O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#140379
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   362
Аудит УМК

10. Davr sarflarini tekshirish 
Davr sarflariga kiritiladigan xarajatlar tarkibi «Mahsulotlar (ish, xizmatlar) tannarxiga 
qo’shiladigan, mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) xarajatlarining tarkibi va 
moliyaviy natijalarini shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq aniqlanadi.
Auditor davr sarflarini hisobga olishni va moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotni 
tuzishning to’g’riligigni nazorat qilish maqsadida quyidagilarni tekshirishi lozim: davr sarflarini 
hisobga oladigan: 9410-«Sotish xarajatlari», 9420 - «Ma’muriy xarajatlar», 9430-«Boshqa 
operatsion xarajatlar», 9440-«Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri 
xarajatlari» bo’yicha o’z vaqtida, ishonarli va to’liq aks ettirilishining ta’minlanishi; ma’muriy-
boshqaruv xodimlari mehnatiga haq to’lash va mukofotlash haqidagi Nizom, lavozim 
maoshlarining belgilangan xarajatlar smetasiga rioya qilinishi ustidan nazoratning ta’minlanishi.
Quyidagi xarajatlarni davr sarflariga kiritishning asoslanganligi va o’z vaqtidaligi: reklama 
xarajatlari (nashriyotda e’lon qilish, radiodan eshittirish va televidenie orqali ko’rsatish, reklama 
mahsulotlarini ishlab chiqish va chop etish, stendlar va shitlar tayyorlash, video va diafilmlar 
namoyish etish va boshqalar); korxonaning O’zbekiston Respublikasi hududida va xorijdagi 
yarmarkalar va ko’rgazmalarda ishtirok etishiga doir xarajatlar ( eksponatlarni tayyorlash va etkazib 
berish, modellar va maketlar tayyorlash, adabiyotlar va texnik hujjatlarni nashr qilish); mahsulotlar 
(ishlar, xizmatlar)ni eksport qilish bilan bog’liq sarflar; bojxona tadbirlari uchun to’lovlar; import 
muomalalarini amalga oshirishda vositachilik qiladigan tashkilotlarga to’lanadigan komission 
to’lovlar summalari; bojxona to’lovlari, shuningdek, tovarlar va boshqa mulklarni import qilish 
bilan bog’liq bo’lgan bojxonada amalga oshiriladigan rasmiylashtirish o’tkazish uchun to’lovlar; 
material qiymatliklarni sotib olish va tashib keltirish xarajatlari; belgilangan me’yorlar va 
boshqaruv tomonidan tasdiqlangan smetalar doirasidagi korxona faoliyati bilan bog’liq vakillik 
xarajatlari (shtatda turmaydigan tarjimonlar xizmatiga haq to’lash, ishchi muzokaralar vaqtida chet 
ellik vakillarning rasmiy qabulini o’tkazishga doir xarajatlar).
Bunda qilingan xarajatlarning asoslanganligi va tasdiqlovchi hujjatlar (schyotlar, do’konlar va 
restoranlarning cheklari va boshqalar)ning mavjudligiga alohida e’tibor berish zarur.

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin