27
xavfsiz ishlashini ta’minlash maqsadida unga zaif element
o‘rnatiladi, уa’ni belgilangan ko‘rsatkich me’yordan
oshgach, birinchi navbatda zaif element ishdan chiqadi va
texnik tizim buziladi, jarayon to‘xtaydi va natijada xavf
bartaraf etiladi. Bularga saqlash klapanlarini, elektr
saqlagichlarini va muftalarni misol keltirish mumkin.
Мa’lumot berish tamoyillari. Ishchiga ish davrida
xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha уo‘1-yo‘riqlar, ko‘rsatmalar
berishga asoslangan. Bunga kurs o‘qishlari, уo‘riqnomalar
o‘tish, xavfsizlik belgilari, ogohlantiruvchi yozuvlar va
boshqalar kiradi.
Tasniflash tamoyillarida obyektlarni xavflilik
darajasiga bog‘liq holda sinflarga yoki kategoriyalarga
ajratish tushuniladi. Masalan, sanitar - himoya zona1ari (5
sinfga ajratilgan), portlash-yonish xavfliligi bo‘yicha ishlab
chiqarish binolarining kategoriyalari (А, В,V,G,D, Ye),
yong‘in zonalari va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: