Xulosalar asosida “Sharq Uyg’onish davri va unda ta’lim-tarbiyaning taraqqiy etishi” modulini o’qitish metodikasi” modulini interfaol metodlar asosida o’qitishning didaktik imkoniyatlari yanada samarali foydalanishga xizmat qiladigan quyidagi ilmiy-amaliy tavsiyalar ilgari suriladi:
1. Ta’lim tizimi muhitida pedagogik yo’nalishda tahsil oluvchi talabalarga “Sharq Uyg’onish davri va unda ta’lim-tarbiyaning taraqqiy etishi” modulini o’qitish metodikasi” modulini chuqur o’rgatish, ta’lim sifatini baholashni xorij tajribasi asosida takomillashtirish yo’l yo’riqlarini ko’rsatish, OTM reytingini belgilab beruvchi me’zonlar haqida atroflicha ma’lumot berish, bunda interfaol metodlar imkoniyatlaridan foydalanishni yo’lga qo’yish lozim.
2. O’quv rejadagi fanlarni o’qitishda qaysi mavzular bo’yicha interfaol darslar tashkil qilish maqsadga muvofiqligini hisobga olish zarur. Bunda bir mavzu bo’yicha mashg’ulotning maqsadiga to’liq erishishni ta’minlaydigan interfaol Yoki an’anaviy mashg’ulot turlaridan foydalanish ko’zda tutiladi.
3. Interfaol mashg’ulotning samarali bo’lishi uchun o’quvchilar yangi mashg’ulotdan oldin uning mavzusi bo’yicha asosiy tuShunchalarni va dastlabki ma’lumotlarni bilishlarini ta’minlash zarur.
4. Interfaol mashg’ulotda o’quvchilarning mustaqil ishlashlari uchun an’anaviy mashg’ulotga nisbatan ko’p vaqt sarflanishini hisobga olish zarur.
5. Umumiy pedagogika” fani mazmunini yoritishda hamda talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda interfaol metodlarning didaktik imkoniyatlaridan to’laqonli foydalanish
6. Ta’limda interfaol muhitni yaratishda me’yor chegaralarini bilish, talabalarning toliqib qolishi, bilish jarayonlarining charchashi va mashg’ulotga nisbatan yengil munosabat shakllanishiga yo’l qo’ymaslik, guruhiy nazorat va so’rov shakllarini individual nazorat va so’rov shakllari bilan o’zaro muttanosiblikda o’tkazish.
7. O’qitishning interfaol, reproduktiv va muammoli izlanish usullaridan ko’proq foydalanish maqsadga muvofiq bo’lar edi.
GLOSSARIY
Dostları ilə paylaş: |