Zaruriyat tufayli majlis davomida qabul qilingan qarorlardan ko‘chirmalar rasmiylashtiriladi. Buyruqdan ko‘chirmada bo‘lganidek, majlis bayonidan ko‘chirma ham imzo bilan tasdiqlanadi.
Majlis bayonidan ko‘chirma quyidagi asosiy qismlardan iborat:
Tashkilot nomi.
Hujjatning nomi (Majlis bayonidan ko‘chirma).
Sana (majlis sanasi).
Shartli raqam.
Majlis bayoni tuzilgan joy.
Matn:
kun tartibi;
eshitildi;
d) qaror qilindi.
Imzolar.
Nusxa tasdiqlanganligi haqida belgi.
MA’LUMOTNOMA
Bo‘lgan voqea yoki mavjud holatlarni bildirish-axborot berish mazmunida ifodalaydigan hujjat. Ma’lumotnomalar, odatda, yuqori idora, mansabdor shaxs hamda oddiy kishilarning ko‘rsatmasiga, talabiga yoki iltimosiga binoan tuziladi hamda so‘ralayotgan yoki iltimos qilinayotgan axborot va ma’lumotlarni o‘zida aks ettiradi.
Ma’lumotnoma o‘z xususiyati va mazmuniga ko‘ra ikkiga: xizmat ma’lumotnomasi va shaxsiy ma’lumotnomaga bo‘linadi.
Rasmiy xizmat ma’lumotnomasida bosma ish qog‘ozidagi yozuvlardan tashqari, yana quyidagi zaruriy qismlar bo‘ladi:
Hujjat jo‘natiladigan yuqori idora yoki mansabdor shaxsning nomi (bosma ish qog‘ozining yarmidan o‘ng tomonga yoziladi).
Hujjat nomi (Ma’lumotnoma).
Ma’lumotnoma matniga sarlavha (xat boshidan yoziladi).
Asosiy matn (ma’lumotnoma mazmuni).
Mansabdor shaxs (tuzuvchi yoki korxona rahbari) imzosi.
Oxunboboyev nomidagi mahalla raisi
TAVSIFNOMA
Ma’lum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdek, uning o‘ziga xos xislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat.
Tavsifnoma muassasa ma’muriyati tomonidan o‘z xodimiga bir qancha maqsadlar uchun (o‘quv yurtiga kirishda, xorijiy mamlakatlarga ishlash va boshqa yumushlar uchun ketishda, lavozimga tayinlashda va boshqalarda) beriladi.
Tavsifnomada xodimning jamoatchilik va xizmat faoliyati, uning ishchanligi va axloqiy sifatlari ham ko‘rsatib o‘tiladi.
Tavsifnomaning asosiy zaruriy qismlari quyidagilardan iborat:
Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma’lumotlar: ismi, ota sining ismi va familiyasi; tug‘ilgan yili; millati; partiyaviyligi; ma’lumoti; lavozimi; ilmiy darajasi va unvoni (agar ular mavjud bo‘lsa).
Hujjat nomi (Tavsifnoma).
Matn.
Imzolar.
Sana va muhr.
Tavsifnoma matnini o‘zaro mantiqan bog‘langan uch tarkibiy qismga ajratib ko‘rsatish mumkin.
Birinchi qismda shaxsning mehnat faoliyati to‘g‘risida, ya’ni uning mutaxassisligi, aynan shu korxona yoki tashkilotda qaysi muddatdan buyon ishlayotganligi, xizmat vazifasidagi o‘zgarishlar va boshqalar haqida ma’lumot beriladi.
Ikkinchi qismda uning shaxsiy tavsifi, ya’ni ishga munosabati, mutaxassislik bo‘yicha mahorati, siyosiy va iqtisodiy bilimlarini oshi rishi, jamoat ishlarida ishtiroki, oilaviy ahvoli, xulq-atvori, hatto ba’zida siyrati, ishdagi o‘rtoqlariga munosabati, xodimning qanday hukumat mukofotlariga sazovor bo‘lganligi va boshqa asosiy rag‘batlantirishlar, berilgan ma’muriy jazolar qayd etiladi.
Uchinchi qismda esa bayon qilinganlardan xulosa chiqariladi va tavsifnoma qanday maqsadda yoki nima uchun berilayotganligi ko‘rsatiladi.
Tavsifnoma matni uchinchi shaxs tilidan bayon qilinadi. Tavsifnomaga qoidaga ko‘ra uch shaxs – muassasa boshlig‘i, bo‘lim yoki kafedra mudiri, kasaba uyushmasi tashkilotining raisi imzo chekadi va ular imzosi yumaloq muhr bilan tasdiqlanadi.