Kredit 6010-“Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” schoti-225000 so‘m;
Debet 4410-“Soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar” schoti -45000 so‘m;
Kredit 6010-“Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” -schoti -45000 so‘m;
Debet 6010-“Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” -schoti -148500 so‘m;
Kredit 5110-“Hisob-kitob schoti” schoti -148500 so‘m;
Debet 9610-“Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar” schoti -10395 so‘m;
Kredit 6920-“To‘lanadigan foizlar” schoti -10395 so‘m;
Debet 6920-“To‘lanadigan foizlar” schoti -10395 so‘m;
Kredit 5110-“Hisob-kitob schoti” schoti -10395 so‘m.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar to‘g‘ri
hisobga olinganligini
tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
Masala. To‘qimachilik korxonasi may oyida bo‘yoq sotib olish va sarflash bo‘yicha quyidagi
operatsiyalar amalga oshirgan.
- 2-mayda 1 kg uchun 1200 so‘mdan 100 kg bo‘yoq olidi;
- 9-mayda 1 kg uchun 1170 so‘mdan 300 kg bo‘yoq olindi;
- 12-mayda ishlab chiqarishga 210 kg bo‘yoq sarflandi:
- 20-mayda 140 kg bo‘yoq sarflandi;
- 25-maydan 1 kg uchun 1230 so‘mdan 500 kg bo‘yoq olindi;
- Korxonada 1-may holatiga bo‘yoq zaxirasi bo‘lmagan. Korxona
uzliksiz hisob tizimidan
fodalanadi;
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?
Masala. Korxona materiallar qiymatini hisob bahosi bo‘yicha aks ettiradi. Oktyabr oyi
boshidagi holatga ko‘ra quyidagilar hisobda turgan;
- Ombordagi material qoldig‘i -600000 so‘m.
- 1610-“Materiallar qiymatidagi og‘ishlar” schotning kreditidagi saldo 80000 so‘m.
- Oktabrda hisob bahosi bo‘yicha 800000 so‘mlik materiallar kirim qilindi. Mol yetkazib
beruvchilar hisob-kitob hujjatlariga ko‘ra materiallarni tannarxi 720000 (QQS 120000 so‘m) tashkil
qiladi. Oktabrda 1150000 so‘mlik hisob bahosi bo‘yicha material
asosiy ishlab chiqarishga
sarflandi.
Debet 1010-“Xomashyo va materiallar” schoti - 800000 so‘m;
Kredit 1510-“Materiallarni tayyorlash va sotib olishning hisobvaraqlari” schoti -800000 so‘m;
Debet 4410-“Soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar” schoti - 120000 so‘m;
Kredit 6010-“Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” schoti -120000 so‘m.
Debet 1510-“Materiallarni tayyorlash va sotib olishning hisobvaraqlari” schoti -200000 so‘m;
Kredit 6010-“Materiallar qiymatidagi og‘ishlar” schoti -200000 so‘m.
Talab qilinadi:
1.
Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini
tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
2.
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
3.
Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
Masala.
Auditorlik tekshiruvi jarayonida yagona soliq to‘lovi va QQS to‘lovchisi bo‘lgan
korxona subyekt qurilishidan ortib qolgan qurilish materiallarini 1 050 ming so‘mga sotganligi, shu
jumladan bunda QQS 175 ming so‘mni tashkil etganligi aniqlandi. Ushbu qurilish materiallarining
haqiqatdagi tannarxi 600 ming so‘mni tashkil qilgan. Xaridor tegishli to‘lovni korxonamizning
hisobraqamiga to‘liq hajmda o‘tkazib bergan. O‘z navbatida korxona buxgalteri tomonidan 21-sonli
BHMSga muvofiq, mazkur operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha
aks ettirilganligi
aniqlandi:
Dostları ilə paylaş: