O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#140379
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   362
Аудит УМК

Uyg’unlik tamoyili
auditning dastlabki rejasini tuzishdan tortib, to umumiy rejasi va 
dasturini tuzgunga qadar bo’lgan barcha bosqichlarning o’zaro bog’liqligi va muvofiqligini 
ta’minlashni nazarda tutadi.
Rejalashtirishning 
uzluksizlik tamoyili
tekshiruvda ishtirok etadigan auditorlarga kelishilgan 
topshiriklar belgilanishi va rejalashtirish bosqichlarining muddatlar hamda tarkibiy bo’linmalar 
bo’yicha bog’liqligida ifodalanadi.
Auditni rejalashtirishning 
maqbullik tamoyili
shundan iboratki, rejalashtirish chog’ida 
auditorlik tashkiloti o’zi belgilagan mezonlar asosida auditning umumiy rejasi va dasturidan 
maqbulini tanlash imkoniyatiga ega bo’lishi zarur. Auditorlik tekshiruvi uzoq vaqt davom etganida, 
auditor mijozning moliya - xo’jalik faoliyatidagi va qonunchilikdagi o’zgarishlarni hisobga olgan 
holda reja va dasturga zarur tuzatishlar kiritishi mumkin.
2.Auditni dastlabki rejalashtirishning mazmuni va uni amalga oshirish tartibi 
Auditni dastlabki rejalashtirish bosqichida “Auditni rejalashtirish” nomli 3-AFMSning 12 va 
13-bandlariga muvofiq auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati bilan auditni 
o’tkazish bilan bog’liq asosiy tashkiliy masalalarni kelishib olishi belgilangan bo’lib, buning uchun 
auditor, xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliya-xo’jalik faoliyati bilan tanishishi va korxona 
faoliyati to’g’risida to’liq axborotga ega bo’lishi talab etilgan. Bu esa, auditordan korxona faoliyati 
to’g’risida to’liq axborotga ega bo’lishi uchun esa uning bir qancha asosiy hujjatlari, jumladan, 
xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati va unga o’zgartirishlar kiritishni tartibga soluvchi 
hujjatlar, xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini rejalashtirish hujjatlari (rejalar, smetalar, loyihalar), 
xo’jalik yurituvchi sub’ektning kontraktlari, shartnomalari, bitimlari, auditor maslahatchilarining 
ichki hisobotlari, soliq tekshiruvlari materiallari, sud da’volari materiallari, xo’jalik yurituvchi 
sub’ektning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilishlarini tartibga soladigan hujjatlar, xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt rahbariyati va ijrochi xodimlari bilan suhbatlardan olingan ma’lumotlar, xo’jalik 
yurituvchi sub’ektni uning asosiy uchastkalari, omborlarni ko’zdan kechirishdan olingan axborotlar 
bilan tanishib chiqishni talab etadi. Shundan so’ng, auditorlik tashkiloti mazkur standartning 15-
bandiga muvofiq, dastlabki rejalashtirish bosqichida auditorlik tashkiloti auditni o’tkazish 
imkoniyatini baholaydi. Agar auditorlik tashkiloti auditni o’tkazishni mumkin deb hisoblasa, U 
auditni o’tkazish uchun shtatni shakllantirishga o’tadi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytganda, auditni dastlabki rejalashtirish bosqichi bu – 
xo’jalik yurituvchi sub’ekt va auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik shartnomasini tuzgungacha 
bo’lgan ishlarni o’z ichiga olib, bu bosqichda auditorlik tashkiloti tomonidan tekshiruv 
buyurtmachisi faoliyati bilan tanishish, buyurtmachiga auditorlik faoliyatini o’tkazish xuquqini 
beruvchi tegishli litsenziyani va auditor (auditorlar)ning malaka sertifikatini taqdim etish
korxonaning ichki va tashqi faoliyat xususiyatlari to’g’risida ma’lumot to’plash va tekshiruv 
buyurtmachisini auditorlik tekshiruvidan o’tkaza olish salohiyatini baholash, auditorlik shartnomasi 
shartlarini korxona rahbariyati bilan kelishib olish va korxonani tekshirish uchun auditorlik ishchi 
guruhini shakllantirish hamda yakunda auditorlik shartnomasini rasmiylashtirish jarayonidir.
Auditor uchun dastlabki rejalashtirish jarayonida quyidagilar xo’jalik yurituvchi sub’ekt 
to’g’risida axborot olish manbalari bo’lib hisoblanadi: 


 
- Xo’jalik yurituvchi sub’ekt ustavi; 
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektni ro’yxatga olish to’g’risidagi hujjatlar; 
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosatini va unga o’zgartirishlar kiritishni tartibga 
soluvchi hujjatlar; 
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektni ro’yxatga olish to’g’risidagi hujjatlar; 
-. Kuzatuv va (yoki) ijroiya organlari aktsiyadorlar yig’ilishlarining yoxud xo’jalik 
yurituvchi sub’ektning boshqa shu singari boshqaruv organlari majlislari bayonnomalari 
- Buxgalteriya hisobotlari
- Statistika hisobotlari; 
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektning shartnomalari va bitimlari; 
- Auditor maslahatchilarining ichki hisobotlari; 
- Korxonaning filiallari va shu’ba jamiyatlari ro’yxati; 
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilishlarini tartibga 
soladigan hujjatlar, uning filiallari va shu’ba jamiyatlari ro’yxati”; 
- Auditorlik tashkiloti mutaxassislari malaka darajasi bo’yicha ma’lumotlar(Auditorlik 
tekshiruvi buyurtmachisi faoliyat sohasini tushunadigan mutaxassislar etarliligini baholash va 
ekspert xizmatiga bo’lgan ehtiyojni aniqlash maqsadida). Shuningdek, amaldagi “Auditorlik 
faoliyati to’g’risida”gi Qonunga muvofiq auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvi o’tkazish 
to’g’risida qaror qabul qilish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning ta’sis hujjatlari va buxgalteriya 
hisobi hamda moliyaviy hisobot hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqish huquqiga ega ekanligi 
aniq belgilab qo’yilgan. Biroq, auditorlik tashkiloti hali auditorlik shartnomasi tuzilmagan 
korxonadan yuqoridagi ma’lumotlarni taqdim etilishi oqibatida ushbu korxonaning moliya-xo’jalik 
faoliyatiga oid sirlarini chetga chiqib ketish xavfini oshirishini hisobga olgan holda ish tutishi zarur.
 
Dastlabki rejalashtirish auditorlik tashkiloti uchun o’z tekshirish salohiyatini tekshiruv 
boshlanmansdan avval baholash imkoniyatini beradi va auditorlik shartnomasi shartlarini korxona 
rahbariyati bilan kelishib oladi. Agar auditorlik tashkiloti auditni o’tkazishni mumkin deb qaror 
qabul qilsa, u auditorlik guruhini shakllantirishga o’tadi hamda korxona bilan auditorlik 
shartnomasini rasmiylashtiradi. Auditni dastlabki rejalashtirish jarayonini yuqorida tavsiya etilgan 
tartib-qoidalar asosida amalga oshirilishi auditorlik tashkilotlari tomonidan korxonalarni tekshirish 
salohiyatini baholash, tekshiruv buyurtmachisi faoliyati bilan tanishish, tekshiruv buyurtmachisi 
bilan auditorlik shartnomasi shartlarini kelishib olish jarayonini mukammallashtirish va 
optimallashtirish imkoniyatini yaratadi.

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin