O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus та’liм vazirligi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/179
tarix04.01.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#113683
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   179
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus та’liм vazirligi

Paroksizmal holat  turli xil toifadagi hushdan ketish 
(bosh miyaning organik kasallanishi, epilepsiya, hushdan 
ketish),  уa’ni bir necha sekunddan bir necha daqiqa 
oralig‘ida hushni уo‘qotishdir. Albatta, bunday holat turli xil 
og‘ir oqibatlarga olib keluvchi, ba’zida o‘lim bilan tugovchi 
baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin.  
Psixogen o‘zgarishlar va «affektiv» (affekt-hissiy port-
lash, emotsional portlash) holatlar ruhiy ta’sir orqali yuzaga 
keladi. Kayfiyatning tushishi va apatiya bir necha soatdan bir 
necha oygacha davom etishi mumkin. Albatta, bunga turli xil 
ko‘ngilsiz hodisalar, ixtilofli, mojaroli vaziyatlar sabab 
bo‘ladi. Bunday holatda befarqlik, lanjlik, lohaslik, 
tormozlanganlik, e’tiborsizlik, muskul harakatining susayishi 
sodir bo‘lishi yazaga ke1adi va bu holatlar o‘z-o‘zini nazorat 
qilish qobiliyatini susayishiga, natija esa turli ko‘rinishdagi 
baxtsiz hodisalarni kelib chiqishiga olib kelishi mumkin  
Xafa bo‘lish, haqoratlanish, ishlab chiqarishdagi 
muvaffaqi- yatsizlik oqibatida esa effektiv holat yuzaga 
keladi. Insonda, effektiv holat vaqtida fikrlash-tafakkur-
lashning psixogen (emotsi-onal) torayishi kuzatiladi. Bunda 
harakatning tezligi, agressivligi va qo‘polligi ortadi. Ruhiy 
aktiv vositalar, ya’ni dori-darmonlar va alkogol ichimliklarni 
qabul qilish ham ruhiy holatni salbiy o‘zgarishiga olib 
keladi. Ruhiy aktiv vositalarga: stimulyatorlar (pervitin, 
fenamin) va trankvilizatorlar (seduksen, elenium) kiradi.  
Ushbu dorilar asabiylashishni kamaytirib, xotirjam-
likka olib kelish bilan bir qatorda, ruhiy aktivlikni 
kamaytiradi,  геаksiya tezligini susaytiradi, apatiya va 
uyqusirashga sabab bo‘ladi. Bu esa, mehnat faoliyati davrida 
уo‘1 qo‘yib bo‘lmaydigan xatolarga sharoit tug‘diradi 
hamda baxtsiz hodisalarni keltirib chiqaradi.  


 
19 
Ruhiy faoliyatni maishiy va  ishlab chiqarish omillari 
ta’sirida o‘zgarishi ishlab chiqarish faoliyatidagi muhandis-
tashkilotchilar oldiga ishchining ruhiy holatini nazorat 
qiluvchi tizimni vujudga keltirish hamda takomillashtirish 
zarurligini ko‘rsatadi.  

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin