Masala. Auditor tomonidan quyidagi auditorlik amallari bajarildi:
1)
Transport vositalarini ro‘yxatga olish
hujjatlari tekshirildi;
2)
Transport vositalarini qabul qilishdagi birlamchi hujjatlar va dalalatnomalar tekshirildi;
3)
Transport vositalarining haqiqiy mavjudligi aniqlandi;
4)
Transport vositalarini sotgan mol yyetkazib beruvchilardan og‘zaki tasdiq olindi;
Talab qilinadi: Yuqorida bajarilgan auditorlik amallarining qaysi
biri korxonaning transport
vositalariga egalik qilish huquqini isbotlab beradi?
Masala. Quyida keltirilgan dalillarni manbasi (to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumot, tashqi yoki boshqa
shu kabilar)ga ko‘ra turkumlang va ularni muhimligi va ishonchliligiga ko‘ra tartib bilan qo‘yib
chiqing:
A) Kreditorlarning oylik hisobotida ko‘rsatilgan so‘mmalar;
B) Tasdiqlangan hujjatlarni ro‘yxatga olish jurnalining «Schotlar bo‘yicha to‘lovlar» bo‘limida
ko‘rsatilgan so‘mmalar;
V) Auditorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llangan kreditorlar xatidagi ko‘rsatilgan so‘mmalar;
G) Direktorlar Kengashi majlisidan ko‘chirmada ko‘rsatilgan so‘mmalar.
Masala. Auditorlik dalillar bo‘yicha ishchi standart talabiga ko‘ra, auditor muhimlikka ko‘ra
test o‘tkazishning quyidagi keltirilganlarning biridan foydalanishi mumkin a) Xo‘jalik
operatsiyalari bo‘yicha testlar o‘tkazish; b) qoldiqlar bo‘yicha testlar o‘tkazish; v) analitik amallar.
Talab qilinadi: Quyida keltirilgan amallarni yuqorida aytib o‘tilgan muhimlilikka ko‘ra test
o‘tkazishning qaysi turiga kirishini jadval asosida keltirib o‘ting:
1. Haqiqiy natijalar bilan rejadagi ko‘rsatkichlarni solishtirish.
2.Cheklar reystrida qayd etilgan «to‘langan» cheklar bo‘yicha provodkalarni topshirish.
3. To‘lashga doir hisoblangan foizlarni qayta hisob-kitobini o‘tkazish.
4. Zaxiralarning aylanuvchanlik koeffitsiyentini hisoblash va tarmoq bo‘yicha taqqoslash.
5. Yil oxiriga bank schotlarini tekshirish.
6. Realizatsiya jurnali provodkalari bilan schot-fakturalar hisobini solishtirib tekshirish.
7.Yil oxiriga mavjud korxona kantselyariya zaxiralarini inventarizatsiyadan o‘tkazish.
Masala. Toshkent shahrida joylashgan umumiy ovqatlanish korxonasiga tegishli kafe haftada
7 kun, bir kunda 12 soat (haftada jami 84 soat) ishlaydi. Kafedagi xizmat ko‘rsatuvchi 4 o‘rindiqli
stollar soni 36 ta. Ma’muriy xodimlar soni 2 kishini, texnik xodimlar 1 kishini tashkil etadi.
Korxonada 2012 - yilning IV choragida butun korxona bo‘yicha haqiqatdagi mehnatga haq to‘lash
fondi 14 200 000 so‘mni tashkil etsa, stollar soni o‘zgarmagan holda, korxona DSIga taqdim
etadigan xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma hisob-kitobini
qanday to‘ldirish lozimligi bo‘yicha maslahat-tushuntirish bering.
Masala. Kichik qo‘shma korxonaning asosiy faoliyat turi ishlab chiqarish hisoblanadi. U
umumbelgilangan tartibda soliqlar to‘laydi. 2010 - yilda korxonada xomashyo bilan bog‘liq
muammolar yuzaga keldi. Korxona boshqa korxona bilan 1
yil muddatga moddiy yordam
to‘g‘risida qarz shartnomasini tuzdi. Qarz beruvchi yagona soliq to‘lovi to‘lovchisidir. Qarz
beruvchining hisobvaraq-fakturasida QQS ko‘rsatilmagan, chunki uni to‘lamaydi. Qarzni
belgilangan muddatda qaytarish chog‘ida korxonada hisobvaraq-fakturani to‘ldirish borasida
shubha paydo bo‘ldi. Agar QQS ustuni to‘ldirilsa, bu QQS hisobotida (7-ilova) qanday aks
ettiriladi? Qarz beruvchi hisobvaraq-fakturani qanday qilib to‘g‘ri to‘ldirishi kerak? Ikkala tarafning
buxgalteriya provodkalari qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
Masala. MCHJ balansida 2009 - yilda xarid qilingan uchta avtomashina bor. MCHJ ustavi
va ta’sis hujjatlariga muvofiq ulardan biri uchinchi shaxsga tekinga berilgan? Yuqorida keltirilgan
muomalalarni to‘g‘ri va qonuniy amalga oshirilganligini tekshirishda qanday ma’lumot
manbalari
yoki dalillar o‘rganilishi lozim?
Masala. Ulgurji savdo qiluvchi korxonaning 2011 - yil yanvar-sentabr oylaridagi tushumi 32
000 ming so‘mni tashkil qilgan. IV chorakda 14 500 ming so‘mlik tovarlar realizatsiya qilingan.
Oktabrda xaridor sentabrda sotilgan 600 ming so‘mlik tovarning bir qismini qaytargan. Ushbu
tovarning xarid qiymati 370 ming so‘mni tashkil etgan.
Korxona qaytarilgan tovar so‘mmasi - 600 ming so‘mga yillik tovar oborotini kamaytirgan.
Shu tariqa, 2011 - yil uchun YAST hisob-kitobining 010-satrida aks ettiriladigan tushum 45 900
ming so‘mni (32 000 + 14 500 - 600) tashkil qilgan. Korxona buxgalteri tomonidan buxgalteriya
hisobida tovarning qaytarilishi quyidagicha aks ettirilgan:
Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni
So‘mma
(ming so‘m)
Hisobvaraqlar
korrespondensiyasi
Debet
kredit
Tovarni qaytarish aks ettiriladi
600
9040
4010
4010
5110
Yalpi tushumga tuzatish
kiritish aks
ettiriladi
600
9010
9040
Xaridor qaytargan tovar kirim
qilinganda
370
2910
9120
Talab qilinadi: Yuqorida keltirilgan muomalalarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri va qonuniy
amalga oshirilganligini tekshirish jarayonida qanday ma’lumot manbalari va hujjatlar o‘rganiladi.
Masala. Korxonada muddatidan avval eskirishi oqibatida ikkita boshlang‘ich qiymati 135000
so‘mdan bo‘lgan muzlatkich hisobdan chiqarilgan. Muzlatkichlardan birining amortizatsiya
ajratmalari 118000 so‘mni, ikkinchisiniki esa 120000 so‘mni tashkil qilgan. Tugatish
dalolatnomasida amortizatsiya to‘liq hisoblanmaganligining sababi ularni ta’mirlash uchun ehtiyot
qismlar yo‘qligi, deb ko‘rsatilgan. Muzlatkichlarni hisobdan chiqarish uchun ishchilarga demontaj
uchun 3750 so‘m ish haqi hisoblangan, 4000 so‘m metalalom hamda 9500 so‘mlik ehtiyot qismlar
korxona omboriga kirim qilingan. Korxona buxgalteri tomonidan muzlatkichlarni hisobdan
chiqarishdan ko‘rilgan moliyaviy natijani 30650 so‘m,
deb baholab, uni 9590 schotga hisobdan
chiqargan.
Talab qilinadi: Yuqorida keltirilgan muomalalarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri va qonuniy
amalga oshirilganligini tekshirish jarayonida qanday ma’lumot manbalari va hujjatlar o‘rganiladi.
Masala. Korxona tomonidan mol yyetkazib beruvchilardan tovar-moddiy boyliklarni olish
bo‘yicha ishonchnoma qay tarzda rasmiylashtiriladi va uning hisobi qanday yuritiladi.
Masala. MCHJ shaklidagi korxona yagona soliq to‘lovi to‘lovchisi
hisoblanadi va u QQS
to‘lovchilar toifasiga o‘tmagan. Korxona "Atlantika" MCHJ bosh pudratchi buyurtmachi korxonasi
bilan 2012- yilning may oyida texnik soz, mashina va mexanizmlarni ajratish hamda xizmat
ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolagan.
Shartnomaga asosan buyurtmachiga 2012 - yil davomida 330 mln so‘mlik mashina va
mexanizmlarga xizmat ko‘rsatilgan va ularga doir hisobvaraq-fakturalar rasmiylashtirilgan. Bundan
tashqari, yil davomida yoqilg‘i mahsuloti bilan uzluksiz ta’minlanish maqsadida buyurtmachi bizga
160 mln so‘mlik avtomobil benzinini hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirgan
holda shartnoma
tuzmasdan yyetkazib bergan. Bu hisobvaraq-fakturalarda 6 mln so‘mlik qo‘shimcha xarajatlar va 33
mln so‘mlik QQS hisoblab yozilgan.
Talab qilinadi:
1.
Yuqorida keltirilgan muomalalarni amalga oshirilishida yetishmayotgan yoki qo‘shimcha
ravishda tuzilishi lozim bo‘lgan hujjatni aniqlang va uni rasmiylashtirish holatlarini tahlil qiling.
2.
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;