3-MAVZU:AUDIT STANDARTLARI
REJA:
1.Auditning professional standartlari tavsifi
2.Auditorlik standartlarining asosini tashkil etuvchi tamoyillar
3. Auditorlik standartlari tarkibi
Tayanch so’z va iboralar:
Standartlar, auditning xalqaro standartlari,
auditorlik
faoliyatining milliy standartlari, auditorlik tashkilotlarining ichki standartlari, xalqaro buxgalterlar
va auditorlar federatsiyasi, auditorlik standartlari kengashi, auditning
malaka va etika talablari,
standart talablari
1.Auditning professional standartlari tavsifi
Amerika Qo'shma Shtatlarida auditorlar Amerika institutining diplomli buxgalterlar jamiyati
(AICPA), Aktsiyadorlik jamiyatlarida Buxgalteriya nazorat kengashi (PCAOB) va Xalqaro
auditorlik va professional standartlar kengashi (IAASB) tomonidan chiqarilgan standartlar asosida
faoliyat yuritadilar. Bu turli tashkilotlar tomonidan chop etilgan auditorlik standartlari umumiy
maqsadga qaratilgan bo’lib, auditni sifatli tarzda amalga oshirishga xizmat qiladi. Auditorlik
standartlari asosida auditorlar moliyaviy hisobot bo`yicha auditorlik
xulosasini tuzish va taqdim
etishda dastur sifatida foydalanib hamda kompleks audit doirasida mijozning moliyaviy hisobotlari
bo`yicha ichki nazoratini baholaydi.
Audiorlik standartlari nafaqat kompaniylarning audit tekshriuvlarida, balki (barchasida)
tashkiliy huquqiy tuzilishi, mulkchilik shaklidan qat`iy nazar barcha sub`ektlarga ham qo`llaniladi.
Misol uchun, AQSH AJlari Qimmatli qog'ozlar va birja komissiyasi (SEC) tartibiga bo'ysunadi va
PCAOB auditorlik standartlariga muvofiq audit amalga oshiriladi AJlari bo’lmagan tashkilotlar
AICPA tomonidan tashkil etilgan umumiy qabul qilingan audit standartlari asosida audit
o’tkazilishi lozim. Bundan tashqari, yuridik manzil bo`yicha eng muhimi qaysiki ochiq
aktsiyadorlik jamiyatlarida (mavjud bo'lsa) audit qilinganda auditor
PCAOB yoki AICPA yoki
IAASB tomonidan ishlab chiqilgan standartlar asosida olib borishini aniqlashtirib olishi shart.
2004 yilda AICPAning Auditorlik standartlar kengashi (ASB) standartlar tushunarli bo'lishi
uchun qayta loyihani boshladi. AICPAning standartlarni yangilash loyihasi, standartlarni o'qishni
engillashtirish, tushunish va qo'llash uchun mo'ljallangan. Loyiha doirasida, ASB Auditning
Xalqaro Standartlari (ISAs) bilan bir vaqtda ishladi. ASB uning standartlarini bir joyga jamlagan
holda tushunarli formatda tayyorladi. Har bir standart bo`yicha quyidagi bo'limlar taqdim etiladi:
-
Standartning
kirish
izohi maqsadi va ko'lamini tushuntiradi.
-
Mavzuga doir talablardan
maqsad
belgilanadi.
-
Standartlardagi aloqador o’ziga hos ma’noli jumlalarning
ta'riflari
-
Auditorning standartining
maqsadiga yetishi uchun
talablarni
aniqlasitirish. Talablar
"auditor qilishi kerak" yoki “auditor bajarishi shart” so’zlaridan foydalangan holda ifoda etiladi.
-
Ilova va boshqa izoh materiali
, standart talablarini qo'llash uchun talablarga mos manbalar
va kelgusidagi yo'l-yo'riqni o'z ichiga oladi.
ASB 2012 yilda uning eng mukammal standartlari bo`yicha Auditorlik yagona Hisobotini
(SAS sonli 122) nashr qildi. Bu mukammal standartlar 2012 yil 15 dekabrdan keyingi davrlaridagi
moliyaviy hisobotlarga tadbiq etildi.
IAASBning maqsadi professional xizmatlar va boshqa shunga aloqador standartlar asosida,
xalqaro va mahalliy audit va professional standartlarni birlashtirish orqali yuqori sifatli auditorlik
xizmatini ko’rsatish, shu tariqa butun dunyo bo'ylab amalda audit sifatini mustahkamlash va
kuchaytirish va shu orqali global auditorlik va professionallik kasbini ishonchini mustahkamlashdir.
IAASB standartlari tushunarli, aniq va izchil bo'lishi kerakligini talab etadi. Shunga ko'ra,
2004 yilda, IAASB uning xalqaro standartlar aniqligini oshirish uchun dastur boshladi. IAASBning
standartlarni yangilash loyihasi 2009
yilda tugallandi, va 2013 yilning, IAASBning aniqlanishi
standartlari 36 xalqaro standartlar va Sifat Nazorati Xalqaro Standarti 1 to’plamidan tashkil topdi.
Xalqaro standartlar quyidagi alohida bo'limlarda keltirilgan axborotni o'z ichiga oladi, bu esa
AICPA ning standartlari formatiga juda o'xshaydi:
Kirish
auditorlar majburiyatlaridan va boshqalardan tashqari maqsadi, ko'lami va Xalqaro
standartlar mavzusi matnlari haqida ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
Maqsad
- auditorning maqsadli aniq bayonini o'z ichiga oladi.
Amaldagi jumlalar
ta`riflari
kiritilgan.
Har
bir maqsad uchun
talablar
taqdim etilgan. Talablar "auditor bajarishi kerak"
so’zlaridan foydalangan holda ifoda etiladi .
Ilova va boshqa izoh materiali
, standart talablarini qo'llash uchun talablarga mos
manbalar va kelgusidagi yo'l-yo'riqni o'z ichiga oladi.
PCAOB 2002 yildan vujudga kelgan, u AQSH aktsiyadorlik kompaniyalari amal qiladigan
auditorlik standartlarini chop etadi. 2013 yilda , PCAOB o'n oltita audit standartlarini chop etdi.
Bundan tashqari, PCAOB 2003 yil 16 aprelda AICPA o’rniga standartlar chiqardi (PCAOB
muvaqqat standartlar deb ataladi). Shunday qilib, PCAOB aktsiyadorlik kompaniyalari uchun
PCAOB standartini AICPA standarltari o’rniga talab qildi. 2003 yil 16 apreldan so'ng
AICPA
tomonidan chiqarilgan standartlar, PCAOBning muvaqqat standartlari qismi emas.
Audit standartlari orasida katta o`xshashlik mavjud. Barcha standartlarda audit ishini
rejalashtirish va qay tariqa amalga oshirish va natijalari qanday bo'lishi kerak kabi yagona
tamoyillar mavjud. Auditorlik standartlarini umumiy solishtirish 1-jadvalda ko'rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: