22
bajarishga sarflanadigan energiya
miqdoriga asoslanish
to‘g‘ri bo‘lmaydi. Shu sababli, mehnat sharoitini, ishlab
chiqarish
muhitini, ularni insonning (ishchining) asab
torlariga ta’sirini ham hisobga olish zarurdir. Umuman,
ishlarni og‘irlik darajasi bo‘yicha guruhlashda 50 ga yaqin
mezon («Kriteriya») hisobga olinishi mumkin.
Ishlar xavflilik va
zararlilik darajasiga qarab esa
zararli,
хаvfli va
o‘ta xavfli turlarga ajratiladi.
Zararli ishlarga
nomaqbul iqlim sharoitida
bajariladigan ishlar (kuchli shamol, past yoki yuqori harorat,
namlik, yuqori darajada shovqin, titrash, har xil nurlar
ta’sirida ishlash) kiradi.
Xavfli
ishlarga, o‘t yoquvchilar, elektriklar va shu kabi
boshqa ishlarni misol qilish mumkin.
O‘ta xavfli ishlarga esa, yong‘inni o‘chirish
va uning
oqibatlarini tugatish, tabiiy ofatlar davrida avariya-tiklash
ishlarini olib borish kabilarni kiritish mumkin.
Dostları ilə paylaş: