ishonchliligi auditor tomonidan tasdiqlanadi. Qoidaga ko’ra ijobiy auditorlik xulosasi auditorlik
tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti uning moliyaviy holati va sodir etilgan
moliya-xujalik muomalalarining O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiqligini
ishonarli aks ettiradi degan fikrga kelingan vaqtda tuzilishi lozim.
Auditorga barcha zarur ma’lumotlar o’z vaqtida taqdim etilmagan yoki buzib ko’rsatilgan
holda taqdim etilganligini u bilmagan bo’lsa, bunga auditor javobgar hisoblanmaydi. Bu hollarda
barcha javobgarlik zarur ma’lumotlarni auditorga taqdim etishi lozim bo’lgan, tekshirilayotgan
korxona ma’muriyati va uning ma’sul xodimlariga yuklatiladi. Shu boisdan, korxona rahbari va
moliya-hisob xizmati xodimlari oldindan, auditorlik xulosasini oxirgi tahrirda tuzgunga qadar
tanishib chiqishlari, agarda ularda ayrim holatlarga nisbatan norozilik, mulohaza yoki qandaydir
takliflari bo’lsa, ushbu bildirilgan fikrlar diqqat bilan eshitilib, korxona xodimlari ishtirokida
muhokama qilinishi va asoslangan holda chiqarib tashlanishi yoki e’tiborga olinib, xulosaning
oxirgi tahririda inobatga olinishi lozim. Shuningdek, agar tekshiruvda hech qanday kriminalga oid
holat aniqlanmagan bo’lsada, xulosalarni ochiqdan-ochiq yoki niqoblangan ishoralar bilan
shakllantirish mumkin emas. Auditorlik xulosasida hech qanday taxminlar, gumonlar, mish-mishlar
va boshqa tasdiqlanmagan manbalardan olingan ma’lumotlarni keltirish mumkin emas. Shuningdek,
xulosada judayam ehtiroslarga berilgan so’zlar, keltirilgan faktlar bo’yicha sharhlar, bo’lmasligi
kerak.
Auditorlik tekshiruvi yakunlanganidan so’ng barcha materiallar (ishchi va analitik jadvallar,
hisob-kitoblar, auditorlik tekshiruvi va xulosalar hamda ekspertiza dalolatnomalarining birlamchi
nushalari, hisob xodimlari, moddiy javobgar shaxslar va boshqalarning tushuntirish xatlari) har bir
tekshirilgan korxona uchun maxsus ochilgan papkalarda saqlanishi lozim.
Dostları ilə paylaş: