Masala. Korxona hisobot davrida quyidagi boshqa daromadlarga ega bo‘lgan: shartnoma
shartlarini buzganlik uchun mol yetkazib beruvchilardan olingan 114 ming so‘mlik jarima
so‘mmasi; xaridorlar bilan shartnoma bo‘yicha aniqlangan o‘tgan yil foydasi 40 ming so‘m; da’vo
muddati tugagan 6 ming so‘mlik kreditorlik qarzlari; inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha
10 ming so‘mlik tayyor mahsulot kirim qilingan. Mazkur holatlar buxgalter tomonidan quyidagi
provodkalar bilan rasmiylashtirilgan:
Debet 5110 “hisob – kitob hisobvarag‘i” schoti, - 114 ming so‘m;
Kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”schoti, - 114 ming so‘m;
Debet 4010 “Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schotlar”schoti,- 40 ming so‘m;
Kredit 9340 “O‘tkan yil foydasi” schoti,- 40 ming so‘m;
Debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schoti,- 6 ming so‘m;
Kredit 6990 “Boshqa majburiyatlar” schoti,- 6 ming so‘m.
Debet 2810 “Tayyor mahsulot” schoti,- 10 ming so‘m;
Kredit 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schoti,- 10 ming so‘m.
Talab qilinadi:
1.
Olingan dalillarga asoslanib yuqoridaga holatlar bo‘yicha buxgalter tomonidan yo‘l
qo‘yilgan(agar mavjud bo‘lsa) xatolarni aniqlab, uni tuzatish va yakunlovchi provodkalar bo‘yicha
amaliy tavsiyalar bering.
2.
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
Masala. Korxona hisobot davrida moliyaviy faoliyat bo‘yicha quyidagi daromadlarga ega
bo‘lgan: sho‘ba korxonalarga hisoblangan dividendlar 50 ming so‘m; berilgan zayomlar bo‘yicha
hisoblangan foizlar 40 ming so‘m; debitorlik qarzlar bo‘yicha hisoblangan ijobiy kurs farqlari 70
ming so‘m; subyektni uzoq muddatli ijara berishdan hisoblangan foizlar -100 ming so‘m. Mazkur
holatlar buxgalter tomonidan quyidagi provodkalar bilan rasmiylashtirilgan;
Debet 4840-“Olinadigan dividentlar” schoti,- 50 ming so‘m;
Kredit 9220-“Boshqa aqtivlarning chiqib ketishi” schoti,- 50 ming so‘m.
Debet 5110-“Hisob – kitob hisobvarag‘i” schoti,- 40 ming so‘m;
Kredit 4830-“Olinadigan foizlar schoti,-40 ming so‘m.
Debet 4010-“Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schotlar” schoti,- 70 ming so‘m.
Kredit 9390-“Boshqa operatsion daromadlar” schoti,- 70 ming so‘m.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Xato va kamchiliklar ro‘yxati jadvalini tuzing.
Dostları ilə paylaş: