MAVZU BO’YICHA MASALALAR
Masala. «FOTON» tashkiloti auditorlik tashkilotiga buxgalteriya hisobini kompyuterlashtirish
yuzasidan murojaat qildi. Ushbu auditorlik tashkiloti «FOTON» tashkilotini bir necha yildan beri
tekshiruvdan o‘tkazadi va tashkilotning moliyaviy va boshqaruv hisobi muammolarini va
xususiyatlarini yaxshi biladi.
Talab qilinadi: Agar auditorlik tashkiloti korxonaga kompyuterlashtirish yuzasidan xizmat
ko‘rsatsa, auditorlik tekshiruvi o‘tkazayotgan vaqtda auditorning mustaqilligiga ta’sir ko‘rsatadimi?
Masala. Siz «AKFA» firmasini tekshirayotgan auditorsiz. Sizning auditorlik firmangizga ofis
uchun ijaraga bino kerak. «AKFA» firmasi Sizga o‘zining mulki hisoblangan binoni ijaraga olishni
taklif qildi.
Talab qilinadi:
5.
Bu taklif qabul qilinsa auditorlik firmasining mustaqilligi yo‘qoladimi? Holatlarni tahlil
qiling.
6.
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim.
Masala. "ODIL-AUDIT" auditorlik tashkiloti 3 yil oldin tashkil etilgan. U hozirgi kunga
qadar kattalashib ketgan va o‘z filliallariga ega. Firma auditorlik xizmati ko‘rsatadi va qo‘shimcha
ravishda soliq qonunchiligi masalalari bo‘yicha maslahatlar beradi.
Talab qilinadi: Bu maslahatlar auditorlik xizmatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi.
Masala. "ODIL-AUDIT" auditorlik firmasining auditori A.I.Ahmedov o‘zining malakaviy
xizmati to‘g‘risida matbuotda va radioda reklama qilib, mahoratlilik darajasi va boshqa auditorlarga
nisbatan yuqori malakali ekanligini e’lon qildi. Shuning bilan birgalikda xizmati uchun to‘lanadigan
so‘mmani ham oshkor qildi.
Talab qilinadi: Auditor A.I.Ahmedovga kasbiy etika me’yorlariga rioya qilgan holda qanday
bo‘lishi haqida maslahat bergan bo‘lar edingiz?
Masala. «ODIL-AUDIT» auditorlik firmasining 3 kishidan iborat auditorlari «YYY» sug‘urta
kompaniyasini auditdan o‘tkazmoqda. Auditorlardan biri korxona bosh direktori muoviniga yaqin
qarindoshchiligi borligi aniqlandi.
Talab qilinadi:
13.
Bunday holda auditning etika me’yorlariga zid bo‘ladimi?
14.
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
Masala. «BUSTON» korxonasida audit o‘tkazildi. Auditorlar tomonidan kamchiliklar
aniqlanmadi. Korxona rahbarlari tomonidan auditorlarga qimmatbaho sovg‘alar berildi.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?
Masala. «DAVR» xususiy korxonasida audit qilish natijasida soliqlardan kam to‘langanligi
ma’lum bo‘ldi. Uni yashirish maqsadida korxona direktori har bir auditorga dam olish uchun
yo‘llanmalar taklif qildi va ulardan ijobiy auditorlik xulosa berishlarini iltimos qildi.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?
Masala. Tikuv-ishlab chiqarish firmasi auditorlik firmasi bilan tuzilgan shartnomada
ko‘rsatilgan talablarni bajarmaganligi sababli, tikuv-ishlab chiqarish firmasi va auditorlik firmasi
o‘rtasida o‘zaro nizo kelib chiqdi. Shu sababli, tikuv-ishlab chiqarish firmasi auditorlik firmasi bilan
amaldagi shartnomani buzib, sizning auditorlik firmangiz bilan shartnoma tuzmoqchi.
Talab qilinadi: Bu holatda sizning auditorlik firmangiz qanday yo‘l tutishi lozim?
Masala. Auditorlardan mijoz-korxona buxgalterlari tomonidan quyidagicha savollar bilan
murojaat qilindi:
23.
Joriy hisobot davriga tegishli, hisobot tuzilganga qadar aniqlangan xatolar buxgalteriya
hisobotida qanday aks ettiriladi?
24.
Joriy hisobot davrida aniqlangan o‘tgan yillardagi xatolar hisobda qanday aks ettiriladi?
25.
Korxona turli faoliyat bilan shug‘ullanadigan bo‘lsa foyda solig‘i bazasi qanday aniqlanadi?
26.
Transport vositasiga 100% eskirish hisoblangan bo‘lib shartnoma bahosida 1840000 so‘mga
sotib olingan. Bu transport vositasiga amortizatsiya hisoblash kerakmi? Transport vositasini asosiy
vositalar tarkibiga qo‘shilganda qanday buxgalteriya provodkalari beriladi?
27.
Korxonada telefon o‘rnatish va uning xizmati, kommutator xizmati, o‘t o‘chirish sistemasi,
signalizatsiya moslamalari xarajatlari qanday xarajatlar tarkibida hisobga olinadi?
28.
Yilning natijasi bo‘yicha o‘tkaziladigan majburiy auditorlik xizmati uchun to‘lov sarflari
qaysi xarajatlar tarkibida hisobga olinadi va soliqqa tortish bazasiga qo‘shiladimi?
29.
Temiryo‘l chiptasida temiryo‘l ta’rifi va sug‘urta so‘mmasi ko‘rsatilgan QQS so‘mmasini
qanday ajratish mumkin. Temiryo‘l chiptasining jami so‘mmasidanmi yoki temiryo‘l ta’rifi
so‘mmasidanmi?
30.
Sho‘ba korxona alohida balans va hisob-kitob schotiga ega. Nizom talablariga ko‘ra
o‘zining tushumini bosh korxonaga pul ko‘chirish orqali o‘tkazib berish kerak. Bosh korxonaga
naqd pulda belgilangan limitda ortiqcha to‘lash huquqiga egami?
31.
Xo‘jalik shartnomasi shartlarini bajarmaganlik uchun jarima so‘mmalari qaysi mablag‘lar
hisobidan qoplanadi?
32.
Ustav kapitalidagi xorijiy ta’sischilarning ulushini baholash tarkibi qanday amalga
oshiriladi?
33.
Kichik korxonalarida yagona soliq to‘lash mezonlari qanday tartibda amalga oshiriladi?
34.
Sho‘ba korxona va qaram korxonalarni tuzishda qaysi me’yoriy hujjatlarga asoslanadi?
35.
Safar xizmati xarajatlarini hisobdan chiqarish tartibi qanday amalga oshiriladi?
36.
Xorijiy mamlakatlar bo‘yicha safar xizmatlarini hisoblash va hisobdan chiqarish xususiyati
qanday amalga oshiriladi?
37.
Vakillik xarajatlari me’yorlari va ularni hisobdan chiqarish qanday amalga oshiriladi?
38.
Reklama xarajatlari me’yorlari va hisobdan chiqarish tartibi qanday amalga oshiriladi?
39.
Kadrlar tayyorlash xarajatlari qanday hisobdan chiqariladi?
40.
Asosiy ishlab chiqarishdagi ishchilar uchun berilgan moddiy yordam pullari mahsulot
tannarxiga kiritiladimi?
41.
Kredit foizi so‘mmalari mahsulot tannarxiga kiritiladimi?
42.
Korxona investitsiya uchun qilingan sarf xarajatlar, jumladan sotib olingan asosiy vositalar
qaysi qiymatda (boshlang‘ich yoki qoldiq) soliq solish bazasidan imtiyoz sifatida chegirib
tashlanadi?
43.
Asosiy vositalar boshqa tashkilotlarga sotilganda qanday tartibda va qaysi qiymatidan QQS
to‘lanadi?
44.
Tekinga olingan asosiy vositalarga eskirish hisoblanadimi?
Talab qilinadi: Auditorlar tomonidan korxona buxgalterlariga yuqoridagi holat bo‘yicha
qanday amaliy tavsiyalar yoki tushuntirish ishlari amalga oshirilishi lozim?
Masala. Siz o’zingizga bir necha yildan beri mijoz bo’lib kelayotgan «Ray» nomli kichik
korxonaning moliyaviy hisobotini tekshirish bo’yicha shartnoma imzoladingiz. Siz ushbu vaqtda
boshqa tashkilotning xizmatini qilayotgan edingiz, shu boisdan siz o’z yordamchingiz (auditor
yordamchisi)ni mazkur mijoz korxonaga jo’natdingiz va debitor qarzlarni tekshirishni boshlashni
tayiinladingiz. Siz jo’natgan yordamchingiz o’tgan hisobot davridagi ishchi hujjatlarndan
foydalangan holda schetlar qoldig’ini aniqladi, debitorlarni xronologik tarzda ajratdi, debitor
qarzlarni tasdiqlash uchun 3-shaxslarga so’rov jo’natdi, qarz va kreditlarni tasdiqlovchi hujjatlarni
o’rgandi. Bundan tashqari u debitor qarzlarni undirishning qonuniyligi va ehtimolligi bo’yicha
dalillar to’pladi. Siz uning ishi natijalarini va to’plagan ishchi hujjatlarini ko’rib chiqib,
yordamchingiz o’tgan hisobot davri hujjatlaridan to’g’ri foydalanganiga amin bo’ldingiz.
Talab etiladi:
4.
Siz o’z yordamchingiz debitor qarzlar bo’yicha tekshiruvni to’liq qamrab olganiga qay
darajada ishonsiz,
5.
Auditor yordamchisining auditorga tekshiruv materiallarini berish tartibi Axloq
kodeksida qay tariqa bayon etilgan?
6.
Auditor o’z yordamchisining audit standartlaridan qay darajada foydalanganini qay
tariqa nazorat qiladi?
Masala. «Deloitte and Touche» auditorlik kompaniyasining auditori Delua
Uilyam
bilan
quyidagi holatlar yuz berdi:
5.
“A” kompaniyaning buxgalteri 2 oy oldin ishdan haydalgan bo’lib, kompaniya yangi
buxgalter ishga qabul qilmagan. Natijada kompaniyada xo’jalik operatsiyalari ro’yxatga olinmagan
va buxgalteriya ishlari yuritilmagan. Kredit shartnomasiga rioya qilish maqsadida korxona oraliq
moliyaviy hisobotni taqdim etishi kerak, ammo mazkur hisobot tuzilmagan. Shu boisdan
kompaniya «Deloitte and Touche» auditorlik tashkilotiga murojaat etib, mazkur auditorlik tashkiloti
auditori Delua
Uilyam
ni hisobot tuzishga yordam berishini so’radi. Chunki Delua
Uilyam
mazkur
kompaniyaning oldingi yillardagi moliyaviy hisobotini auditorlik tekshiruvidan o’tkazgan.
6.
Delua
Uilyam
mazkur jarayonda kompaniya soliq delaratsiyalrini tuzishda sof foydni
sezilarli darajada kamaytirganini aniqladi. Delua
Uilyam
ushbu holat bo’yicha auditorlik tashkiloti
rahbariga ma’lumot taqdim etdi va kompaniyaga hisobotni to’g’rilash kerakligini tavsiya etdi.
Ammo kompniya hisobotni o’zgartirmasligini ta’kidladi. Delua
Uilyam
bu haqda soliq organiga
ma’lumot taqdim etdi.
7.
Hisobot davri yakunid kompaniya rahbariyati uning inventarizatsiya jarayonidagi
ishtiroki uchun kompaniyadaa ishlabb chiqarilgan mahsulot bilan uni rag’batlantirdi.
8.
Delua
Uilyam
ning o’rtog’i Devid Krukshank «Deloitte and Touche» auditorlik
tashkiltining mijozi bo’lgan bankda kreditlarni taqdim etish bo’yicha mas’ul hisoblanadi. Delua
Uilyam
Devid Krukshank bilan ta’minlanmagan kreditni taqdim etish bo’yicha kelishuvga erishdi
va Devid Krukshank Delua
Uilyam
ga kreditni taqdim etdi.
Talab etiladi:
1. Yuqoridagi har bitta holat bo’yicha etika tamoyillari nuqtai nazaridan o’z fikringizni
bayon eting
2. Yuqoridagi holatlardan qays birida etika tamoyillariga rioya qilinmagan.
3. O’z fikringizni etika kodeksi qoidalari bilan asoslang.
Masala.
«Toyota»
kontserni
auditorlik
kompaniyasiga
buxgalteriya
hisobini
kompyuterlashtirish yuzasidan murojaat qildi. Ushbu auditorlik kompaniyasi «Toyota» kontsernini
bir necha yildan beri tekshiruvdan o‘tkazadi va tashkilotning moliyaviy va boshqaruv hisobi
muammolarini va xususiyatlarini yaxshi biladi.
Talab qilinadi:
1. Agar auditorlik kompaniyasi “Toyota” kontserniga kompyuterlashtirish yuzasidan xizmat
ko‘rsatsa, auditorlik tekshiruvi o‘tkazayotgan vaqtda auditorning mustaqilligiga ta’sir ko‘rsatadimi?
Masala. Siz «Daimler-Benz AG» kompaniyasini tekshirayotgan auditorsiz. Sizning auditorlik
kompaniyangizga ofis uchun ijaraga bino kerak. «Daimler-Benz AG» kompaniyasini Sizga o‘zining
mulki hisoblangan binoni ijaraga olishni taklif qildi.
Talab qilinadi:
7.
Bu taklif qabul qilinsa, auditorlik kompaniyangizning mustaqilligi yo‘qoladimi? Holatlarni
tahlil qiling.
8.
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim.
Masala. "Grant Thornton" auditorlik kompaniyasi 3 yil oldin tashkil etilgan. U hozirgi kunga
qadar kattalashib ketgan va o‘z filliallariga ega. Auditorlik kompaniyasi auditorlik xizmati
ko‘rsatadi va qo‘shimcha ravishda soliq qonunchiligi masalalari bo‘yicha maslahatlar beradi.
Talab qilinadi:
1. Bu maslahatlar auditorlik xizmatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Masala. “KPMG” auditorlik firmasining auditori Djon Veyxmeyer o‘zining malakaviy
xizmati to‘g‘risida matbuotda va radioda reklama qilib, mahoratlilik darajasi va boshqa auditorlarga
nisbatan yuqori malakali ekanligini e’lon qildi. Shuning bilan birgalikda xizmati uchun to‘lanadigan
so‘mmani ham oshkor qildi.
Talab qilinadi: Auditor Djon Veyxmeyerga kasbiy etika me’yorlariga rioya qilgan holda
qanday bo‘lishi haqida maslahat bergan bo‘lar edingiz?
Masala. «Ernst & Young» auditorlik kompaniyasining 3 kishidan iborat auditorlari «Gross
insurance» sug‘urta kompaniyasini auditdan o‘tkazmoqda. Auditorlardan biri korxona bosh
direktori muoviniga yaqin qarindoshchiligi borligi aniqlandi.
Talab qilinadi:
15.
Bunday holda auditning etika me’yorlariga zid bo‘ladimi?
16.
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
Dostları ilə paylaş: |