O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi



Yüklə 334,63 Kb.
səhifə25/44
tarix31.12.2021
ölçüsü334,63 Kb.
#112412
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44
БЛИ Комила 2

Birinchi yo’nalish-matematika, tibbiyot yunalishidagi fanlar bo’lib,bularga matematika,astranomiya,kimyo,geografiya,geodeziya, mineralogiya, tibbiyot, farmakalogiya va boshka Shularga turdosh fanlar kiritilib, Muxammad Muso al-Xorazmiy, Axmad Fargoniylar matematikaga oid, Zakriyo ar-Roziy kimyo va tibbiyotga oid, Ibn-Sino, Jurjoniylar tibbiyot va falsafa, Abu Rayxon Beruniy, Ulugbek Ali Kushchilar astralogiya va tibbiyotga oid yirik asarlar yaratdilar.

Ikkinchi yo’nalish-ijtimoiy-falsafiy yo’nalish bo’lib, bunda falsafa, texnika, mantik,fikx ruxShunoslik, notiklik va boshka soxalar bulib, bu soxada Al-Farobiy, Al-Kindiy, Ibn Rusht, Ibn Sino, Zaxiriddin Bayxakiy, Muxammad Narshaxiy va boshqalar ko’rsatish mumkin.

Lekin biz yukorida zikr etgan olimlar qomusiy olimlar bulib, asosiy kashf etgan ilm soxalari bilan birkatarda boshka bir necha fanlarga doir xam tadkikotlar olib borganlar.


Uchunchi yo’nalish -ta’limiy-axloqiy yo’nalish bo’lib,bu soxada qomusiy olimlar o’z qarashlarini ijtimoiy-falsafiy asarlarida ifodalaydilar.

Mazkur davrda ilmiy bilishga asoslanuvchi metod shakllanadi. Natijada akliy tarbiya olimlar diqqat markazida bo’ldi:Xorazmiy, Forobiylar bu metodni asoslab bergan buyuk mutafakkirlar bo’lsalar, ular bilan bir qatorda o’sha davr yaratilgan barcha ta’limiy-axlokiy risolalarda xam aqliy tarbiyada zexnni tarbiyalash, aqliy kamolat yullari, bilimning asl moxiatlarini yoritishga xarakat qildilar.

Mutafakkirlarning o’z ishlarida o’kitish va ta’lim-tarbiyaga e’tibori natijasida ta’limiy-axlokiy masalalarga qiziqish orta bordi. Anik fanlarni o’qitishning uslubiy masalalariga ayniqsa e’tibor kuchaydi. Pedagogika soxasida inson va unng kamoloti bilan boglik muammo asosiy o’rin egallaydi. Ta’limiy-axlokiy asarlarda bir tomondan inson aqli, uning quvvati, ilm-fanni egallashi, xushxulk bo’lishi ifodalansa, ikkinchi tomondan bu ifodalar ta’limiy-axlokiy asarlarda o’zining badiiy ifodasini topadi.

Mutafakkirlar ta’lim-tarbiyaga oid fikrlaridan inson kamoloti baxt-saodati erishish uchun sharoit yaratish degan g’oyani ilgari surish bilan bog’lab talqin etadilar.Xulosa qilib aytganda, markazlashgan Arab xalifaligida ilm-fan tarakkiyoti, ijtimoiy-iktisodiy taraqqiyot va qadimiy ma’naviy yodgorliklar Movarounnaxr va Xurosonda IX asrlarga kelib ma’naviy ko’tarilish,Shark Renessansi-Uyg’onish davrining boshlanishiga olib keldi.

Butun Shark bilan bir qatorda, Movarounnaxr xam ilm-fan va ma’rifat soxasida o’z xizmatlari bilan dunyoga mashxur bo’lgan faylasuf va munajjim matematika, fizika, tibbiyot, tarix, til va adabiyot, pedagogika soxasida ilmiy meros bilan nom qoldirgan Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Al-Fargoniy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar maydonga keldi. Qomusiy olimlar o’z ilmiy merosida ta’limiy-axlokiy asarlar yaratishga xam katta e’tibor berib, bu asarlarda ilgari surilgan g’oyalar insonning xam akliy, xam axlokiy, estetik va jismoniy jixatdan kamol topishida, pedagogik fikr taraqqiyotida katta axamiyatga ega bo’ladi.

Shuningdek Shark Uygonish davrida sof pedagogik asarlar yaratib, ta’lim-tarbiyada inson takomilining xususiy va umumiy metodlar xakida o’lmas ta’limoti bilan nom koldirgan, tarbiyaShunos olimlar xam maydonga chikdi.

Demak, Uyg’onish davri inson kamoloti muammolari ikki yo’nalishda:

Qomusiy olimlar ijodiy merosida komil insonni tarbiyalash muammosi.

Sof ta’limiy-axloqiy asarlarda komil insonni tarbiyalash muammolari yoritilganini ko’ramiz.

Quyida biz qomusiy olimlarning ta’lim-tarbiya to’grisidagi fikrlari, ma’naviy, axlokiy qarashlari xakida to’xtalamiz.

Al-Xorazmiy (783-850) Jaxon matematika fanining buyuk namoyandasi Muxammad Ibn Muso al- Xorazmiy taxminan 783y. Xorazmda tugiladi.

U boshlang’ich ma’lumotni o’z uyida otasidan olgan. Chunki uning otasi o’qimishli bo’lgan. Qadimiy diniy urf-odatlarni, erli xalk yozuvlarini bilgan.Diniy va ilmiy adabiyotlardan xabardor bo’lgan.Shuning uchun Al-Xorazmiy matematika bilan juda berilib Shug’ullangan. Shu soxaga oid barcha asarlarni qunt bilan o’rgangan. U arab, fors, yunon tillarini xam o’rganib, bu tilda yaratilgan asarlarni xam o’qiy olish qobiliyatiga ega bo’lgan.U «Al jabr va al-mukobala» asari bilan matematika fanini rivojlantirildi xamda amalda qo’llash usullarini bayon etdi.

«Al-jabr» keyinchalik matematikaning aloxida bolimiga aylandi va «algebra» deb ataladigan bo’ldi.

Xorazmiyning matematikaga oid ikkinchi kitobi «Xind arifmetikasi xaqida kitob» bo’lib, ular o’nlik sistemasi raqamlariga bag’shlangan.

Xorazmiy xindlarning falakiyot jadvallarini taxlil etib, «Xorazmiy ziji» nomi bilan mashxur astranomik jadvallar tuzdi. Shuningdek olim «Er satxini o’lchash», «Quyosh soati to’grisida», «Yaxudiylar tarixi va ularning bayramlarini belgilash» kabi asarlari bilan fan soxasiga juda katta xissa ko’shdi.

Bular ma’rifiy-tarbiyaShunoslik jixatidan xam xozirgi kunda axamiyatga molikdir.

Al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muxim xissa kushdi. U birinchilardan bo’lib, sinov kuzatish va sinov metodlariga asos soldi.

U birinchi marta insonlar o’rtasidagi munosabatlarni matematik shakllarda ifodaladi.

Xulosa qilib aytganda, al-Xorazmiy Evropa Sharkda falakiyot va matematika sohasida yangi davr ochdi. Xindlarning o’nlik raqamlari Xorazmiy tufayli «Arab rakamlari» nomi bilan butun dunyoga yoyildi.

Xorazmiyning falakiyot va geodeziyaga oid kuzatishlari geografiyaga oid asarlari, u chizgan er xaritasi xam shark va garb olimlari uchun tekshirish, kuzatish ishlarini olib borishda muxim ko’llanma bo’lib xizmat kildi.

Xullas, al-Xorazmiy ilmiy bilim, ta’lim metodlari, ilm-fanga qo’shgan xissasi bilan insonni akliy kamolga etkazishda, ta’lim-tarbiyada uz urniga ega bo’lgan buyuk allomadir.

.Abu Nasr Forobiy (873-950).Forobiy 873 yilda Sirdaryoning Forob degan joyida tug’iladi. U boshlangich ma’lumotni o’z yurtida oladi. 5 yoshdan u Yozish va ukishni bilar edi. U yoshligidanoq o’rta asr fanlarini chuqur o’rganadi. U ilmiy malakasini takomillashtirish maqsadida 10 yoshidan Shosh, Samarkand va Buxoroga kelib ta’lim oladi.

Lekin bu joylar uning ilmga bo’lgan chanqoqligini qoniktirmaydi. U Eronning Ray, Xamadon shaxarlarida bo’ladi.

U umrining 40 yildan ortigini Bogdodda o’tkazadi.

Forobiy anik fanlar: ilmi nujum, riyoziyot, musika, tabobat fanlariga qiziqadi. Lekin u ko’prok falsafa ilmi bilan Shug’ullanadi.

Tarixiy manbalarga ko’ra u Buxoroda bo’lgan kezlarida Buxoro amiri Mansur ibn Nux Somoniyning iltimosiga ko’ra falsafiy asar «At-taxlimiy» asarini yozadi. Shu asari tufayli «Muallim assoniy» (ikkinchi muallim) lakabi bilan mashxur bo’ladi.

Olim 70 dan ortik tilda so’zlasha olgan. U 160 dan ortik asarlar yozgan. Bizgacha 40 ga Yaqini etib kelgan xolos.

Forobiy asarlarining mazmuniga karab 7 ta katta guruxga bo’lib chiqishimiz mumkin. Ana Shu turkumlash jarayonidagi eng muxim bo’limi tarbiya masalasiga bag’ishlangan ettinchi qismidir.

U ta’lim-tarbiyaga oid, «Baxt saodatga eltuvchi yo’llari xaqida risola», «Fozil odamlar shaxri», «Fazilatli xulklar», «Shaxarni o’rganish xakida» kabi asarlar yaratgan.

Olimning yo’qorida biz tilga olgan asarlari butun jaxon ziyolilari tomonidan xaqli ravishda yuksak baxolangandir.

Forobiyning asarlari arab tilidan dunyoning tillariga rus, ingliz, ispan, frantsuz, uzbek tillariga tarjima qilingan.

Forobiy nixoyatda buyuk olim va mutafakkir edi. Chunonchi, uning asarlarini o’rganish Shuni ko’rsatadiki, o’z ilmiy qarashlari bilan yangi davrga darcha ocha bilgan va zamondoshlaridan bir necha asr olg’a ketgan.

Forobiyning quyidagi pedagogik qarashlari yoshlarga muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Forobiy birinchi bo’lib ta’lim va tarbiyaga ta’rif bergan olimdir.

1.Ta’lim-so’z va o’rganish bilangina amalga oshiriladi.

2.Tarbiya-esa amaliyot, ish-tajriba bilan, ya’ni Shu yo’l orqali amalga oshiriladi, deydi.

3.Xar kimki ilm, xikmatni desa, uni yoshligidan boshlasin, so’zining ustidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo’lsin, xiyonat, makr va hiylalardan uzoq bo’lsin, diyonatli bo’lsin, ilm va axli ilmdan mol-dunyosini ayamasin.

4.Inson yaxshi tarbiya ko’rmagan va turmushda yaxshi tarbiya orttirmagan bulsa, u kup narsalarni nazarga ilmay va ulardan jirkanadi.bunday narsalar unga nourin bulib kuringan narsalar zaruriy bulib chikadi.

5.Ma’lumki, inson xech kachon tugilganda yaxshi Yoki yomon bulib tugilmaydi… Birok xar bir kishida biron bir fazilatga Yoki kabixlikka mayl, kobiliyat buladi va Shu fazilatlarni 2 turga buladi.

1.Fikriy


fazilat

2.Xulkiy


Fikriy fazilat aqliy quvvatga kirib, akllilik, donolik faxm-farosatlilik zexnlilikdan iborat.

Xulqiy fazilat-intiluvchi quvvatga kirib iffat,. Injoat, saxiylik va adolatlilikni o’z ichiga oladi. Yomon fazilatlar razillikdir.

Xulosa qilib aytganda, Forobiyning yuqoridagi ta’lim-tarbiyaga oid kontseptsiyasi shaxsni komil inson qilib tarbiyalashda muxim rol o’ynaydi.

Abu Rayxon Beruniy (973-1048) Komusiy olim Abu Rayxon Beruniy 973 yil 4 sentyabrda Xorazmda dunyoga keladi. Beruniy yoshligidan ilmga ayniksa anik fanlarga qiziqadi. U matematika, jug’rofiya, yulduzlar ilmi, tibbiyot fanlariga oid ko’p kitoblarni o’qib chiqadi. Fors va arab tillarini va qadimgi ajdodlar tillarini qunt bilan o’rganadi.

Beruniy bir necha koinot, metallar va qimmatbaxo toshlar ustida kuzatishlar va tajribalar olib boradi va keyinchalik ana Shu tadqiqotlari asosida «Minerologiya» asarini yaratadi. Uning «Geodeziya» asarida geografiya va astronomiya fanlari bilan bir katorda poleontologik kuzatishlari natijalari xam bayon qilingan.

Beruniyning yana bir muxim asari «Munajjimlik san’atidan boshlangich tuShunchalar»dir. Bu asarda xam u bir kancha fanlar yuzasidan dastlabki tuShuncha va ma’lumotlar bergan.

Olim 1030 yilda uzining SHark va Garbda keng e’tirof kilingan mashxur «Xindiston» asarini yaratadi. Asarda Beruniyning Xindiston xakidagi barcha karashlari uz ifodasini topgan.

Xammasi bulib 150 dan ortik asarlar yaratgan. Olim uz asarlarini usha davr an’anasiga kura arab tilida yozgan. Beruniy yukoridagi asarlarida inson kamoloti xakida uz karashlarini bayon etadi.

Beruniy mamlakat obodonchiligi ilm-fanning ravnakiga boglik bulsa, yoshlarning baxt-saodati va kamolotini uning bilimi, axloki va ma’rifatida deb biladi.

Shuning uchun u yoshlarni ilm-ma’rifatga chorlaydi. Beruniy yoshlardan raxmdil, mexribon, kishilarga iltifotli, xayrixox,. Bulishni, najotsiz odamga kul chuzishni, makkorlik, ayyorlik, adolatsizlik, boylikka xirs kuyish, yolgon gapirish kabi sifatlarga yul kuymaslikni talab kiladi.

Beruniy insonni tabiatining eng oliy kamoloti deb karaydi. U insonning ma’naviy kiyofasidagi barcha axlokiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik kabi 2 turga bulinadi.

Beruniy inson va axlokiy tarbiya xakida fikr yuritar ekan, «insonga er yuzini obod etish va uni boshkarib turish uchun akl-zakovat ato etilgan, Shuning uchun xar dir inson yuksak axlokli bulishi lozim»,-deydi.

Akliy tarbiya, deydi Beruniy, kishining tafakkurini rivojlantirib, dunyokarishini kengaytiradi. Uning uz-uzini anglab etishiga tasir etadi.

Mutafakkir inson kamolotida mexnat va mexnat tarbiyasi xakida muxim fikrlarni bayon etadi. U xar bir xunar egasining mexnatga karib turlarga buladi.

Ogir mexnat sifatida binokor, kumir kazuvchi, xunarmand, fan soxiblari mexnatini keltiradi. Ayniksa, ilm axli,olimlar mexnatiga aloxida e’tibor beradi va xayrixox bulishga chakiradi. Shu bilan birga ogir mexnat kiluvchi konchilar, er osti ishlovchilar, dexkonlar xakida gapirib, ularning mexnatini ragbatlantirib turish kerak deydi.

Olim bolalarni mexnatga urgatish metodlari, yullari xakida xam fikr yuritadi. Ubolalarni eng kichik ilk yoshdan mexnatga urgatish kerak deydi.

Beruniy «Minerologiya»asarida fakat kimmanbaxo metallar, toshlar xakida emas, xunarmandchilikka oid, shogird tayyorlash jarayoni, ustalarning xunar urgatish metodlari xakida kimmatli fikrlar bildiradi.

«Saydana» nomli mashxur asarida esa sharkdagi dorivor usimliklarning tavsifi bayon kilingan.Beruniy inson kamolotida 3 narsa muxim rol uynaydi deydi.

Irsiyat.


Muxit.

Tarbiya.


Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yullari, usullari xakida fikrlari xozirgi davr uchun xam dolzarbdir. Ukuvchiga bilim berishda u:

ukuvchini zeriktirmaslik.

Bilim berishda bir xil narsani Yoki bir xil fanni urgatavermaslik;

Uzviy,izchillik;

YAngi mavularni kizikarli,asosan,kurgazmali bayon etish va xakozoga etibor berish kerakligini uktiradi.olim fan soxasidagi yodgorliklarni,ilmiy bilimlarga oid koldirilgan barcha boyliklarni kunt bilan urganishga davat etadi.ilm toliblariga kalbni yomon illatlardan,kotib kolgan urf-odatlardan,xirsdan,bexuda rakobatdan,ochkuzlikdan,shon -Shuxratdan saklanishi zarurligini uktiradi.

YUkorilardan kurinib turibdiki,Beruniyning komil insonning shakllantirishga oid bu fikrlari uz zamonasi uchun emas,xozirgi davr talim-tarbiya takomillashtirishga xam katta axamiyatga ega.

2.3. “Sharq Uyg‘onish davri va unda ta’lim-tarbiyaning taraqqiy etishi ”mavzusini yoritishda muammoli ta’lim texnologiyalardan foydalanish

3- Seminar mashg’uloti.

Mavzu: Abu Nasr Forobiy va Abu Ali Ibn Sinoning pedagogik g’oyalari.

I.Mashg’ulotning tuzilishi, maqsadi, pedagogik vazifalari va o’quv faoliyati natijalari.




Yüklə 334,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin