qamrovli emas, degan xulosaga kelgan bo’lsa;
Auditor o’ziga fikr hosil qilish imkonini beradigan etarlicha tegishli auditorlik
dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’lmasa, biroq u topilmagan buzib ko’rsatishlar (agar ular
mavjud bo’lsa) moliyaviy hisobotlarga ko’rsatishi mumkin bo’lgan ta’siri muhim bo’lishi mumkin,
lekin keng qamrovli bo’lishi mumkin emas, degan xulosaga kelgan bo’lsa.
Salbiy fikr bildirish
Auditor, agar u etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olgach, buzib ko’rsatishlar alohida-
alohida yoki jamuljam holda moliyaviy hisobotlar uchun ham muhim, ham keng qamrovli
hisoblanadi, degan xulosaga kelgan bo’lsa, salbiy fikr bildirishi lozim.
Fikr bildirishdan bosh tortish
Auditor, agar u o’ziga fikr hosil qilish imkonini beradigan etarlicha tegishli auditorlik
dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’lmasa va topilmagan buzib ko’rsatishlar (agar ular mavjud
bo’lsa) moliyaviy hisobotlarga ko’rsatishi mumkin bo’lgan ta’siri ham muhim, ham keng qamrovli
bo’lishi mumkin, degan xulosaga kelgan bo’lsa, fikr bildirishdan bosh tortishi lozim. Shuningdek,
agar auditor (ko’p sonli noaniqliklardan iborat bo’lgan kamdan-kam hollarda) noaniqlikning har bir
jihati xususida etarlicha tegishli dalillar olinganiga qaramay, noaniqlik jihatlarining potentsial
o’zaro aloqasi va ular jamuljam holda moliyaviy hisobotlarga ta’sir ko’rsatishi mumkinligi tufayli
moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikrni hosil qilish mumkin emas, degan xulosaga kelgan bo’lsa ham,
fikr bildirishdan bosh tortishi lozim.
Auditor kelishuvni qabul qilganidan keyin tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati tomonidan
cheklashlar belgilangani tufayli etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish mumkin emasligi
oqibatlari
Agar auditor kelishuvni qabul qilganidan keyin tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati audit
ko’lamiga cheklashlar belgilaganidan xabar topgan bo’lsa va ular auditor fikriga ko’ra, moliyaviy
hisobotlar bo’yicha qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirish yoki fikr bildirishdan bosh tortishni talab
qilishi mumkin bo’lsa, auditor tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatidan cheklashni olib tashlashni
so’rashi lozim.
Bordiyu, tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati ko’rsatilgan cheklashni olib tashlashdan bosh
tortgan bo’lsa, auditor, boshqaruv yuklatilgan shaxslarning barchasi tadbirkorlik sub’ektining
rahbariyati bo’lib ham ishlaydigan hollarni istisno qilganda, bu haqda boshqaruv yuklatilgan
shaxslarni 260 sonli AXSga muvofiq xabardor qilishi
7
va etarlicha tegishli auditorlik dalillarini
olish uchun muqobil tartib-taomillarni bajarish mumkinligi yoki mumkin emasligini hal etishi
lozim.
Agar auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’lmasa, u
buning oqibatlarini quyidagicha aniqlashi mumkin: birinchidan, auditor topilmagan buzib
ko’rsatishlar (agar ular mavjud bo’lsa) moliyaviy hisobotlarga ko’rsatishi mumkin bo’lgan ta’sir
muhim bo’lishi mumkin, lekin keng qamrovli bo’lishi mumkin emas, degan xulosaga kelgan bo’lsa,
auditor qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirishi lozim, ikkinchidan, topilmagan buzib ko’rsatishlar
(agar ular mavjud bo’lsa) moliyaviy hisobotlarga ko’rsatishi mumkin bo’lgan ta’siri shu darajada
ham muhim, ham keng qamrovli bo’lishi mumkinki, qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirish
vaziyatning jiddiyligini ko’rsatish uchun etarli bo’lmasligi mumkin, degan xulosaga kelgan bo’lsa
auditni o’tkazishdan bosh tortishi yoki moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikr bildirishdan bosh tortishi
kerak.
Agar auditor, yuqorida nazarda tutilgandek, auditni o’tkazishdan bosh tortayotgan bo’lsa,
bunday qilishdan oldin auditor auditni o’tkazish jarayonida aniqlangan, fikrni modifikatsiyalash
talab etilishiga sabab bo’lgan har qanday masalalar to’g’risida boshqaruv yuklatilgan shaxslarni
xabardor qilishi maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: