Talab etiladi:
1. Mohiyati bo’yicha auditorlik dalillarini to’plash amallarini shakllantiring.
2. Ushbu operatsiya bo’yicha buxgalteriya provodkasini amlaga oshirish bo’yicha taklif bering.
3. Auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
3-masala. Auditorlik firmasida mijoz korxonaning quyidagi buxgalterlik, iqtisodiy va huquqiy
hujjatlari mavjud:
Buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot, pul mablag‘larining harakati
va xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotlar,
balansga tushuntirish xati, biznes reja, buyruq va
xo‘jalik shartnomalari, korxonaning shtat jadvali,
hujjat aylanish grafigi, o‘tgan yilgi auditorlik
tekshiruvi xulosasi.
Talab qilinadi:
1.
Auditor rejalashtirish jarayonida mijoz haqidagi yana qaysi hujjatlarni to‘plash kerak va
tekshirish o‘tkazishning qaysi usullaridan foydalanishni rejalashtiradi.
2.
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan
foydalanishi lozim;
4-masala. «Adidas» kompaniyasida audit qilish natijasida soliqlardan kam to‘langanligi
ma’lum bo‘ldi. Uni yashirish maqsadida kompaniyasi direktori har bir auditorga dam olish uchun
yo‘llanmalar taklif qildi va ulardan ijobiy auditorlik xulosa berishlarini iltimos qildi.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?
5-masala. Tikuv ishlab chiqarish firmasi auditorlik kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomada
ko‘rsatilgan talablarni bajarmaganligi sababli, tikuv-ishlab chiqarish
firmasi va auditorlik
kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro nizo kelib chiqdi. Shu sababli, tikuv-ishlab chiqarish firmasi
auditorlik kompaniyasi bilan amaldagi shartnomani buzib, auditorlik kompaniyasi bilan shartnoma
tuzmoqchi.
Talab qilinadi:
1. Bu holatda auditorlik kompaniyasi qanday yo‘l tutishi lozim?
6-masala. «TOYOTA» kontserni “KPMG” auditorlik kompaniyasiga tekshiruv o‘tkazib
berish yuzasidan murojaat qildi. Avvalgi auditorlik kompaniyasi bilan shartnomaning buzilish
sababi auditorlik xulosasining o‘z vaqtida taqdim qilinmaganligidir.
«TOYOTA» kontsernining ikkita bo‘linmasi mavjud bo‘lib, ularning birinchisi bosh ofis
bilan bir joyda joylashgan. Birinchi bo‘lim korxona va tashkilotlarga isitish va sovitish sistemasini
o‘rnatib beradi. Barcha ishlar iste’molchilarning talablariga binoan
shartnoma asosida amalga
oshiriladi. Ikkinchi bo‘linma bosh ofisdan 25 km uzoqda joylashgan bo‘lib, elektr buyumlarini
ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Ikkala bo‘limda ham buxgalter mavjud bo‘lib, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot
alohida tayyorlanadi va bosh ofisda konsolidatsiyalashgan hisobot tuziladi. Oxirga yillarda birinchi
bo‘lim daromadli bo‘lib, ikkinchi bo‘limda rentabellik pasaygan. Direktorlar Kengashi ikkinchi
bo‘limni sotib yuborish uchun xaridor izlamoqda. Birinchi bo‘limning menedjerlari yuqori malakali
bo‘lib, ishni to‘g‘ri tashkil qilishgan. Shuning uchun direktor aksiyalar kursini ko‘tarish maqsadida
tezroq auditorlik xulosasini olishni rejalashtirgan.
Talab qilinadi:
1.
“KPMG” auditorlik kompaniyasi auditori ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy
hujjatlardan foydalanishi lozim.
2.
Auditorlik riskiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlang.
7-masala.
Auditorlik tekshiruvi jarayonida korxona yil oxirida birlamchi buxgalteriya
hujjatlarini inventarizatsiya qilganligi, endi saqlash muddati tugaganligi munosabati bilan ularning
bir qismini yo‘q qilishni rejalashtirayotganligi aniqlandi. “KPMG”
auditorlik kompaniyasi
auditorlaridan korxona mijoz-korxona buxgalterlari tomonidan bu borada quyidagicha savollar
bilan murojaat qilindi:
“Nima qilsak to‘g‘ri bo‘ladi: qog‘ozlarni arxivga saqlashga topshirish kerakmi yoki ularni
yo‘q qilish mumkinmi? Qanday hujjatlarni yo‘q qilish mumkin? Bunday holda yo‘q qilish
dalolatnomasi qanday tuziladi, u qaysi shaklda bo‘ladi va kim tomonidan tasdiqlanadi?”
Talab qilinadi:
1.
“KPMG” auditorlik kompaniyasi auditorlari tomonidan korxona buxgalterlariga yuqoridagi
holat bo‘yicha qanday amaliy tavsiyalar yoki tushuntirish ishlari amalga oshirilishi lozim?
2.
“KPMG” auditorlik kompaniyasi auditorlari ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy
hujjatlardan foydalanishi lozim;
8-masala.
“Ernst and Young” auditorlik kompaniyasi mijozi “Nike” kompaniyasi quyidagi
keltirilgan muammoni hal etish bo‘yicha auditorlarga murojaat etdi. Kompaniyada quyidagi
funksiyalarni bajaruvchi 3 ta ma’muriy xodim mavjud va bu xodimlar quyidagi funksiyalarni
bajarishlari lozim:
1. Bosh kitobni yuritish.
2. To‘lanadigan schotlar registrlarini yuritish.
3. Cheklarni imzolashga tayyorlash.
4. To‘lov jurnalini yuritish.
5. Bankdagi schetlarni nazorat qilish.
6. Pul tushumlarini yig‘ish va ularni bankdagi hisob-kitob schetiga o‘tkazish.
Talab qilinadi:
1. Keltirilgan muammo shundan iboratki yuqorida keltirib o‘tilgan xodimlar bo‘yicha
bajariladigan funksiyalarning to‘g‘ri taqsimlanmaganidadir. Siz ushbu funksiyalarini xodimlar
o‘rtasida shunday taqsimlanganki, natijada kompaniyada ichki nazorat
yuqori darajada tashkil
etilsin.
2. Har bir funksiyani bajaruvchi xodimlarni lavozimi bo‘yicha ajratib chiqing.
Dostları ilə paylaş: