O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus та’liм vazirligi


Mashina va mexanizmlarning xavfli zonalari



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/179
tarix04.01.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#113683
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   179
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus та’liм vazirligi

4.2. Mashina va mexanizmlarning xavfli zonalari 
 
Insonning hayotiy-faoliyatida doimiy yoki vaqtincha 
xavfli omillar yuzaga keladigan joy xavfli zonalar dеb 
ataladi. Insonga, xavfli omillar bevosita u bilan muloqotda 
bo‘lish orqali yoki belgilangan masofadan kam masofada 
yaqinlashilganda ta’sir etishi mumkin. Xavfli zonalar 
mashinalarning harakatlanuvchi va aylanuvchi mexanizmlari 
atrofida, yuk ko‘tarish-tushirish mashinalarining ishlash 
vaqtida ko‘tarilgan yuk atrofida yuzaga kelishi mumkin. 
Ayniqsa, katta tezlikda aylanuvchi yoki harakatlanuvchi 
mexanizmlar ish kiyimini yoki sochni o‘rab ketishi ehtimoli 
mavjud joylar xavfli hisoblanadi. Xavfli zonalar o‘lchami 
doimiy yoki o‘zgaruvchan bo‘ladi. Shu sababli xavfli 
omillardan himoyalanish tadbirlarini ishlab chiqishda xavfli 
zonalar o‘lchamini aniqlash va hisobga olish talab etiladi.  
Yuqoridagilarga mos holda barcha mashina va 
mexanizmlarning loyihasiga ularning bajarishi lozim bo‘lgan 
vazifalarini hisobga olgan holda xavfsizlik talablari 
o‘rnatiladi. Umumiy holda mashina va mexanizmlar 
loyihasiga qo‘yilgan xavfsizlik talablariga quyidagilarni 
kiritish mumkin: mashina va mexanizmlarning barcha 
harakatlanuvchi va aylanuvchi mexanizmlariga himoya 
to‘siqlari o‘rnatilgan bo‘lishi; mexanizm yoki detallar yuzalari 
o‘tkir qirrali, notekis bo‘lmasligi (texnologik jarayon talabi 
bo‘yicha tayyorlangan detallar bundan mustasno); 
mashinaning o‘lchamlari xavfsiz va qulay transport holatini 
ta’minlashi; boshqarish azolari qulay bo‘lishi; kabinalarda 
ishchi uchun qulay va komfort sharoit bo‘lishi; tegishli 
yoritilganlik jihozlari bilan ta’minlanishi; tegishli nazorat 
asboblari, ishonchli tormoz qurilmalari, signalizatsiya tizimi 
bo‘lishi va b. Shuningdek, mashina va mexanizmlarning 
ayrim mexanizmlariga ham alohida texnik talablar o‘rnatiladi.  


 
111

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin