Mustaqil ishlar metodlari Mustaqil ishlar ta`limning barcha bosqichlarida o`tkaziladigan, o`qituvchining bevosita ishtirokisiz, ammo uning ko`rsatmalari, rahbarligida bajariladigan intelektual va amaliy topshiriqlardir. Hozirgi paytda mustaqil ishlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi.
Darslik va kitob bilan ishlash metodi. Bu metod ham Oliyda muhim o’rin tutadi. Kitobsiz undan foydalanish madaniyatiga yega bo’lmay turib, fan-texnika sirlarini yegallab bo’lmaydi. O’quv amaliyoti bilan ishlash psixik jarayonni o’z ichiga oladi. O’qitish jarayonida o’qituvchining bayon qilayotgan bilimlarini o’quvchilar faqatgina yeshitib qolmasdan, shu bilan birga uni kitob matnidan ko’rib, ongli idrok qilishi muhim rol tutadi. Darslik va kitob bilan ishlash metodi ikki shaklda olib boriladi:
Dars jarayonida darslik va o’quv adabiyoti bilan ishlash;
Sinf va Oliydan tashqari darslik va o’quv adabiyoti bilan mustaqil ishlash.
Darslikdagi qoidalar va ta`riflar ustida mustaqil ishlash:darslikdagi qoida va ta`rifni o`qish va ularga oid omillarni ajratish; o`qituvchi topshirig’iga ko`ra to`plangan omillarni tahlil etish va xulosa chiqarish; darslikning ayrim sahifalarini tanlab o`qish va shu bilimlardan amaliyotda foydalanish yo`lllari to`g’risida qisqacha xisobot tayyorlash; qoida, ta`riflarni mantiqiy qismlarga ajratish va terminlarga qo`shimcha adabiyotlardan o`rganilgan mavzu doirasida material to`plash; ma`ruza, hikoya, suhbat paytida o`qituvchi chiqargan xulosalarni darslikdagi qoida, ta`riflarni solishtirish.
Darslikdagi amaliy materiallar ustida mustaqil ishlash:darslikdagi mashq, misol va masalalar variantlarni o`zaro musobaqalashib bajarish; darslikdagi amaliy materiallar asosida turli diagramma, jadval, chizmalar tayyorlash; laboratoriya mashg’ulotlarini o`tkazish rejasini tuzish.
Mashg’ulotlarda turli mustaqil ishlarni bajarish bolalarda mustaqillikni tarbiyalaydi. Mustaqillik esa shaxsiy sifat hisoblanadi. Mustaqil ishlash metodlaridan foydalanishda qator qoidalarga rioya qilinadi; o`quvchilarni mustaqil ishlashga tayyorlash; mustaqil ishlarning tushunarli bo`lishi; mustaqil ish uchun yetarli vaqt ajratish; mustaqil ish natijasini tekshirish.