Fikrning mazmuni aks etgan xatboshi. Auditorlik hisoboti (xulosasi) “Fikr” degan sarlavhali
qism bo’lib, unda haqqoniy taqdim etish asosiga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlar
bo’yicha modifikatsiyalanmagan fikr bildirishda auditorning fikrida (agar qonunchilik yoki
me’yoriy hujjatlarda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa) teng (ekvivalent) deb
baholanadigan quyidagi iboralardan biri qo’llanilishi lozim:
(a) Moliyaviy hisobotlar barcha muhim jihatlarda, ... [moliyaviy hisobotlarni taqdim etish
uchun qo’llaniladigan asos]ga muvofiq haqqoniy taqdim etadi; yoki
(b) Moliyaviy hisobotlar ... [moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo’llaniladigan
asos]ga muvofiq to’g’ri va haqqoniy tasavvur beradi.
Muvofiqlik asosi talablariga binoan
tayyorlangan moliyaviy hisobotlar bo’yicha modifikatsiyalanmagan fikr bildirishda auditorning
fikrida moliyaviy hisobotlar barcha muhim jihatlarda [moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun
qo’llaniladigan asos]ga muvofiq tayyorlangani ko’rsatilishi lozim.
Xulosa sanasi. Xulosaga sana qo’yilishi lozim. Auditor xulosaga audit tugagan kun sanasini
qo’yishi kerak (qoidaga ko’ra, topshiriqning oxirgi kuni). Bu o’quvchilarga hodisalarni moliyaviy
hisobotga ta’sirlarini ko’rib chiqishdava hodisalar yoki bitimlar natijasi bo’yicha auditorga bu
sanagacha nimalar ro’y berganligi haqida axborot beradi. Auditorlik xulosalari rahbariyat
tomonidan tayyorlangan va taqdim etilgan moliyaviy hisobotni tekshirish natijasi hisoblanadi,
auditor xulosasiga rahbariyat tomonidan moliyaviy hisobot imzolangan yoki tasdiqlangan sanadan
avvalgi sanani qo’yishi kerak emas.
Auditorning manzili
Hisobotda auditorning ofisi joylashgan va u mijozlarga xizmat ko’rsatadigan aniq joy,
shahar aytilishi kerak. Auditning umum qabul qilingan standartlari ham auditor auditorlik xulosasi
berilgan shahar yoki shtatni (auditor AQShdan tashqarida bo’lsa, shahar va mamlakatni) qo’shishni
talab qiladi. Eslatma: ayrim mamlakatlarda tekshiruv haqidagi hisobotda auditorning aniq manzili
ko’rsatish shart emas.
Imzo
Hisobot auditorlik firmasi nomidan yoki auditorning shaxsan nomidan yoki vaziyatga ko’ra,
ikkalasining nomidan imzolanishi lozim. Auditor hisoboti, odatda, firma nomidan imzolanadi,
chunki firma audit uchun javobgarlikni o’z zimmasiga oladi. Eslatma: Ayrim mamlakatlarda
(masalan AQSh, Buyuk Britaniya, Nederlandiya) hozirda auditorlarning shaxsiy imzosi talab
qilinmaydi. Ularni havola sifatida qo’shib qo’yilishi etarli.
Dostları ilə paylaş: