O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#140379
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   362
Аудит УМК

13-MAVZU
:
:
 
 TA’MINOT JARAYONI AUDITI 


 
13-mavzu
:
:
 
 Ta’minot jarayoni auditi 
 
REJA: 
1.Ta’minot jarayoni auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari 
2.Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditi 
3. Asosiy vositalar kirimiga doir muomalalarni hujjatlashtirish, schyotlarda aks 
ettirishning to’g’riligini tekshirish 
4. Nomoddiy aktivlar kirimi hisobi to’g’riligini tekshirish 
5. Tovar-moddiy zahiralar kirimi hisobini tekshirishning xususiyatlari 
6. Tovar-moddiy zahiralarni kirim qilish va ishlab chiqarishga sarflash vaqtida 
baholashning to’g’riligini tekshirish 
Tayanch so’z va iboralar
: Asosiy vositalar, ularning auditini o‘tkazish bo‘yicha dastur 
tuzish, auditda foydalanadigan ma’lumot manbalari, asosiy vositalar auditini hujjatlashtirish, asosiy 
vositalarning analitik va sintetik hisobi auditi, asosiy vositalarni soliqqa tortishni tekshirish, lizing 
munosabatlari va ijara majburiyatlari auditi, xo‘jalik va pudrat usulida bajarilgan ishlar auditi. 
1.
 
Ta’minot jarayoni auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari 
Auditorlik tekshiruvlarini yuqori sifatda o’tkazish maqsadida, auditor mol etkazib beruvchi 
va pudratchilar bilan hisoblashishlar auditining dasturini tayѐrlash uchun ichki nazorat vositalari 
mavjudligini tekshirishi va ushbu vositalarni samaradorlik nuqtai nazaridan baholashi lozim. 
Auditorlik tekshiruvida ta’minot jaraѐniga xos bo’lgan ichki nazorat vositalarining samaradorligini 
baholash uch bosqichdan iborat: 1) ichki nazorat vositalarini dastlabki o’rganish; 2) ichki nazorat 
vositalarini testdan o’tkazishni amalga oshirish imkoniyatini aniqlash uchun ulardan har birining 
ishonchliligini dastlabki baholash; 3) testdan o’tkazish natijalari asosida ichki nazorat vositalarining 
ishonchliligini yakuniy baholash. Ushbu bosqichlardan ta’minot jaraѐnining ichki nazorat 
vositalarini dastlabki o’rganishning o’ziga xos xususiyatlarini alohida ko’rib chiqamiz. Ta’minot 
jaraѐnida auditning vazifasi ushbu jaraѐn ichki nazorat amallarini bajarishga jalb etilgan xodimlar 
tomonidan xatolarning oldini olish imkoniyatlarini baholashdan iborat.
Ta’minot jaraѐnida quyidagilar asosiy shartlar jumlasiga kiradi: xo’jalik sub’ektiga moddiy 
qiymatliklarning kelib tushishi, unga muvofiq rasmiylashtiriladigan shartnoma turi (etkazib berish, 
ayirboshlash, vositachilik va boshqalar); mol etkazib beruvchi ѐki pudratchilarning turi (mulkdor, 
kreditor, vositachi), yuridik maqomi (yuridik shaxs, jismoniy shaxs, xususiy tadbirkor va h.k.); 
etkazib berish turi (xaridor transporti bilan, sotuvchi transporti bilan, avtotransport korxonalari 
xizmatidan foydalanish); hisob-kitoblar tartibi. Moddiy qiymatliklarni sotib olish uchun namunaviy 
shartnomalar bo’yicha asosiy shartlarga auditorlar tekshirilaѐtgan sub’ektning buxgalteriya hisobi 
va ichki nazorat tizimlari bilan umumiy tanishib chiqish vaqtida aniqlik kiritadi. Ta’minot jaraѐni 
ichki nazorat vositalarini o’rganib chiqish va ularning ishonchliligini baholashning ikkinchi va 
uchinchi bosqichlariga o’tish, ichki nazorat vositalarini testdan o’tkazish ehtimoli to’g’risida qaror 
qabul qilish shartlari quyidagilardan iborat: 1) moddiy qiymatliklarni sotib olishga taalluqli 
bitimlarning katta jmi; 2) uchinchi tomon ishlab chiqqan va xizmat ko’rsatadigan dasturiy 
ta’minotdan foydalanuvchi buxgalteriya hisobining kompyuterlashgan tizimi; 3) moddiy 
qiymatliklar sotib olishga tender e’lon qilish, buyurtma berish, ularni qabul qilish, hisobini yuritish 
va etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar uchun mas’ul bo’lgan shaxslar o’rtasida majburiyatlarni 
taqsimlash; 4) lavozim yo’riqnomalarida nazarda tutilgan xo’jalik operatsiyalarini bajarish tartibi 
buzilgan hollarda, xususan, ular uchun tasdiqlangan buyurtma mavjud bo’lmagan moddiy 
qiymatliklar kelib tushgan taqdirda mustaqil nazorat vositalarining mavjudligi. Bunday holat 
sabablarini aniqlash to’lovlarga ruxsat beruvchi shaxslar va etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar 
hisobini yuritish schѐtlarini solishtiruvchi shaxslardan qat’i nazar amalga oshirilishi lozim; 5) 
bitimlarga o’z vaqtida va to’g’ri ishlov berilishi va axborotning saqlanishini nazorat qilishning 
samarali usullari. 



Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin