O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishi



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə1/12
tarix20.02.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#123525
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi u


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Urganch Davlat Universiteti
Pedagogika fakulteti
Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishi
174-guruhi talabasi Bahodirova Dilnuraning
Matemarika o’qitish metodikasi fanidan tayyorlagan
Kurs ishi
Mavzu : 4-sinf matematika darsligi ustida ijodiy ishlash, darslik tahlilini amalga oshirish metodikasi


Topshirdi : Bahodirova D.
Qabul qildi : Bobojanov M.
Baholash : ______________


Urganch 2020

MUNDARIJA
Kirish…………………………………………………………………………….3
I.BOB. Boshlang’ich sinflar uchun matematika darsligi va uning tuzilishi.
1.1. Davlat ta’lim standartida 4-sinf matematika dasturiga qo’yilgan talablar…………………………………………………………………………….
1.2. Boshlang’ich sinf matematika darsligining DTS talablari bo’yicha tahlili………………………………………………………………………………
II.BOB. 4-sinf matematika darsligida mantiqiy fikrlashni rivojlantiruvchi ijodiy topshiriqlar ustida ishlash metodikasi
2.1. Matematika darslarida ijodiy topshiriqlardan foydalanish metodikasi…………………………………………………………………………
2.2. 4-sinf matematika darsligidagi arifmetik materiallar ustida ijodiy ishlash va ularni tahlil qilish…………………………………………………………………...
2.3. 4-sinf matematika darsligidagi algebraik materiallar ustida ijodiy ishlash va ularni tahlil qilish……………………………………………………………………
2.4. 4-sinf matematika darsligidagi geometrik materiallar ustida ijodiy ishlash va ularni tahlil qilish………………………………........................................................
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.


Kirish.
Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida tuzilgan Umumiy o’rta ta’limning “Davlat ta’lim standartlari” Respublikamizda umumiy o’rta ta’limni tashkil etish va rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini belgilab berdi.“Yangi tamoyillar asosida rivojlanayotgan ta’lim tizimi yosh avlodni barkamol, ma’naviy yetuk inson sifatida shakllantirishga qaratilgandir” deyiladi, kadrlar tayyorlash milliy dasturida. Umumiy ta’lim, jumladan, boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘quvchilarni o‘rta ta’lim bosqichiga tayyorlash bilan birga ularda o‘qish, mehnat qilish, tashabbus ko‘rsatish, mustaqil faoliyatni egallash kabi sifatlarni taraqqiy ettirish kabilar ham amalga oshirildi.
Boshlang‘ich ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar asosida ish
olib borilmoqda. Texnologiya-tuzilma, didaktik maqsad, ya’ni vazifalarni belgilab
olishdan boshlanib, ta’lim jarayonini bir butun yaxlitlikka yo‘nalishni nazarda tutadi.
Bu jarayon 1-4-sinflar orasidagi uzviylikni ta’minlash bilan bog‘liq. U shunday
kechadiki, 1- o‘qituvchi to‘rt yil mobaynida o‘quvchilarni ta’lim tizimining o‘rta
bo‘g‘inida olib chiqadi. 1-4 sinflarda joriy etilgan yangi texnologiya, avvalo fanlar
orasidagi bog‘liqlikni ta’minlash, ortiqcha qiyinchiliklarni bartaraf etish, fanlarni
integratsiyalash, o‘quvchi faoliyatini to‘g‘ri izga solish, vaqtdan unumli foydalanish, tashabbuskorlik muhitini yuzaga keltirish, ijodiy ishlash tizimini yaratish kabi qator maqsadlarni amalga oshirish kabi zarur ishlarni bajaradi.
Boshlang‘ich ta’lim oldiga qo‘yiladigan vazifalarning to‘laqonli bajarilishini
nazorat qilish,ta’lim bo‘yicha DTS talablari asosida amalga oshiriladi, ya’ni
integratsiya asosidagi takomillashtirilgan boshlang‘ich ta’limga o‘tildi. Ta’lim tizimi shaxsni shakllantirish uchun, Davlat Standarti Talablari asosida hamda jahon ta’lim darajasida kadrlar yetishtirish uchun avvalo o‘qituvchilar, murabbiylar shaxsini har tamonlama mukammal bo‘lishini talab qiladi. Bu ishlar, shubhasiz, respublikamiz xalq ta’limi hayotida katta voqelik bo’ldi. Zero, uni tayyorlash respublikamizning aql-zakovat va salohiyatini rivojlantirish, jamiyat, оila va davlat оldidagi o’z mаs’uliyatini anglaydigan har jihatdan barkamol erkin shaxsni shakllantirish maqsadini ko’zlaydi.
Umumta’lim maktablari asosan matematika fanini chuqur o’rganishga yo’nalgan bo’lib, zarur dastur darslik va boshqa qo’llanmalarga bo’lgan ehtiyoj yaqqol sezilib turibdi. Matematika bоshlаng’ich sinflаrdа o’rgаtilаdigаn аsоsiy o’quv fаnlаridаn bo’lib, mustаqil O’zbеkistоn Respulikasi mаnfааtlаri, o’zbеkоnа оdоb vа milliy аn’аnаlаr ruhi, хаlqаrо bilimdоnlik mеzоni, dаvlаtimiz vа хаlqimiz ehtiyojidаn kеlib chiqib, tаrtiblаngаn ijtimоiy buyurtmаlаr tizimini bаjаrаdi.
Bоshlаng’ich matematika tа’limi bоlаlаrning mа’lum bilim vа mаlаkаlаrni o’zlаshtirib оlish bilаn birgа ulаrdа kuzаtuvchаnlik, idrоk, ijоdiy tаsаvvur, diqqаt, хоtirа, tаfаkkur kаbi bilish qоbiliyatlаrining ilmiy rivоjlаntirishni hаm nаzаrdа tutаdi.
Matematika dаrsi bоlаlаrdа ilmiy dunyoqаrаsh аsоslаrining shаkllаnishigа, bilish qоbiliyatlаrining rivоjlаnishigа imkоn bеrаdi; o’qish vа ijtimоiy fоydаli mеhnаtgа nisbаtаn vijdоniy munоsаbаtni, Vаtаngа muhаbbаtni tаrbiyalаydi
Darslikda berilgan har bir mavzu bo‘yicha darsning maqsadi, darsni o‘tish
uchun ta‘lim vositalari va ulardan foydalanish yo’sinlari qo‘shimcha topshiriqlar va amaliy mashg‘ulotlar berilgan.
4-sinf darsligiga berilgan mavzular o‘quvchi tafakkur, diqqat, xotira, ijodiy
tasavvur, kuzatuvchanlik kabi qobiliyatlarni rivojlantirishga imkon beradi. Ular,
shuningdek o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash malakasini oshirish, ularning o‘z
fikrlarini aniq, to‘g‘ri va tushunarli bayon etishga o‘rgatishga yordam beradi.
Shuni ham ta‘kidlash joizki, hozirgi davr talabiga javob bera oladigan dars
tashkil etish har bir o‘qituvchining ijodiy izlanishiga, mahoratiga, o‘z ustida
ishlashiga bog‘liq. Ta’limning maqsadi o‘quvchilarning zahiriy imkoniyatlarini, o‘zi anglab yetmagan, yuzaga chiqara olmagan ichki hissiyotlarini erkin fikrlash orqali yuzaga chiqarish va o‘quvchilarda o‘ziga, bilimiga, kuchiga nisbatan ishonch hissini tug‘diradi. Ta’limning maqsadi o‘quvchilarning zahiriy imkoniyatlarini, o‘zi anglab yetmagan, yuzaga chiqara olmagan ichki hissiyotlarini erkin fikrlash orqali yuzaga chiqarish va o‘quvchilarda o‘ziga, bilimiga, kuchiga nisbatan ishonch hissini tug‘diradi.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin