O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


-jadval  Auditning namunaviy umumiy rejasi



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#140379
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   362
Аудит УМК

8-jadval 
Auditning namunaviy umumiy rejasi 
 
Tekshiriladigan korxona 
Audit davri kishi-soatlar
Auditorlik guruhining rahbari 
Auditorlik guruhining tarkibi 
Rejalashtirilayotgan muhimlilik darajasi
№ 
Bajarilishi rejalashtirilgan ishlar
O’tkazish 
muddati va 
vaqti 
 
Bajaruvchilar 
Qo’llaniladigan 
auditorlik 
usullari 
Qo’shimcha va 
izohlar 

Auditning har bir ob’ekt(bo’lim)i bo’yicha 
dasturini tayyorlash; 
14.03.2017 
Alimov M. 
Kuzatish, 
hujjatlashtirish, 
Auditorlik riski 
va muhimlik 
darajasini aniq 
“NEW BUSINESS” OAJ 
2013 yil 14-20 mart kunlari (5 kun) 
Alimov M. 
7 kishi 
5% 


 
belgilash zarur 

Korxona ichki nazorat tizimi va buxgalteriya 
ma’lumotlarining ishonchliligini baholash va unga 
asosan auditorlik tanlash hajmini belgilash 
14.03.2017 
Alimov M. 
Hujjatlashtirish, 
solishtirish-
taqqoslash, 
tahlil va 
savolnoma yoki 
testlashdan 
o’tkazish 
Korxona mas’ul 
(moddiy-
javobgar) 
shaxslari 
qatnashishlari 
shart 

Korxona mulk(asosiy vosita, nomoddiy aktiv
TMZ 
va 
moliyaviy 
qo’yilmalar)i 
va 
mablag’lar(Pul mablag’lar)ining mavjudligi va 
saqlash holatini o’rganish 
15.03.2017 
Alimov M., Aliev 
S, Ma’murov B,
Axmedov K, 
Berdiev V, 
Ismoilov M. 
Hujjatlashtirish, 
solishtirish-
taqqoslash, 
inventarizatsiya, 
savolnoma yoki 
testlashdan 
o’tkazish 
Inventarizatsiya 
da barcha 
auditorlar 
qatnashishlari 
shart 

Korxona mulk(asosiy vosita, nomoddiy aktiv, 
TMZ va moliyaviy qo’yilmalar)i va mablag’lari 
harakati 
bo’yicha 
amalga 
oshirilgan 
muomalalarning 
qonuniyligini 
yoki 
davlat 
tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy 
hujjatlar talablariga mosligini tekshirish 
16.03.2017 
Alimov M., 
Aliev S, Ma’murov 
B. 
Hujjatlashtirish, 
solishtirish-
taqqoslash, 
kuzatish, tahlil, 
savolnoma yoki 
testlashdan 
o’tkazish 
Korxona mas’ul 
(moddiy-
javobgar) 
shaxslari 
qatnashishlari 
shart 

Korxona asosiy vosita va nomoddiy aktivlariga 
amortizatsiya hisoblash jarayonining qonuniyligi 
va to’g’ri hisoblanganligini tekshirish 
17.03.2017 
Alimov M., Aliev 
S, Ma’murov B, 
Axmedov K. 
Hujjatlashtirish, 
solishtirish-
taqqoslash, 
tahlil, baholash, 
kalkulyatsiya 
Korxona mas’ul 
(moddiy-
javobgar) 
shaxslari 
qatnashishlari 
shart 

Korxona mulk(asosiy vosita, nomoddiy aktiv, 
TMZ va moliyaviy qo’yilmalar)ini baholash 
jarayonining to’g’riligi va qonuniyligini tekshirish 
18.03.2017 
Alimov M., Aliev 
S, Ma’murov B, 
Axmedov K. 
Hujjatlashtirish, 
solishtirish-
taqqoslash, 
tahlil, baholash, 
kalkulyatsiya 
Korxona mas’ul 
(moddiy-
javobgar) 
shaxslari 
qatnashishlari 
shart 

Korxona mulk(asosiy vosita, nomoddiy aktiv, 
TMZ va moliyaviy qo’yilmalar)i va mablag’lari 
harakati bo’yicha amalga oshirilgan xo’jalik 
muomalalarini 
buxgalteriya 
hujjatlari 
va 
schyotlarida to’g’ri, to’liq va o’z muddatida aks 
ettirilganligini tekshirish 
19.03.2017 
Ashurov A, 
Vasiev A. 
Hujjatlashtirish, 
solishtirish-
taqqoslash, 
inventarizatsiya, 
savolnoma yoki 
testlashdan 
o’tkazish, 
skanerlash 
Korxona mas’ul 
(moddiy-
javobgar) 
shaxslari 
qatnashishlari 
shart 

Korxona 
xususiy 
kapitalini 
shakllanishi, 
foydalanilishi 
va 
taqsimlanishi 
jarayonini 
to’g’riligi va qonuniyligini tekshirish 
20.03.2017 
Alimov M., Aliev 
S, Ma’murov B, 
Axmedov K. 
Hujjatlashtirish, 
solishtirish-
taqqoslash, 
inventarizatsiya, 
savolnoma yoki 
testlashdan 
o’tkazish, 
skanerlash 

Korxona majburiyatlarini shakllanishi, baholanishi 
va hisobga olinishi jarayonining to’g’riligi va 
qonuniyligini tekshirish 
21.03.2017 
Ashurov A, 
Vasiev A. 
Hujjatlashtirish, 
solishtirish-
taqqoslash, 
inventarizatsiya, 
savolnoma yoki 
testlashdan 
o’tkazish, 
skanerlash 
10 
Korxona 
moliyaviy 
natijalarini 
shakllanishi, 
taqsimlanishi va baholash jarayonining to’g’riligi 
va qonuniyligini ta’minlash 
22.03.2017 
Berdiev V, 
Ismoilov M. 
Skanerlash, 
hujjatlashtirish, 
solishtirish-
taqqoslash, 
baholash, 
savolnoma yoki 
testlashdan 
o’tkazish 
Korxona bosh 
hisobchisi 
qatnashishi shart 
11 
Korxona mulk(asosiy vosita, nomoddiy aktiv, 
TMZ va moliyaviy qo’yilmalar)i va mablag’lari 
bo’yicha moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining 
ishonchliligini yoki haqiqatga mosligini o’rganish 
va baholash 
22.03.2017 
Alimov M., 
Berdiev V. 
Skanerlash, 
hujjatlashtirish, 
solishtirish-
taqqoslash, 
baholash, 
savolnoma yoki 
testlashdan 
o’tkazish 
Korxona bosh 
hisobchisi 
qatnashishi shart 
12 
Audit 
natijasida 
aniqlangan 
xato 
yoki 
qoidabuzarliklarni paydo bo’lish sabablarini tahlil 
qilish va ularni kelgusida takrorlanmasligi 
yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish
23.03.2017 
Alimov M., 
Ashurov A, 
Vasiev A, 
Axmedov K, 
Baholash, tahlil, 
prognozlashtirish 
va gepoteza, 
hujjatlashtirish 
Barcha auditorlar 
qatnashishlari 
shart 


Berdiev V, 
Ismoilov M. 
13 
Auditi natijalarini oraliq va umumiy auditorlik ish 
hujjatlarida aks ettirish 
23.03.2017 
Alimov M., Aliev 
S, Ma’murov B,
Axmedov K, 
Berdiev V. 
Hujjatlashtirish, 
solishtirish-
taqqoslash, 
baholash, tahlil 
Barcha auditorlar 
qatnashishlari 
shart 
14 
Audit natijalarini mijoz-korxona rahbariyatiga 
taqdim etish va h.k. 
24.03.2017 
Ismoilov M., 
Alimov M. 
Tahlil va sintez, 
baholash, 
hujjatlashtirish 
Auditorlik 
tashkiloti rahbari 
qatnashishi shart 
Auditorlik guruhining rahbari Alimov M. 
Shu sababli, fikrimizcha, auditning umumiy rejasini auditorlik tekshiruvining har bir ob’ekti 
uchun alohida tuzish shart emas deb hisoblaymiz, uni butun bir korxona faoliyatini tekshirish uchun 
№3 AFMSga muvofiq yagona umumiy shakl va mazmunda bir marta tuzish etarli deb hisoblaymiz. 
Unda har bir auditorlik ob’ekti uchun alohida bo’lim ochilishi va umumiy rejaning qolgan ustunlari 
nomlari amaldagi shaklda belgilangan shakl va mazmunda tayyorlanishi maqsadga muvofiq deb 
hisoblaymiz. Bizningcha, butun bir korxona faoliyati tekshiruvi uchun yagona shakldagi umumiy 
rejaning tayyorlanishi natijasida auditorlar ishi birmuncha osonlashadi, ularga korxona faoliyatini 
tekshirishda ortiqcha jismoniy mehnat kamayib, vaqt va mablag’ni tejashga erishiladi.
4. Audit dasturini tuzish va undan foydalanish tartibi 
Audit dasturi - bu auditorlik umumiy rejasida belgilangan vazifalarni bajarish bosqichlari, 
bajarish muddati va vaqti, vazifalarni bajaruvchilarning to’liq tarkibi, tekshiruvda bajariladigan 
auditorlik amallari hamda auditorlik ish hujjatlari batafsil aks ettirilgan auditorlik ish hujjatidir.
Dastur audit umumiy rejasini rivojlantirish hisoblanadi va audit rejasini amalda qo’llash 
uchun zarur bo’lgan auditorlik amallari mazmunining batafsil ro’yxatini o’z ichiga oladi. Dastur 
auditor yordamchilari uchun batafsil yo’riqnoma bo’lib, bir vaqtning o’zida auditorlik tashkiloti va 
auditorlik guruhining rahbari uchun ish sifatini nazorat qilish vositasi hisoblanadi. Audit dasturi 
shunday tuzilishi kerakki, undan foydalanuvchi hech qanday xatoliklarga yo’l qo’ymasdan korxona 
faoliyatini belgilangan muddatda, to’liq va sifatli o’tkazish imkoniyatini ta’minlasin. 
Auditor audit dasturini hujjat shaklida rasmiylashtirishi, har bir bajariladigan auditorlik 
amallarini o’zining ish hujjatlarida aniq bayon etish maqsadida ularni ketma-ketlik asosida raqam 
bilan tartiblashi lozim. Amaldagi 3-son AFMSning 33-bandida dastur o’zaro bog’liq bo’lgan 
hujjatlar shaklida ya’ni, “auditorlik dasturini nazorat vositalari testlari dasturi ko’rinishida va 
mohiyatiga ko’ra auditorlik rusum-qoidalari dasturi ko’rinishida tuzish kerak”
6
ligi belgilab 
qo’yilgan. Bunda, nazorat vositalari testlari dasturi korxona buxgalteriya hisobi va ichki nazorat 
tizimini baholash bo’yicha test yoki savolnomalar majmui shaklida tuziladi. Buxgalteriya hisobi va 
ichki nazorat tizimi ishonchliligini baholash natijalariga asosan, auditorlik tashkiloti tomonidan 
tekshirishda bajariladigan ishlar hajmi, shuningdek, tekshiruv muddati va qiymati belgilanadi, 
bunda nazorat vositalari testlarini o’tkazish orqali xo’jalik yurituvchi sub’ekt nazorat vositalarining 
jiddiy kamchiliklari aniqlanadi.
Mohiyatiga ko’ra, auditorlik amallari dasturi buxgalteriya hisobida hisobvaraqlar bo’yicha 
oborotlar va saldo to’g’ri aks ettirilganligini batafsil tekshirishni o’zi ichiga qamrab olib, ular 
buxgalteriya hisobi ob’ektlari yoki umumiy rejada belgilangan vazifalarni bajarish bo’yicha 
auditorlik amallari ro’yxatidan iborat bo’ladi. Auditor bunday amallarni qo’llash orqali buxgalteriya 
hisobining aynan qanday bo’limlarini tekshirishni belgilaydi va bu esa auditordan buxgalteriya 
hisobining har bir bo’limini tekshirish bo’yicha auditorlik dasturini tuzishni talab etadi. Auditorlik 
tekshiruvini o’tkazish shartlari va auditorlik amallari natijalari bog’liq holda audit dasturi qayta 
ko’rib chiqilishi mumkin. O’zgarishlarning sabablari va natijalari o’zgartirilgan dasturda 
hujjatlashtirilishi lozim.
Audit dasturining har bir bo’limi bo’yicha auditorning ish hujjatlarida aks ettirilgan 

6
O’zbekiston Respublikasining “Auditni rejalashtirish” nomli 3-AFMSning 33-bandi. O’zbekiston Respublikasi moliya 


vazirligi 14.07.1999 y. www lex.uz


 
xulosalari auditorlik hisoboti (xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga yozma axborot) va 
auditorlik xulosasini tuzish hamda moliyaviy hisobot to’g’risida auditorning fikrini shakllantirish 
uchun asos bo’lib hisoblanadi. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda asosiy vositalar auditining dasturini quyidagi 9-jadvalda 
keltirilgan shakl va mazmunda tuzishni tavsiya etamiz.
 

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin