Schyotlar bo’yicha qoldiq va oborotlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishnig
to’g’riligini batafsil tekshirishda quyidagi tanlash xatarlari mavjud:
a) birinchi toifa xatarlar
- tanlash natijalari tekshiriladigan to’plamda jiddiy
xatolar mavjudligidan dalolat berib, ayni paytda ushbu to’plamda bunday xatolar
yo’q bo’lganida to’g’ri gipotezani chiqarib tashlash xatari;
b) ikkinchi toifa xatarlar
- tanlash natijalari tekshiriladigan to’plamda jiddiy
xatolar yo’qligidan dalolat berib, ayni paytda ushbu to’plamda jiddiy xatolar mavjud
bo’lganida noto’g’ri gipotezani qabul qilish xatari.
Tanlash riski.
Jamlanmaning hajmi (o’lchamini) belgilashda auditorlik tashkiloti
tanlash riskini, yo’l qo’yilgan va kutilayotgan xatolarni aniqlashi kerak. Tanlash
shundan iborat bo’ladiki, auditorning tanlash ma’lumotlari asosida yuzaga kelgan,
muayyan masalalar bo’yicha fikri, xuddi shu masalalar bo’yicha butun jamlanmani
o’rganish asosida yuzaga kelgan fikrlardan farq qilishi mumkin.
Tanlash riski nazorat tizimi vositalarini testdan o’tkazishda ham, buxgalteriya
hisobida hisobvaraqlar bo’yicha oborotlarni va saldolarning to’g’ri aks ettirilganligini
tekshirishda ham mavjud bo’lishi mumkin.
TANLASH RISKI TURLARI
ikkinchi toifa risklar
-
tanlash natijalari
nazorat tizimining ishonchliligidan
dalolat berib, ayni payida ushbu tizim
ishonchsiz bo’lganida noto’g’ri gipotezani
qabul qilish ehtimoli
birinchi toifa risklar
-
tanlash natijalari
nazorat tizimining ishonchsizligidan
dalolat berib, ayni paytda haqiqatan bu
Dostları ilə paylaş: