O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch ranch texnologiya universiteti



Yüklə 146,38 Kb.
səhifə2/10
tarix09.10.2023
ölçüsü146,38 Kb.
#129891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
6- CHI MAVZU

Kurs ishining vazifalari:Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishning o’ziga xosligi
.Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishning bola rivojidagi roli
Bolani maktab ta`limiga tayyorlashda aqliy tarbiyaning ahamiyati
Kurs ishining ob‘yekti ta'lim jarayoni. Mavzuni yoritishda ta’lim sohasiga oid respublika qarorlari hamda bolalar adabiyoti yuzasidan darsliklar, ilmiy qo’llanmalar, masalaga oid ilmiy-uslubiy maqolalar nazariy asos bo’lib xizmat qildi
Kurs ishining predmeti: > «Ta’lim haqidagi qonun», «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», «Ilk qadam» davlat dasturi
Kurs ishining tuzilishi: kurs ishi 2 ta bob, xulosa va tavsiyalar,adabiyotlar
ro‘yxatidan iborat.

I BOB. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kun tartibi tashkil etish mexanizmi.
Maktabgacha ta`lim muassasasida ta`lim-tarbiyaviy ishini rejalashtirish pedagoglar, tarbiyachi-metodist, mudira faoliyatining muhim turlaridan biridir.
Rejalashtirish – ta`lim-tarbiyaviy ishning zarur sharoit, foydalanadigan vosita, ishning usul va metodlarini ko’rsatib, ta`lim-tarbiyaviy ish dasturini amalga oshirish tartibi, izchilligini oldindan aniqlashdir.
Maktabgacha pedagogika maktabgacha ta`lim muassasasi ishini rejalashtirish mumkinligini va zarurligini ta`kidlab, bunda u inson shaxsini shakllanishida ijtimoiy omillar, muhit va tarbiyaning muhim ahamiyatga egaligi haqida asosiy qoidalarga tayanadi. Rivojlanishning asosiy omili bo’lgan tarbiya jarayonida bilim, aqliy va amaliy malakalar hamda harakat usullarini bola tomonidan egallanishi amalga oshiriladi. Tarbiyaning mazmunini uning maqsadi belgilaydi. Rejalashtirishning maqsadi – «Maktabgacha ta`lim muassassi ta`lim-tarbiya dasturi»ning bajarilishini ta`minlashdir.
Pedagogik jarayonni yagona bir butun sifatida tashkil etish vazifasi rejalashtirishda etakchi hisoblanadi.
Rejalashtirish pedagogik jarayonni yaxlit tashkil etishga: bolalar jamoasi va ayrim bolalarni tarbiyalash vazifasini aniqlashga, bolalarni yoshiga ko’ra pedagogik ta`sir mazmunini va usullarini tanlashga, bolalar hayoti, faoliyat turlari, rahbarlik metodlari va shu kabilarni tashkil etishning turli shakllaridan foydalanishga yo’llangan bo’lishi kerak.
Maktabgacha ta`lim muassasalaridagi ta`lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish murakkab bo’lib, tarbiyachidan bola­larning ruhiy fiziologik taraqqiyot darajasi to’g’risidagi bilimlarni, ta`lim-tarbiya dasturini, ta`lim va tarbiyaning metod va usullarini bilishni taqozo etadi. MTMning yillik rejasi, istiqbol rejasi va tarbiyachining kalendar rejasi. Yillik reja asosan MTM mudirasi, metodist tarbiyachi tomonidan tuzilib, bolalar muassasasida amalga oshiriladigan barcha ishlarni o’z ichiga oladi.
Istiqbol rejasi 1-3 oyga mo’ljallangan bo’lib, undan ko’zlangan asosiy maqsad bolalar bilan olib boriladigan ta`lim-tarbiya ishlarini tartibga solish va uning ma`lum maksadga qaratilgan va samarali bo’lishini ta`minlashdir. Unda «MTMda ta`lim-tarbiya dasturi»ning hamma bo’limllari o’z aksini topadi.
Istiqbol rejasida dasturning hamma bo’limlari bo’yicha amalga oshirilishi lozim bo’lgan ta`lim-tarbiya ishlari ti­zimi bolalar faoliyatining hamma turlarida anik mavzular buyicha belgilab chiqiladi

Yüklə 146,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin