VII. FAN BO’YIChA KURS IShI (LOYIXASI) “Audit” fanidan kurs ishi muayayn mavzu bo’yicha umumiy yaxlitlikka ega
ilmiy-amaliy fikrlarni aks ettiruvchi loyihaviy ish hisoblanadi. Kurs ishi auditorlik
faoliyatiga doir masalalarni aks ettirishga mos kelishi talab etiladi.
Kurs ishini himoya qilishga quyidagi umumiy talablar qo’yiladi:
muammoni bibliografik tahlil qilish;
chizma va jadvallarni muayyan tizimga keltirilgan holda rasmiylashtirish;
to’plangan materiallarni tanqidiy o’rganish;
taklif va tavsiyalarni asoslab berish;
fikrni ketma-ketlikda, muayayn izchillikda bayon qilish;
kurs ishini qo’yilgan talablar bo’yicha rasmiylashtirish.
Kurs ishi uchun taxminiy mavzular: AUDIT (1-MODUL) AUDITNING NAZARIY ASOSLARI 1.
Auditning paydo bo’lishi va rivojlanishi.
2.
Auditorlik faoliyatining rivojlanish bosqichlari.
3.
O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tashkil qilishning
huquqiy asoslari.
4.
Auditorlik tashkilotlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklari.
5.
Auditorlik kasbiga malakaviy talablar va auditorlik faoliyatini
litsenziyalash.
6.
Auditorlik kasbining axloqiy talablari.
7.
Auditorlik faoliyatining tashkiliy asoslari.
8.
Ichki auditni tashkil etish asoslari.
9.
Auditda muhimlik darajasini aniqlash.
10.
Auditorlik riski, uning elementlari va ularni baholash.
11.
Auditorlik tekshiruvini rejalashtirishning maqsadi va uning bosqichlari.
12.
Korxonani auditorlik tekshiruvidan o’tkazish ishchi dasturi.
13.
Auditorlik tekshirish vaqtida buxgalteriya hisobi tizimi va ichki
nazoratni o’rganish hamda baholash.
14.
Auditorlik dalillar va ularni olish usullari.
15.
Auditorlik tekshiruvida tahliliy amallarni qo’llash.
16.
Auditorlik tekshiruvida ekspert ishlaridan foydalanish.
17.
Auditda boshqa auditorlarning ishi natijalaridan foydalanish.
18.
Auditorlik tanlash uslubini shakllantirish, tanlash xatarlari va natijalarni
baholash.
19.
Auditorlik hisoboti va uning tarkibi.
20.
Auditorlik xulosasi va uning tarkibi.