O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#140379
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   362
Аудит УМК

BALANS 
896 
773 
Qarzlar 2015 yilda 5 yil muddatga foiz va asosiy qarzni oyma oy so’ndirish sharti bilan 
olingan. Qarzlar bo’yicha 2015 yil davomida 18 mln lira foiz summasi to’langan. 
Yil o’rtalarida moliyaviy ijara sharti asosida 30 mln liraga uskuna olingan, moliyaviy natijalar 
to’g’risidashi hisobotda u bo’yicha 2 mln lira foiz xarajati sifatida aks etgan.
Auditor ijara shartnomasi bilan tanishganda lizingga olingan uskuna lizing oluvchi 
buxgalteriyasida aks etishi lozim bo’lgan, xaqiqatda esa “Koch Xolding” kompaniyasi rahbariyati 
qaroriga asosan uskuna hisobda aks etmagan.
Yil davomida 4 mln. liralik mashina sotilgan, uning boshlang’ich qiymati 26 mln. lirani, 
qoldiq qiymati 6 mln. lirani tashkil etgan. 
2015 yil uchun e’lon qilingan dividendlar to’liq to’langan. Oraliq dividendalr to’lanmagan. 
2015 yil uchun foyda solig’i belgilangan muddatlarda to’langan.
2015 yil may oyida “Koch Xolding” kompaniyasi 7 mln. liralik qisqa muddatli bank 
kreditlarini jalb qilgan. Kredit teng 6 qismlar bilan so’ndirilgan. Kredit bo’yicha foiz summasi 350 
ming lirani tashkil etib u moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda aks etadi.
Talab etiladi: 
1. MHXSlariga muvofiq pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni 7-son MHXS asosida tayyorlang 
2. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning alohida ko’rsatkichlarni aniqlash metodlari bo’yicha 
tushuntirishlar bering. 
3. Auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang. 
2-masala. Majburiy auditorlik tekshiruvida ikkita tomoni munosabatlariga bog’liq quyidagi vaziyat 
o’rganilmoqda. Aktsiyadorlik jamiyatida hisobot yili boshiga asosiy vositalarning qayta baholanishi 
amalga oshirildi. 4000 ming AQSh dollari bo’lgan asosiy vositani 1,6 koeffitsientga oshirgan, qayta 
baholash paytida asosiy vositaning eskirish 20%ni tashkil etgan. Qayta baholash natijasida 
shakllangan summani ustav kapitalga qo’shimcha aktsiyalarni chiqarish yo’li bilan yo’naltirildi. 
Aktsiyalarni nominal qiymati 1000 AQSh dollarini tashkil etgan. Qo’shimcha chiqarilgan 
aktsiyaning barchasi 10% aktsiyaga egalik qiluvchi aktsiyadorga berildi. Tekshirish davrida 
aktsiyador aktsiyadorlar rozilgiga binona o’ziga tegishli bo’lgan aktsiyalarni 1100 AQSh dollaridan 
boshqa yuridik shaxsga sotdi.


Talab etiladi: 
1. Mohiyati bo’yicha auditorlik dalillarini to’plash amallarini shakllantiring. 
2. Ushbu operatsiya bo’yicha buxgalteriya provodkasini amlaga oshirish bo’yicha taklif bering. 
3. Auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang. 
 
3-masala. Auditorlik firmasida mijoz korxonaning quyidagi buxgalterlik, iqtisodiy va huquqiy
hujjatlari mavjud:
Buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot, pul mablag‘larining harakati 
va xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotlar, balansga tushuntirish xati, biznes reja, buyruq va 
xo‘jalik shartnomalari, korxonaning shtat jadvali, hujjat aylanish grafigi, o‘tgan yilgi auditorlik 
tekshiruvi xulosasi. 
Talab qilinadi:
1.
Auditor rejalashtirish jarayonida mijoz haqidagi yana qaysi hujjatlarni to‘plash kerak va 
tekshirish o‘tkazishning qaysi usullaridan foydalanishni rejalashtiradi. 
2.
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim; 
 
4-masala. «Adidas» kompaniyasida audit qilish natijasida soliqlardan kam to‘langanligi 
ma’lum bo‘ldi. Uni yashirish maqsadida kompaniyasi direktori har bir auditorga dam olish uchun 
yo‘llanmalar taklif qildi va ulardan ijobiy auditorlik xulosa berishlarini iltimos qildi. 
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim; 
2. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim? 
5-masala. Tikuv ishlab chiqarish firmasi auditorlik kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomada 
ko‘rsatilgan talablarni bajarmaganligi sababli, tikuv-ishlab chiqarish firmasi va auditorlik 
kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro nizo kelib chiqdi. Shu sababli, tikuv-ishlab chiqarish firmasi 
auditorlik kompaniyasi bilan amaldagi shartnomani buzib, auditorlik kompaniyasi bilan shartnoma 
tuzmoqchi. 
Talab qilinadi:
1. Bu holatda auditorlik kompaniyasi qanday yo‘l tutishi lozim? 
6-masala. «TOYOTA» kontserni “KPMG” auditorlik kompaniyasiga tekshiruv o‘tkazib 
berish yuzasidan murojaat qildi. Avvalgi auditorlik kompaniyasi bilan shartnomaning buzilish 
sababi auditorlik xulosasining o‘z vaqtida taqdim qilinmaganligidir. 
«TOYOTA» kontsernining ikkita bo‘linmasi mavjud bo‘lib, ularning birinchisi bosh ofis 
bilan bir joyda joylashgan. Birinchi bo‘lim korxona va tashkilotlarga isitish va sovitish sistemasini 
o‘rnatib beradi. Barcha ishlar iste’molchilarning talablariga binoan shartnoma asosida amalga 
oshiriladi. Ikkinchi bo‘linma bosh ofisdan 25 km uzoqda joylashgan bo‘lib, elektr buyumlarini 
ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. 
Ikkala bo‘limda ham buxgalter mavjud bo‘lib, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot 
alohida tayyorlanadi va bosh ofisda konsolidatsiyalashgan hisobot tuziladi. Oxirga yillarda birinchi 
bo‘lim daromadli bo‘lib, ikkinchi bo‘limda rentabellik pasaygan. Direktorlar Kengashi ikkinchi 
bo‘limni sotib yuborish uchun xaridor izlamoqda. Birinchi bo‘limning menedjerlari yuqori malakali 
bo‘lib, ishni to‘g‘ri tashkil qilishgan. Shuning uchun direktor aksiyalar kursini ko‘tarish maqsadida 
tezroq auditorlik xulosasini olishni rejalashtirgan. 
Talab qilinadi:
1.
“KPMG” auditorlik kompaniyasi auditori ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy 
hujjatlardan foydalanishi lozim. 
2.
Auditorlik riskiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlang. 
7-masala.
 
Auditorlik tekshiruvi jarayonida korxona yil oxirida birlamchi buxgalteriya 


 
hujjatlarini inventarizatsiya qilganligi, endi saqlash muddati tugaganligi munosabati bilan ularning 
bir qismini yo‘q qilishni rejalashtirayotganligi aniqlandi. “KPMG” auditorlik kompaniyasi 
auditorlaridan korxona mijoz-korxona buxgalterlari tomonidan bu borada quyidagicha savollar 
bilan murojaat qilindi: 
“Nima qilsak to‘g‘ri bo‘ladi: qog‘ozlarni arxivga saqlashga topshirish kerakmi yoki ularni 
yo‘q qilish mumkinmi? Qanday hujjatlarni yo‘q qilish mumkin? Bunday holda yo‘q qilish 
dalolatnomasi qanday tuziladi, u qaysi shaklda bo‘ladi va kim tomonidan tasdiqlanadi?” 
Talab qilinadi:
1.
“KPMG” auditorlik kompaniyasi auditorlari tomonidan korxona buxgalterlariga yuqoridagi 
holat bo‘yicha qanday amaliy tavsiyalar yoki tushuntirish ishlari amalga oshirilishi lozim?
2.
“KPMG” auditorlik kompaniyasi auditorlari ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy 
hujjatlardan foydalanishi lozim; 
 
8-masala.
 
“Ernst and Young” auditorlik kompaniyasi mijozi “Nike” kompaniyasi quyidagi 
keltirilgan muammoni hal etish bo‘yicha auditorlarga murojaat etdi. Kompaniyada quyidagi 
funksiyalarni bajaruvchi 3 ta ma’muriy xodim mavjud va bu xodimlar quyidagi funksiyalarni 
bajarishlari lozim: 
1. Bosh kitobni yuritish. 
2. To‘lanadigan schotlar registrlarini yuritish. 
3. Cheklarni imzolashga tayyorlash. 
4. To‘lov jurnalini yuritish. 
5. Bankdagi schetlarni nazorat qilish. 
6. Pul tushumlarini yig‘ish va ularni bankdagi hisob-kitob schetiga o‘tkazish. 
Talab qilinadi: 
1. Keltirilgan muammo shundan iboratki yuqorida keltirib o‘tilgan xodimlar bo‘yicha 
bajariladigan funksiyalarning to‘g‘ri taqsimlanmaganidadir. Siz ushbu funksiyalarini xodimlar 
o‘rtasida shunday taqsimlanganki, natijada kompaniyada ichki nazorat yuqori darajada tashkil 
etilsin. 
2. Har bir funksiyani bajaruvchi xodimlarni lavozimi bo‘yicha ajratib chiqing. 

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin