Chikago, Illinoys
21 yanvar 2004
Moliyaviy hisobotlarga javobgarlik to’g’risida
RAHBARIYATNING XATI
Wm.Wringley Jr. Kompaniyasi boshqaruvi ushbu yillik hisobot tayyorlash, uning yaxlitligi va
ular bilan bog’liq axborotlar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga oladi. Ushbu javobgarlik ichki
nazorat tizimi orqali aktivlar butunligini ta’minlash, bitimlar tegishli tarzda ruxsat olgan holda
amalga oshirilishiga erishish va moliyaviy yozuvlar to’g’ri aks ettirilishini ham qamrab oladi.
Ushbu choralar ichki auditning kompleks dasturini, kompaniya siyosatini, jarayonlar uchun
javobgarlik mos tarzda bo’lishini, shuningdek, xodimlarni ehtiyotkorlik bilan tanlash va o’qitishni
o’z ichiga oladi. Korxona siyosati Ish yuritish kodeksini o’zida aks ettirib, unga muvofiq barcha
ishchilar kasbiy etika qoidalariga amal qilishlari lozimdir.
LLP Ernst and Young moliyaviy hisobotlarning mustaqil auditini o’tkazdi, uning
hsoboti(xulosasi) quyida keltiriladi.
Direktorlar kengashi boshqaruv uchun
o’z javobgarligini mustaqil direktorlardan iborat, audit bo’yicha komitet orqali amalga oshiradi.
Audit bo’yicha Komitet muntazam ravishda hisob tahlili va nazorat masalalar yuzasidan
yig’ilishlar o’tkazadi. Ernst and Young LLP va ichki auditorlar audit bo’yicha Komitetga
to’g’ridan-to’g’ri kirish imkoniga ega va ular bilan muntazam ravishda alohida uchrashish
imkoniga ega.
WM.WRIGIEV JR.KOMPANIYa
Chikago, Illinoys
21 yanvar 2004
AQShda (US) auditining umum qabul qilingan standartlari GAAS xalqaro standartlar
kabi, xulosada uchta banddan foydalanishni talab qiladi. Ikkinchi xatboshi xalqaro standartlarga
muvofiq
qayd etish qismiga, uchinchi xatboshi esa auditor fikrini ifodalaydigan bandga to’g’ri
keladi. Yuqoridagi misolda Amerikaning Wm.Wrigiev Jr.Comnany kompaniyalari, saqich ishlab
chiqaradigan “Juicy Fruit”, “Doublemint” yalpizli, “Spearment” yapizli, “Big Red”
va boshqa
kompaniyalarining to’liq hisobotlari haqidagi auditor xulosasini va rahbariyatning moliyaviy
hisobotlarga javobgarlik haqidagi xatini ko’rdik.
Dostları ilə paylaş: