O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi universiteti


O‘zbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorligi



Yüklə 117,94 Kb.
səhifə6/9
tarix18.11.2023
ölçüsü117,94 Kb.
#132808
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ZBEKISTONNING DUNYONING RIVOJLANGAN DAVLATLARI BILAN IQTISODIY HAMKORLIGI

2.2. O‘zbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorligi
O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi va Yevropa davlatlari bilan hamkorlikni o‘z tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri deb biladi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan barcha jabhalardagi munosabatlari jadal sur’atlarda rivojlanib borishi natijasida o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi davri boshlandi, deb aytsak bo‘ladi.
Birgina misol. Prezidentimizning Fransiya (2018 yil oktyabr), Germaniya (2019 yil yanvar) va Turkiyaga (2017 yil oktyabr va 2020 yil fevral) rasmiy tashriflari tashkil etilib, ularning natijalari bo‘yicha siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda salmoqli kelishuvlarga erishildi. O‘z navbatida, GFR Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer (2019 yil may) va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an (2018 yil aprel) mamlakatimizga javob tashrifini amalga oshirganini alohida qayd etish joiz.
Hozirgi vaqtda Vengriya, Italiya, Belgiya, Buyuk Britaniya va Chexiya kabi davlatlar bilan bilan oliy darajadagi tashriflarni tashkil etish yuzasidan har tomonlama ishlar olib borilmoqda.
So‘nggi bir yil davomida Yevropaning Avstriya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Slovakiya, Sloveniya, Ispaniya, Italiya, Turkiya, Fransiya, Shveysariya, Chexiya, Norvegiya, Finlyandiya, Latviya, Litva kabi mamlakatlari Tashqi ishlar vazirliklari bilan 20 dan ziyod siyosiy maslahatlashuv o‘tkazildi.
Biz so‘nggi vaqtlarda Yevropa Ittifoqi bilan eng yuqori va oliy darajadagi muloqot ilgari kuzatilmagan darajada faollashayotganiga guvoh bo‘ldik. Xususan, 2019 yil may oyida Yevropa Kengashi rahbari Donald Tusk ilk marotaba O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bundan tashqari, YeIning Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha endilikda sobiq oliy vakili Federika Mogerini ikki marta (2017 yil noyabr va 2018 yil mart oylari) respublikamizga tashrif buyurdi.
2020 yilning aprel oyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel o‘rtasida telefon muloqoti o‘tkazildi. Tashqi ishlar vaziri A.Komilov YeIning Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili, Yevropa Ittifoqi Komissiyasi vitse-prezidenti Jozep Borrel (2020 yil yanvar oyida Berlin shahrida va may oyida telefon orqali) bilan ikki marta suhbatlashdi. Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarda ko‘p qirrali hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Mazkur muzokaralar chog‘ida Yevropa tomoni iqtisodiyot, savdo, innovatsiya va investitsiya, transport, ilm-fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Shu o‘rinda Yevropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy yo‘nalishda hamkorlikni sezilarli tarzda o‘sib, rivojlanib borayotganini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Jumladan, 2019 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va YeI mamlakatlari o‘rtasidagi savdo hajmi 2016 yil bilan taqqoslaganda deyarli 60 foiz o‘sib, 4 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Shu bilan birga, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Yevropaga eksport qilish 1,5 baravar ortgan holda 580 millionAQSh dollari miqdoriga yetgan bo‘lsa, bu davrda import hajmi 1,5 barobar oshdi va 3,42 milliard dollarni tashkil etdi.
Joriy yil yanvar-may oylarida tovar ayirboshlash hajmi 1,315 milliard dollarni, shu jumladan, eksport 196,6 million dollarni, import 1,11 milliard dollarni tashkil etdi.
O‘zaro munosabatlarni sifat jihatidan yangi va yuqori darajaga ko‘tarish maqsadida rasmiy Toshkent va Bryussel o‘rtasida yangi keng qamrovli ikki tomonlama hujjat — Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tuzish bo‘yicha 2019 yildan boshlab faol muzokaralar o‘tkazilmoqda.
Yevropa Ittifoqi bilan ko‘p jabhali muloqotni rivojlantirishga xizmat qilayotgan mazkur yo‘nalishga, asosan, 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi doirasida O‘zbekistonda amalga oshirilgan tub islohotlar tufayli erishildi.
So‘nggi yillarda Markaziy Osiyoda kuzatilayotgan hamkorlikning ijobiy dinamikasi, shuningdek, O‘zbekistonning mintaqa davlatlariga nisbatan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash va konstruktiv muloqot orqali barcha masalalarni hal etishga qaratilgan yangi siyosati asosida Bryussel mintaqaga nisbatan siyosatini mintaqalararo aloqalarni rivojlantirish sari tubdan qayta ko‘rib chiqdi.
Bularning barchasi Bryussel tomonidan Markaziy Osiyo uchun tasdiqlangan (2019 yil iyun oyida) yangi strategiyada yaqqol namoyon bo‘ldi. Yevropa tomonining pozitsiyasiga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi va unga a’zo davlatlar Markaziy Osiyoning siyosiy barqarorligi va izchil rivojlanishidan, shuningdek, ikki mintaqa o‘rtasidagi integratsiya aloqalarini faol rivojlantirishdan manfaatdordir.
Mintaqamizdagi barqaror vaziyatni e’tirof etgan holda, rasmiy Toshkent tomonidan ilgari surilgan yaxshi qo‘shnichilik siyosati tufayli rasmiy Rim ilk marta «Italiya — Markaziy Osiyo» formatidagi vazirlar uchrashuvini (2019 yil dekabr) o‘tkazdi. O‘z navbatida, Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni kuchaytirish maqsadida rasmiy Parij ham shu singari muloqotning ikkinchi bosqichini davom ettirishga qaror qildi.
2020 yilning aprel va iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Yevropa Ittifoqi savdo komissari F.Xogan bilan ikki marotaba videokonferensiya shaklida uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralar davomida O‘zbekiston va YeI o‘rtasida kengaytirilgan sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasi bo‘yicha kelishish jarayonini faollashtirish borasida kelishuvga erishildi. O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhning 4-yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga, shuningdek, O‘zbekistonning YeI «PBT+» imtiyoz tizimida benefitsiar mamlakat maqomini olishi jarayoniga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda COVID-19ning global miqyosda tarqalishi va butun dunyo iqtisodiyotiga salbiy ta’siri sharoitida Yevropa Ittifoqi uning salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun O‘zbekistonga 30 million yevrodan ko‘proq mablag‘ ajratishga qaror qildi.
Bundan tashqari, BMT shafeligida O‘zbekistonning Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik Trast fondiga Yevropa Ittifoqi 5 million yevro, Norvegiya 1,1 million AQSh dollari va Finlyandiya 1 million yevro miqdorida mablag‘ ajratdi.
Fursatdan foydalanib, Yevropadagi hamkorlarimizga O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi hamda respublikaning “GSP+”tizimi doirasida benefitsiar maqomini olishi bo‘yicha sa’y-harakatlari, shuningdek, keng qamrovli o‘zgarishlar sharoitida mamlakatimizga ko‘rsatayotgan moliyaviy va texnik ko‘magi uchun minnatdorlik bildirmoqchiman.
Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasi uchun 2014 — 2020 yillarga mo‘ljallangan beg‘araz yordami to‘g‘risidagi ko‘p yillik indikativ dasturi doirasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish uchun qariyb 168 million yevro mablag‘ ajratildi.
Shu bilan birga, biz Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan Afg‘onistondagi mavjud vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha olib borayotgan xalqaro maydondagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdormiz. O‘zbekiston uchun qo‘shni davlatda uzoq kutilgan tinchlikni o‘rnatish ustuvor ahamiyatga egadir.
Biz Yevropa bilan ikki va ko‘p tomonlama istiqbolli munosabatlarni davom ettiramiz. Savdo-sotiq, investitsiya va moliya, yuqori texnologiyalar transferi, ilm-fan, texnika, ta’lim, ekologiya, sog‘liqni saqlash va madaniyat sohalaridagi hamkorlik, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash O‘zbekiston — Yevropa munosabatlarining asosiy ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi.


Yüklə 117,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin