O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə250/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#140379
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   362
Аудит УМК

 
KIRISH 
Ushbu dasturda uzviylik va uzluksizlik nuqtai-nazaridan mantiqiy ketma-
ketlikda o’z aksini topgan audit va auditorlik faoliyatining mohiyati, O’zbekiston 
Respublikasining moliyaviy nazorat tizimida auditning tutgan o’rnini o’rganish 
Respublikamiz iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida auditorlik faoliyatini 
takomillashtirishga xizmat qiladi. Audit fanini chuqur o’rganish moliya, soliq, bank 
ishi, sug’urta va boshqa sohalar muammolarini hal qilishda muhim rol o’ynaydi. 
Dasturda talabalar mustaqil ishlab qo’shimcha bilim olishlari, yozma ishlar 
tayyorlashlarini hisobga olib bir qator nazariy masalalar kengroq berildi.
“Audit” fanining mazkur ishchi o’quv dasturi O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 
2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi PQ-2909-sonli Qarori, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma'lumotli 
mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining 
ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ
-
3151-son Qarori 
hamda 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va 
ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol 
ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3775-
sonli Qarori, shuningdek, 2018 yil 19 sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida 
auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3946-
sonli Qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan va unda “Audit” fanini o’qitishda zarur 
bo’lgan asosiy jihatlar yoritilgan.
I.
 
O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni 
Ushbu fan iqtisodiyot tarmoqlarida auditning kasbiy faoliyati, auditning 
nazariyasi, auditorlik faoliyati, auditorlik tekshiruvi, boshqa xizmat ko’rsatish 
sohalarida audit fanlarini o’rganishda umumiy ma’lumotlarni qamrab olgan. 
O’zbekiston Respublikasida oliy ta’limning o’rni, Toshkent moliya institutining 
faoliyati, oliy o’quv yurtlaridagi o’qish jarayonini tashkil etishning ilmiy asoslari, 
mustaqil ish va talabalar mehnatini ilmiy tashkil etish, talabalarning ilmiy-tadqiqot 
ishini tashkil etish, auditorlik kasbining tarixiy rivojlanishi, auditorlik faoliyatining 
huquqiy asoslari, audit kasbiga qo’yiladigan talablar, audit faniga kirish, auditorlik 
faoliyati, auditorlik tekshiruvlarini tashkil etish, auditorlik faoliyatini me’yoriy 
tartibga solish va ularning amaldagi ijrosini ta’minlash, auditorlk tekshiruvlarida 
dalillar olish, auditorlik tekshiruvlarini tashkil etish va auditorlik malaka sertifikatini 
olish va unga qo’yiladigan talablar, auditning xalqaro standartlari, asosiy vositalar, 
nomoddiy aktivlar auditi, investitsiyalar auditi, materiallar auditi, tayyor mahsulot 
(tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini auditi, pul mablag’lari va ular bilan 
hisoblashishlar auditi, mehnat va ish haqi muomalari auditi, majburiyatlar auditi
xususiy kapital auditi, moliyaviy natijalar auditi, moliyaviy hisobotlarni tuzish va 
taqdim etish muomalalari auditi, xarajatlarni turkumlash va baholash ularning auditi, 
mahsulot tannarxini muomalalari auditi, byudjetlashtirish va xarajatlar auditini 


o’tkazish, O’zbekiston Respublikasida ichki audit xizmatini tashkil etish va uni 
rivojlantirish yo’nalishlari bugungi kunda buxgalteriya hisobini rivojlanishga olib 
keladi hamda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy jixatdan taraqqiy etishiga xizmat 
qiladi. 
Talabalarning ushbu fanni chuqur o’rganishi audit fani nazariyasi, auditorlk 
tekshiruvlarini tashkil etish, daromadlar va xarajatlar hamda soliqlar va boshqa 
majburiy to’lovlar auditi mavzulari hamda xo’jalik subyektlari moliyaviy hisobot 
auditini tashkil etishda zamin bo’lib xizmat qiladi. 
Mazkur dastur “Audit” fanini “Kasb ta’limi”, “Moliya”, “Bank ishi”, 
“Buxgalteriya hisobi va audit”, “Sug’urta ishi”, “Pensiya ishi”, “Baholash ishi”, 
“Davlat byudjetining g’azna ijrosi” va “Menejment” ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejasi 
tarkibida o‘rganilishini nazarda tutadi

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin