Nazorat samaradorligiga rasmiy va mantiqiy, hujjatlar va faktlar asosidagi tekshirishlar
kabi xilma-xil usullarni qo’shib foydalanish orqali erishiladi. Bundan tashqari, byudjet
ijrosining nazorati to’liq yoki qisman, kompleks yoki mavzuli, yoppasiga yoki tanlab
o’tkaziladigan nazorat turlariga bo’lish tekshirish hajmi, yoki tekshirilayotgan ob’ektning
to’liq qamrab olinishiga bog’liq.
O’zbekiston Respublikasi ham moliyaviy nazorat sohasida jahondagi rivojlangan
davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda, ularda mavjud bo’lgan moliyaviy nazorat
tizimiga o’tish borasida muhim bo’lgan ishlar amalga oshirilmokda. Jumladan, har
tomonlama xolis bo’lgan, ijroiya hukumatiga emas, balki qonun chiqaruvchi davlat
organiga
bo’ysunuvchi O’zbekiston Respublikasi hisob palatasi O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining
2002
yil
21
iyundagi
PF-3093
sonli
«O’zbekiston Respublikasi
hisob palatasini tashkil etish to’g’risida»gi farmoniga asosan tashkil etildi.
Moliyaviy nazoratni tashkil etishda uning turlarini to’g’ri belgilash muhim hisoblanadi.
Shu jihatdan moliyaviy nazoratni 3 turga bo’lish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
byudjet-moliyaviy nazorati, moliyaviy – xo’jalik (tadbirkorlik, tijorat) nazorati, mustaqil
audit. (1.1.-rasm).
Dostları ilə paylaş: