alohida tekshirilishi zarur.
Shuningdek, olingan veksellar bo’yicha veksel foizlari va QQS aks ettirilishi, veksel bo’yicha
pul mablag’larining kelib tushish chog’ida (tovarlar, qarama-qarshi talablar) vujudga keladigan
majburiyatlar to’g’riligi tekshiriladi.
Tekshiruv jarayonida xaridorlarning muddatlari o’tib ketgan debitor qarzlari talab qilinganligi
va talab qilinmaganligini aniqlab tahlil qilinadi. Debitor qarzlarni hisobdan o’chirish faktlari
bo’yicha auditor ushbu faktlarning asoslanganligi va to’g’ri aks ettirilganligini aniqlaydi.
Debitor qarzlarning ahvoli va ularni hisobdan o’chirishni tekshirish amallari shubhali qarzlar
bo’yicha rezerv yaratish va undan foydalanishni tekshirish amallari bilan kesishadi. Shubhali
qarzlar bo’yicha rezervlardan foydalanishning asosliligini tekshirish debitor qarzlarni hisobdan
o’chirish chog’ida ko’rib chiqiladi.
Mahsulot va materiallarni sotishga jo’natish me’yoriga qarab barcha nakladnoy ma’lumotlari
tayyor mahsulotlarni sotishga doir hujjatlar reestri (63 - ASK shakl)ga yozib boriladi. Reestrlar
ichki xo’jalik bo’linmalari (shirkatlar, brigadalar va boshqalar)dan xo’jalik buxgalteriyasiga
topshirilib, ularning ma’lumotlari asosida «Qishloq xo’jalik mahsulot, material, ish va xizmatlari
realizatsiyasini hisobga olish vedomosti (62 - ASK shakl) tuziladi. Reestrlarda xaridor va
buyurtmachilar bilan hisob - kitoblar har qaysi to’lov hujjati bo’yicha alohida-alohida hisobga olib
boriladi. Hisobot oyi ichida to’lanmagan summalar, undan keyingi oyda xaridor va buyurtmachilar
bilan hisob-kitoblarni hisobga olish uchun xizmat qiladigan, yangi saldo (qoldiq) reestriga har qaysi
to’lov hujjatidan o’tkaziladi.
Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob - kitoblarni tekshirishni boshlashdan oldin saldo
(qoldiq) reestrlarida ko’rsatilgan qoldiqlarning Bosh daftardagi 4010 - «Xaridorlar va
buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020- «Olingan veksellar», 6310- «Xaridorlar va
buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schyotlari bo’yicha qoldiqlarga teng kelishini aniqlash zarur.
Shuningdek, reestrlarning o’z vaqtida to’lg’azilishi, buxgalteriyaga topshirilishi va xo’jalikning
kassasiga yoki hisob-kitob schyotiga tushgan to’lovlar haqida belgilar (yozuvlar) mavjudligi
tekshiriladi. Mahsulot, material, ish va xizmatlar realizatsiyasi bo’yicha to’lov talabnomalarining
o’z vaqtida to’lg’azilishi va inkassaga qo’yilishi tekshiriladi. Qarzlarning vujudga kelish sanalari va
to’lov muddati o’tib ketgan summalarini saldo (qoldiq) reestrlari bo’yicha aniqlash zarur. Ushbu
to’lov hujjatlari bo’yicha qarzlar nihoyatda puxta tekshiriladi. Chunki, amaliyotda xaridorlar va
buyurtmachilarning qarzlari 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» va
4020- «Olingan veksellar», schyotlarining debetida, to’lovlarning kelib tushishi esa 6310-
«Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schyotining kreditida aks ettiriladi,
shuningdek mahsulot va materiallar bir xo’jalik yoki tashkilotga jo’natilib, schyot esa adashib
boshqasiga taqdim etilishi hollari ham uchraydi. Buning natijasida noxaq debitor va kreditor qarzlar
vujudga keladi.
Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda korxona rahbari va bosh
buxgalteri tomonidan muddati o’tib ketgan debitor qarzlarni undirish choralari ko’rilayotganligi
aniqlanadi, hisob-kitoblarni o’zaro taqqoslash va aniqlangan tafovutlarni taqqoslash dalolatnomasi
tuzib to’g’rilash, shuningdek qarzlarni o’zaro surishishga doir ishlarning amalga oshirilayotganligi
tekshiriladi.
Dostları ilə paylaş: