O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Moliya Instituti “Soliqlar va sug’urta” fakulteti “Soliqlar va soliqqa tortish” yo’nalishi st-82 guruh talabasining “Buxgalteriya hisobi” fanidan qilgan mustaqil ishi



Yüklə 1,53 Mb.
tarix27.10.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#118704
Alisherov Jaloliddin Soliq ma\'murchiligi joriy nazorat uchun

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Moliya Instituti “Soliqlar va sug’urta” fakulteti “Soliqlar va soliqqa tortish” yo’nalishi ST-82 guruh talabasining “Soliq ma’murchiligi” fanidan qilgan MUSTAQIL ISHI

Bajardi: Alisherov J.

Tekshirdi: Shirinov S.

Reja: 1. Soliq ma’murchiligining huquqiy asoslari 2. Xalqaro normalar


О‘zbekistonda soliq ma’murchiligining huquqiy asoslari.
Har qanday tizimning (sohaning) mukammal faoliyat yuritishi, ushbu tizimni tartibga solib turuvchi huquqiy asoslarning mukammal, bekamu-ko’st, puxta va pishiq ishlab chiqilganligiga bog‘liq bo’ladi. Shunday ekan, soliq ma’murchiligining samarali faoliyat yuritishi ham ko’p jihatdan uni huquqiy bazasining mustahkamligi bilan ifodalanadi va unga soliq qonunchiligi orqali shakl beriladi.
O’zbekiston Respublikasi soliq ma’murchiligining huquqiy asoslarini ikki guruhga: qonunlar va qonun ostidagi meyoriy hujjatlari guruhlariga bo’linadi.
qonunlar
qonun ostidagi meyoriy hujjatlar
Soliq munosabatlarini tartibga solishda qonun me’yorlari yetakchi va belgilovchi ahamiyatga ega, chunki soliqlarni joriy etish, to’lashga oid masalalar qonunlar bilan belgilanadi va quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1.O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi barcha huquq sohalari ushun, shu jumladan soliq huquqi fani uchun ham bosh yuridik manba bo’lib hisoblanadi. Jumladan, Konstitutsiyaning 51-moddasida «Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yigimlarni to’lashga majburdirlar» deyiladi va shu bilan soliq munosabatlari jamiyatdagi etakchi munosabatlardan ekanligi e’lon qilinadi.
2.O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi soliq ma’murchiligining huquqiy asoslarining ikkinchi eng muhim manbai hisoblanadi va soliq munosabatlarini tartibga solib borish aynan ushbu qonun hujati orqali amalga oshiriladi.
3.O’zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to’g‘risida»gi Qonuni.
O’zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to’g‘risida»gi Qonuni mamlakatimizda soliq to’g‘risidagi qonun hujjatlarining to’g‘ri amal qilishini ta’minlovchi va nazorat qiluvchi organ hisoblangan davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tartibga solib boradi.
4.O’zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyat organlari to’g‘risida»gi Qonuni.
O’zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyat organlari to’g‘risida»gi Qonuniga ko’ra (6-modda) mahalliy davlat hokimiyati idoralari xalq deputatlari, viloyat, shahar, tuman kengashlari, viloyat, tuman, shahar hokimlari) o’z vakolatlari doirasida qaror va farmoyishlar chiqarishlari mumkin va ushbu hujjatlar ham soliq ma’murchiligi manbai sanaladi. Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining soliq va soliqqa tortishga doir qaror va farmoyishlari ham joylarda soliq munosabatlarini amaliyotda qo’llashda muhim asoslar hisoblanadi.
Soliq ma’murchiligining huquqiy asoslari sanaluvchi qonun ostidagi meyoriy hujjatlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining Farmon va qarorlari
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining Farmon va qarorlari ham, soliq ma’murchiligining huquqiy manbalari orasida muhim o’rin tutadi. Farmon va qarorlar bilan me’yorlar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyasida muhokama etilib, tasdiqlangach qonun kuchiga ega bo’ladi. Mazkur hujjatlar vositasida soliqqa oid muhim qoidalar, imtiyozlar, cheklashlar muayyan huquqiy rejim joriy etiladi va bekor qilinadi.
2.O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Respublika Markaziy bankining qarorlari bilan tasdiqlanib, Adliya vazirligida ro’yxatdan o’tkazigan meyoriy hujjatlar.
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Respublika Markaziy bankining qarorlari bilan tasdiqlanib, Adliya vazirligida ro’yxatdan o’tkazigan meyoriy hujjatlari ham soliq munosabatlarini amaliyotda qo’llashda, soliq ma’murchiligining huquqiy asoslarida salmoqli o’rin tutadi.
3.O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo’jalik sudi plenumi qarorlari
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo’jalik sudi tomonidan soliqqa oid ishlarni ko’rish yuzasidan sud amaliyotini umumlashtirish asosida soliq qonunlarini qo’llash bo’yicha qarorlari ham soliq ma’murchiligini huquqiy asoslari bo’ladi.
Xalqaro normalar
Shuni ta’kidlash joizki, soliq ma’murchiligini yuqorida sanab o’tilgan huquqiy hujjatlar bilan bir qatorda soliq munosabatlarida O’zbekiston Respublikasining xorijiy mamakatlar va norezidentlar bilan amaga oshirilganda xalqaro normalar ham qo’llaniladi.
Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin