standartlari (GAAP, AQSh)), AUS (Auditning umumqabul qilingan standartlari (GAAS, AQSh)),
AXS, yoki AJHNK (Aktsiyadorlik jamiyatlarining hisobotlari ustidan nazorat Kengashi(PCAOB,
AQSh)) standartlarida bu metod xaqida rasmiy ma’lumotlar aks etmagan. Yuqorida sanab o’tilgan
standartlarning hech birida muhimlik darajasi chegarasini qanday aniqlanishi bo’yicha aniq
metodika keltirilmagan. Masalan, AQSh audit standartlari auditorlik
tekshiruvi maqsadi uchun
muhimlik darajasini aniqlashda foydalaniladigan omillar keltirilgan.
Yuqoridakeltirilganmetodnimisolbilanko’ribchiqsak.
10-jadval keltirilgan ma’lumotdan ko’rinib
turibdiki, komponent bo’yicha
umumiy
muhimlik multiplikatori, guruh bo’yicha umumiy muhimlik darajasiga nisbatan 1 mln. so’mdan 5
mln. so’m oralig’ida belgilanishi mumkin. Boshqacha so’z bilan aytganda, har bir sho’’ba korxona
uchun optimal muhimlik darajasini aniqlash algaritmi multiplikatori aniqlashdan boshlanadi, ya’ni
barcha kompanentlar bo’yicha muhimlik darajasini guruhlar bo’yicha umumiy muhimlik darajasiga
nisbati yo’li bilan aniqlanadi. Komponentlar bo’yicha muhimlik darajasini
aniqlash jarayonida
multipliktorni “eng yaxshi amaliyot”da keltirilgan KMUM jadvalidan foydalanish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: