Yu.K.Babinskiy tahriri ostida nashr qilingan «Hozirgi zamon umumiy o’rta ta’lim Oliylarida o’qitish metodlari» (1990 yil) kitobida o’qitish metodlari quyidagicha turkumlanadi.
O’qitishning og’zaki metodlari.
O’qitishning ko’rgazmali metodlari.
O’qitishning muammoli - izlanishlar va reproduktiv metodlari.
O’qitishning mantiqiy metodlari: induktiv, deduktiv va asoslash mantiqiy metodlari.
O’quvchilarning o’quv faoliyatlarini rag’batlantirish va asoslash metodlari:
a) Bilimga bo’lgan qiziqishni shakllantarish metodlari. b) Bilim berishdagi burch va mas’uliyatni rag’batlantirish metodlari. 6. O’qitishdagi nazorat va o’z - o’zini nazorat qilish metodlari: a) Og’zaki va yozma nazorat metodlari. b) O’quvchilarning tayyorgarliklarini laboratoriya va amaliy yo’llari bilan nazorat qilish metodlari. c) Mashina vositasida nazorat qilish metodlari. d) O’z - o’zini nazorat qilish metodlari va h.k. Ya.A.Komenskiy "O’qitish metodlarining o’chi bolada qiziqish uyg’otishi uchun uni jonli qiziqarli qilish zarur, o’qitish har qancha jiddiy ish bo’lsa ham, darsni do’stona, qiziqarli vaziyatda, suhbat, musobaqa, topshiriqlarni topshirish shaklida yoki hikoya va masala shaklida o’tish lozim". O’qitish metodi san’at darajasiga ko’tarilishi uchun uni shunday puxta asoslarga qo’yish kerak, “o’qitish hyech og’ishmay olg’a qadam tashlasin va o’z natijalarida aldanmasin” - deb yozgandi.
I.G.Pestalossimetodik tanlashda bolaning o’z ichki tabiatini hisobga olgan holda tabiatning adabiy qonunlariga asoslanishi kerak deb hisoblaydi. "Faqat bitta metod, ya’ni tabiatning abadiy qonunlariga to’la asoslanadigan metodgina yaxshidir".
A.Disterveg o’qitishning ikki asosiy metodini bayon qiluvchi va o’stiruvchi metodlarini ajratadi: “Tashqi tomondan farq ikki metod mavjuddir. Biri shundan iboratki, unda o’quvchilarga predmet aytib beriladi: ikkinchisi shundan iboratki, unda o’quvchilar predmetning o’zini yaratishga va shu bilan bir qatorda o’qitishning dogmatik va o’stiruvchi (yevristik) metodlarini yaratishga majbur qiladi”.
U ta’lim metodlariga taaluqli ikki qoidani, ya’ni: "Metod tanlashda predmet xususiyati bilan hisoblashmoq kerak" va ”O’qitish metodi o’qituvchi shaxsining o’zi bilan bog’langan", - degan qoidalarni ifodalaydi.
Hozir o’qitish metodlarining samaradorligini oshirish yeng dolzarb masalalardan biridir.O’qitish metodlarining muvaffaqiyati, samarasi, natijasi ko’proq, o’quvchilar faoliyatining faolligi va mustaqilligini tarkib toptirishga ko’p jihatdan bog’liq. Bu yo’l o’qitish metodlarini takomillashtirishning yeng samarali shaklidir. Metod shunday vaqtda samarali bo’lishi mumkinki, o’qituvchi darsda shunday vaziyat, sharoit yaratishi kerakki, ularning mustaqilligini oshirish bilan birga, olayotgan bilimlarni o’zlashtirishda va fikrlashga o’rgatishi zarur.
O’qitish metodlarini takomillashtirish o’quvchi shaxsini, uning dunyoqarashiga, uning pedagogik-psixologik, metodik va maxsus ilmiy jihatidan tayyorgarligiga bog’liq. Ana shunday omillar o’qitish metodlarining samaradorligini oshirish omilllari hisoblanadi.
Yaxshi tayyorgarlik ko’rgan o’qituvchida ma’lum tanlangan metodlarning ustunligini ko’rinadi. Tayyorgarligi kam o’qituvchida buning aksi bo’lishi mumkin.
Oliy ta’lim tizimida o’qitish metodlari bilan birga "metodik usul" va "vosita"lar ham ishlatiladi. Usul - metodning bir qismi bo’lagidir. Masalan, o’quvchining bilimini yozma tekshirish metodiga xatolarni tuzatish usuli kiradi.
Vosita - ma’lum bo’lgan yordamchi o’quv materiali - asbob, qurol va apparatlardan foydalanishdir. O’qitish metodlari dars xarakteriga qarab turli - tuman bo’lishi mumkin. Lekin har bir fanni o’qitishda o’ziga xos umumiy talablarni hisobga olishi kerak. Masalan, fizika, ximiya, biologiya fanlarini laboratoriya mashg’ulotisiz o’qitish mumkin bo’lmaganidek, matematika, ona tili grammatikasini mashq qilmay, misol va masalalar yechmay turib kutilgan maqsadga yerishib bo’lmaydi. Aksincha tarix, geografiya darslarida misol va masalalar yechishga hech qanday zaruriyat yo’q.
Ta’lim jarayonida xilma-xil ta’lim vositalaridan foydalaniladi. Ularni foydalanish maqsadi nutqai nazaridan bir qancha guruhlarga ajratish mumkin:
1. Ko’rgazmali qurollar
2. Ta’lim ashyolari (daftar, ruchka, parta,doska, bo’r va hokazo).
3. Ta’limning texnik vositalari (audio, video universal ham ovozli ham tasvirli).
4. O’quv xonalari.
Ta’lim usul va vositalarini tanlash me’yorlari.
O’qituvchi ta’limning usul va vositalari arsenalidan o’z faoliyatida samara beradiganlaridan foydalaniladi, albatta. Buning uchun u ta’lim jarayonining ko’p qirrali va o’qitayotgan predmetining o’ziga xos tomonlarini hisobga olishi lozim. Shu bilan birga usul va vositalarni samarali tanlash va foydalanishning uslubiy shart-sharoitlari, me’yorlariga amal qilgan holda faoliyat ko’rsatadi.
1. Har bir darsda qo’llaniladigan ta’lim usuli va vositasi o’sha predmetning asosi fanning tadqiqoti usullaridan kelib tanlanadi.
2. Mashg’ulotlarda usul va vositalar majmuidan foydalaniladi.
3. O’quvchilarning yosh va bilish imkoniyatlarini mos tushadigan usul va vositalaridan foydalaniladi.
4. O’qituvchining pedagogik mahorati, tajribalik darajasiga bog’liq.