O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


Ishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya hisobi bo’yicha ichki nazorat tizimi



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#140379
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   362
Аудит УМК

Ishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya hisobi bo’yicha ichki nazorat tizimi 
holatini tekshirish yuzasidan testlar 

№ 
 
 
 
Test sinovlari bo’yicha yo’nalishlar va savollar 
 
 
Javoblar 
Javob 
yo’q 
Ha 
Yo’q 
Izoh 






1 Shartlar 
Yuk xatlari, cheklab-olish xaritalari, talabnomalar, naryadlar, tabellar, 
hisob varaqalari blankalaridan moddiy javobgar shaxslardan tashqari 
boshqalar foydalana oladimi? 

2 Haqqoniylik 
Usta (brigadir) tomonidan tayyorlangan materiallarni olish talabnomalari 
va ish vaqtini hisobga olish varaqalari tekshiriladimi ? 

3 Har hafta yakuni bo’yicha usta (brigadir) tomonidan tayyorlangan 
mehnat va ishlatilgan materiallar to’g’risidagi hisobot tekshiriladimi? 

Korxona 
da nazorat 
past 
4 To’liqlik 
Yuk xatlari, cheklab olish xaritalari, talabnomalar, naryadlar, tabellar, 
hisob varaqalari oldindan raqamlanadimi va undan mavjud bo’lmagan va 
soxta hujjatlarni aniqlash uchun foydalaniladimi? 

5 Javobgarlik 
Naryad-topshiriqnomalar, materiallar bo’yicha yuk xatlar va ishchi 
kuchiga bo’lgan ehtiyojlar maxsus mas’ul shaxslar tomonidan 
tayyorlanadimi? 

6 Aniqlik 
Materiallarni sarflash, mehnat hisobi va ishlab chiqarish hisobotlari 
bo’yicha dastlabki hujjatlar ma’lumotlari bo’yicha aniqlangan farqlar 
tekshiriladimi? 

7 Xarajatlar bo’yicha me’yorlar muntazam ravishda qaytadan ko’rib 
chiqiladimi? 

Korxona 
da nazorat 
past 
8 Tayyor mahsulot to’g’risidagi hisobot ma’lumotlari bilan omborga kirim 
qilingan mahsulotlar to’g’risidagi ma’lumotlar orasidagi farqlar hisobga 
olinadimi? 

9 Tabaqalashtirish 
Xarajatlar kalkulyatsiya elementlari va bandlari bo’yicha to’g’ri 
tabaqalashtiriladimi? 

10 Hisob 
Mahsulot tannarxi bo’yicha xarajatlar hisobi va kalkulyatsiya usuli 
tanlab olinganmi? 

11 Xarajatlar hisobi uchun mas’ul shaxslar tomonidan segmentlar bo’yicha 
va umumlashtirilgan hisob ma’lumotlari tekshiriladimi? 

12 Davriylik 
Xarajatlar hisobi "Voqealarni davr bo’yicha aniqligi" tamoyiliga javob 
beradimi? 

Nazorat muhiti quyidagi elementlardan iborat: 
- siyosat va boshqaruv uslublari; 
- korxonaning boshqaruv tuzulmasi; 
- direktorlar kengashi, xususan uning auditorlik komiteti faoliyati; 
- boshkaruv funktsiyalari va mas’uliyatlarni taqsimlash uslublari; 
- nazorat boshqaruv uslublari, shu jumladan ichki audit; 
- kadrlar siyosati va amaliyot; 


- tashqi ta’sirlar (banklar tekshiruvi, soliq nazorati). 
Nazorat muhitidagi nazorat amallariga nazorat amallarining ayrim xususiyatlari xosdir. 
Rahbarlar va menenjerlarning nazoratga munosabati nazorat muhitiga eng katta ta’sir ko’rsatadi. 
Boshkaruvning yuqori pog’onasi xizmatchilarning nazoratga munosabatini belgilaydi. Yaxshi 
boshqaruv muhiti yuqori darajadagi ichki kommunikatsiya tizimini ta’minlaydigan, direktorlar 
Kengashi huzuridagi auditorlik inspektsiyasining samarali ishlashiga yordam beradigan, byudjetlar 
tizimi (biznes-reja yoki smeta) va ularning bajarilishi to’g’risidagi hisobotlardan foydalanadigan, 
ichki auditning samaradorligini ta’minlaydigan boshqaruv tizimi bilan tavsiflanadi. Keyinchalik, 
nazorat muhiti korxona xodimlarining kompetentliligi, xizmat vazifalarining taqsimlanishi, aktivlar, 
hujjatlarni olish imkoni va hisob yozuvlarini vaqti-vaqti bilan taqqoslab turish bilan aniqlanadi. 
Nazorat funktsiyalarini amalga oshiruvchi xodimlar kompetentliligi korxona ichki nazorat 
tizimining asosiy belgisi hisoblanadi. Korxonaning kadrlar bilan bog’lik muammolari ichki nazorat 
tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Agar buxgalterlar tez-tez almashtirib turilsa, bu hisob va nazorat 
funktsiyalari etarli tajribaga ega bo’lmagan va buning oqibatida ko’plab xatolarga yo’l qo’yadigan 
odamlar tomonidan bajarilishga olib keladi. Yangi rahbarlar va mansabdor shaxslar korxonadagi 
hisob tizimi bilan etarli darajada tanish bo’lmasligi mumkin. Ayrim hollarda buxgalteriya xodimlari 
yuqori boshqaruv bo’g’ini tomonidan topshirilgan nojo’ya hisob amallarini bajarishni 
xohlamaganliklari uchun ham ishdan bo’shab ketadilar. Shuning uchun ham buxgalteriya 
xodimlarining tez-tez almashtirilib turishi noxush fakt bo’lishi mumkin. 

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin