O’qitish metodlariga quyidagi pedagogik talablar qo’yiladi: Tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirilishga qaratilishi.
Metodning ilmiyligi.
Metodning ommabopligi, metod o’quvchilar rivojlanishining psixologik - pedagogik imkoniyatlariga muvofiq bo’lishi.
O’quv materialini mustahkam yegallashga qaratilganligi.
O’z ishida ilg’or metodlarni muntazam o’rganish, boshqalar tajribasidan foydalanish zarurligidan iborat.
O’qitish metodlari o’quvchilarning yosh xususiyatlariga va ularning samarali o’zlashtira olishlariga imkon berishi.
O’qitish metodlari butun sinf o’quvchilar faolligi va mustaqilligini oshirishga qaratilmog’i kerak va h.k.
Oliylarda qo’llanilayotgan o’qitish metodlari xilma - xil bo’lib, ularning keng tarqalganlari quyidagilar:
O’quv materiallarini og’zaki bayon qilish metodi.
O’quv materialini og’zaki bayon qilish metodi Oliy ta’limi tizimida yeng ko’p qo’llaniladigan metodlardan biri bo’lib, uni hamma fanlardan, hamma sinflarda qo’llash mumkin. Bu metodda o’qituvchi bilimlarni to’g’ridan - to’g’ri jonli nutqi bilan bayon qiladi va o’quvchilar esa idrok qilishi bilan xarakterlanadi. Hikoya, suhbat, ma`ruza ta`limning bilimlarni og’zaki bayon qilish metodlari sanaladi. Bu metodlar yevristik suhbatni hisobga olmaganda, asosan, o`quvchilarning xotirasiga mo`ljallab tashkil yetiladi, tuzilish jihatidan ularning tarkibi bir xil: o`qituvchi tushuntiradi, bolalar tinglaydi.
Hikoya qilish-o’qituvchi tomonidan yangi o’tilayotgan mavzuga doir hodisa va voqyealarning yaxlit qismlarga bo’lib, izchil bayon qilinishidir. Hikoya qilish davomida o’quvchilar faolligini oshirish, diqqatini bir yerga to’plash, ularning voqyea ustida fikr yuritish va almashinishlariga yerishishi uchun ayrim savollar berib borish ko’rsatma materiallardan foydalanish kerak. Hikoya qilishning muvaffaqiyatli bo’lishi o’qituvchi nutqining ravonligi, tushunarli va yemosional bo’lishiga bog’liq. Hikoyaning bir necha xil turi mavjud: kirish hikoyasi- o`quv materialini o`rganishga bolalarni tayyorlash maqsadida o`tkaziladi. Kirish hikoyasi badiiy asarlar bilan tanishtirish, yangi mavzuga oid omillarni yeslash, ularni dastlabki tahlil etish bilan daxldor metoddir; bayon shaklidagi hikoya- yangi o`quv materialini bevosita idrok etish bilan aloqador metodi sanaladi. Bayon shaklidagi hikoyada o`qituvchi o`quv materiali mazmunini turlicha aytadi, uning asosiy va ikkinchi darajali hususiyatlarini izohlaydi; yakunlovchi hikoya-undan darsning oxirida o`rganilgan mavzuga yakun yasash maqsadida foydalaniladi.