O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus та’liм vazirligi


Yong‘inga qarshi suv ta’minoti



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/179
tarix04.01.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#113683
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   179
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus та’liм vazirligi

 
5.7.4. Yong‘inga qarshi suv ta’minoti 
 
Yong‘inga qarshi suv ta’minoti yilning istalgan davrida 
yong‘in joyiga 3 soat davomida suv yetkazib berishi lozim.  
Bino va inshootlardagi tashqi yong‘inlarni o‘chirish 
uchun zarur suvning hisobiy sarfi ishlab chiqarish 
kategoriyasi, binoning yong‘inga chidamlilik darajasi va 
binoning hajmiga bog‘liq holda tanlanadi.  
Suv manbalari tabiiy yoki sun’iy bo‘lishi mumkin. 
Таbiiу manbalardan ko‘proq qishloq sharoitida 
foydalaniladi. Ular jumlasiga daryo, ariq, ko‘llar va quduqlar 
kiradi. Yong‘inga qarshi sun’iy suv havzalari korxona 
hududidagi yong‘inga xavfli binolar oldiga, I va II darajali 
yong‘inga chidamlilikdagi binolardan 10 m, III, IV va V 
darajali yong‘inga chidamlilikdagi binolardan 30 m 
uzoqlikda quriladi. Bitta suv havzasining xizmat qilish 
radiusi yong‘in avtonasoslari va avtotsisternalardan 
foydalanilganda – 200 m, ko‘chma motopompalar va  qo‘l 
nasoslaridan foydalanilganda – 100 m, bir o‘qli, pritsepli 
motopompalar ishlatilganda–150 m qilib qabul qilinadi. 
Bitta sig‘imda suvning tegilmaydigan zaxira qismi 100 m
3
 
gacha bo‘lishi lozim.  
Tashqi va ichki yong‘inni o‘chirish uchun talab 
etiladigan suv sarfi quyidagicha aniqlanadi:  


 
180
Q
уo
 = 3,6gT
ey
 n
уo

bu yerda, g – ichki va tashqi o‘t o‘chirishga sarflanadigan 
solishtirma suv sarfi, j/s;  
Т
yo
 – yong‘in vaqti, soat;  
n
yo
, – bir vaqtdagi yong‘inlar soni.  
Suvning tegilmaydigan zaxira qismi:  
W
yo
 – Q
yo
(Q
x
+ 0,5Q
t
), 
bu yerda, Q
t
 – texnologik maqsadlarga sarflanadigan suv 
hajmi, m
3
/soat;  
Q
x
 – хо‘jalik maqsadlarida ishlatiladigan suv sarfi, 
m
3
/soat. 
Binolarning ichiga, maydonlarga, zina 
maydonchalariga yoki zallarga poldan 1,5 m balandlikda 
yong‘in jo‘mraklari o‘rnatiladi va ular 10 ... 20 m 
uzunlikdagi shlanglar bilan jihozlanadi.  
 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin