O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus та’liм vazirligi


IV  ВO‘LIМ. ХАVFSIZLIK TEXNIKASI ASOSLARI



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/179
tarix04.01.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#113683
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   179
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus та’liм vazirligi

IV 
ВO‘LIМ. ХАVFSIZLIK TEXNIKASI ASOSLARI 
 
4.1. Xavfsizlik texnikasi to‘g‘risida umumiy  
ma’lumotlar 
 
Mehnat muhofazasining asosiy vazifalaridan biri, 
ishchilarga xavfsiz ish sharoitini yaratib berishdan iboratdir. 
Xavfsiz ish sharoiti, уa’ni mehnat xavfsizligi – bu ishlab 
chiqarish sharoitida ishchilarga barcha xavfli va zararli 
omillar ta’siri bartaraf etilgan mehnat sharoiti holatidir.  
Ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar ishlab chiqarish 
sharoitida ko‘pgina fizik va kimyoviy omillar ta’sirida yuz 
beradi. Bunday xavfli omillarni yuzaga kelishi texnologik 
jarayonning xususiyatiga, ish jihozlarining konstruksiyasiga, 
mehnatni tashkillashtirish darajasiga va shu kabi bir qancha 
omillarga bog‘liq bo‘ladi. Xavfli omillar yuzaga kelish 
xususiyatiga bog‘liq holda aniq va yashirin bo‘lishi mumkin. 
Aniq xavf ko‘zga ko‘rinarli tashqi belgilari bilan 
tavsiflanadi. Masalan, mashinaning harakatlanuvchi qismi, 
ko‘tarilgan yuk va b. Yashirin xavf mashina, mexanizmlar 
va ish jihozlarida yashirin nuqsonlar, nosozliklar bo‘lishi 
bilan xususiyatlanib, ma’lum bir sharoitda xavfli holatga
halokatga olib keladi. Yashirin xavflarga ish joyining 
tartibsizligi, iflosligi, xavfsizlik talablariga javob bermasligi, 
ish jihozlari va moslamalardan noo‘rin, уa’ni boshqa 
maqsadlarda foydalanish, uzilgan elektr simlari, ishchining 
xato va noto‘g‘ri harakati kabilar ham kiradi.  
Ishlab chiqarishda jarohatlanishlarning oldini olish – 
bu murakkab muammo hisoblanib, birinchi navbatda 
mashina va mexanizmlarni loyihalash bosqichida xavfsizlik 
talablariga katta e’tibor berishni talab etadi.  
 


 
110

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin