
to’lov muddati, banklarda hisobga olinganligi (diskontlangani), o’z vaqtida puli kelib tushmaganlari 


 
alohida tekshirilishi zarur.
Shuningdek, olingan veksellar bo’yicha veksel foizlari va QQS aks ettirilishi, veksel bo’yicha 
pul mablag’larining kelib tushish chog’ida (tovarlar, qarama-qarshi talablar) vujudga keladigan 
majburiyatlar to’g’riligi tekshiriladi.
Tekshiruv jarayonida xaridorlarning muddatlari o’tib ketgan debitor qarzlari talab qilinganligi 
va talab qilinmaganligini aniqlab tahlil qilinadi. Debitor qarzlarni hisobdan o’chirish faktlari 
bo’yicha auditor ushbu faktlarning asoslanganligi va to’g’ri aks ettirilganligini aniqlaydi.
Debitor qarzlarning ahvoli va ularni hisobdan o’chirishni tekshirish amallari shubhali qarzlar 
bo’yicha rezerv yaratish va undan foydalanishni tekshirish amallari bilan kesishadi. Shubhali 
qarzlar bo’yicha rezervlardan foydalanishning asosliligini tekshirish debitor qarzlarni hisobdan 
o’chirish chog’ida ko’rib chiqiladi.
Mahsulot va materiallarni sotishga jo’natish me’yoriga qarab barcha nakladnoy ma’lumotlari 
tayyor mahsulotlarni sotishga doir hujjatlar reestri (63 - ASK shakl)ga yozib boriladi. Reestrlar 
ichki xo’jalik bo’linmalari (shirkatlar, brigadalar va boshqalar)dan xo’jalik buxgalteriyasiga 
topshirilib, ularning ma’lumotlari asosida «Qishloq xo’jalik mahsulot, material, ish va xizmatlari 
realizatsiyasini hisobga olish vedomosti (62 - ASK shakl) tuziladi. Reestrlarda xaridor va 
buyurtmachilar bilan hisob - kitoblar har qaysi to’lov hujjati bo’yicha alohida-alohida hisobga olib 
boriladi. Hisobot oyi ichida to’lanmagan summalar, undan keyingi oyda xaridor va buyurtmachilar 
bilan hisob-kitoblarni hisobga olish uchun xizmat qiladigan, yangi saldo (qoldiq) reestriga har qaysi 
to’lov hujjatidan o’tkaziladi.
Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob - kitoblarni tekshirishni boshlashdan oldin saldo 
(qoldiq) reestrlarida ko’rsatilgan qoldiqlarning Bosh daftardagi 4010 - «Xaridorlar va 
buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020- «Olingan veksellar», 6310- «Xaridorlar va 
buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schyotlari bo’yicha qoldiqlarga teng kelishini aniqlash zarur. 
Shuningdek, reestrlarning o’z vaqtida to’lg’azilishi, buxgalteriyaga topshirilishi va xo’jalikning 
kassasiga yoki hisob-kitob schyotiga tushgan to’lovlar haqida belgilar (yozuvlar) mavjudligi 
tekshiriladi. Mahsulot, material, ish va xizmatlar realizatsiyasi bo’yicha to’lov talabnomalarining 
o’z vaqtida to’lg’azilishi va inkassaga qo’yilishi tekshiriladi. Qarzlarning vujudga kelish sanalari va 
to’lov muddati o’tib ketgan summalarini saldo (qoldiq) reestrlari bo’yicha aniqlash zarur. Ushbu 
to’lov hujjatlari bo’yicha qarzlar nihoyatda puxta tekshiriladi. Chunki, amaliyotda xaridorlar va 
buyurtmachilarning qarzlari 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» va 
4020- «Olingan veksellar», schyotlarining debetida, to’lovlarning kelib tushishi esa 6310- 
«Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schyotining kreditida aks ettiriladi, 
shuningdek mahsulot va materiallar bir xo’jalik yoki tashkilotga jo’natilib, schyot esa adashib 
boshqasiga taqdim etilishi hollari ham uchraydi. Buning natijasida noxaq debitor va kreditor qarzlar 
vujudga keladi.
Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda korxona rahbari va bosh 
buxgalteri tomonidan muddati o’tib ketgan debitor qarzlarni undirish choralari ko’rilayotganligi 
aniqlanadi, hisob-kitoblarni o’zaro taqqoslash va aniqlangan tafovutlarni taqqoslash dalolatnomasi 
tuzib to’g’rilash, shuningdek qarzlarni o’zaro surishishga doir ishlarning amalga oshirilayotganligi 
tekshiriladi. 

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin