solishtirib, yoki o’zi e’lon qilingan dividendlarni qayta hisoblab ko’rishi mumkin. Agar auditor
mijoz korxonadagi dividendlar to’lanishi yuzasidan nazorat tizimi ishonchli emas deb hisoblasa, har
bir dividend oluvchi aktsiyadordan buxgalteriya kitoblaridagi va hujjatlaridagi summalarning
to’langanligi haqida so’rashi mumkin.
Shuningdek, auditor dividendlar to’lanishidagi
cheklovlarning hujjatlarga qay darajada muvofiqligini ham o’rganib chiqishi kerak bo’ladi.
Taqsimlanmagan foyda auditi. Korxonalarda taqsimlanmagan foyda foydadan ajratma, yoki
joriy yil yo’qotishlari, pul ko’rinishida yoki dividend ko’rinishida kiritilishi mumkin. Buxgalteriya
standartlariga muvofiq bir qancha operatsiyalar borki, ular to’g’ridan to’g’ri taqsimlanmagan foyda
bilan bog’liqlikda amalga oshiriladi. Shuning uchun taqsimlanmagan foydani tekshirishda
qo’shimcha audit amallarini bajarishga to’g’ri keladi. Taqsimlanmagan foydadan rezerv kapitalini
shakllantirish, rezerv kaitalidan imtiyozli aktsiyalarga dividendlar to’lash bu kabi operatsiyalar
jumlasiga kiradi.
Taqsimlanmagan foyda auditi shu schet bo’yicha faoliyatlar garfigini o’rganishdan
boshlanadi. Davr boshidagi qoldiq hujjatlar bilan muvofi kelishi kerak. Foyda va zararlar to’g’risida
hisobot tuzilgunga qadar bo’lgan foyda va xarajatlar qadamba qadam o’rganilishi maqsadga
muvofiq. Barcha e’lon qilingan dividendlar miqdori hujjatlar bilan solishtirilib o’rganiladi. Nihoyat,
taqsimlanmagan foyda bilan bog’liq barcha izohlar va ochib berishlar
zarur punktlarda yozilishi,
tushuntirilishi kerak. Masalan, ko’pgina qarz majburiyatlari dividend sifatida to’lanishi mumkin
bo’lgan taqsimlanmagan foydani cheklaydi.
Dostları ilə paylaş: