Darsning maqsadi: o‟quvchilarning gap haqidagi bilimlarini aniqlash; matndagi gaplarni ohang bilan o‟qish, nima haqda ekanini anglash; o‟quvchilar nutqini o‟stirish; gap tugagandan so‟ng keyingi gapni bosh harf bilan yozish qoidalarini eslatish; o‟quvchilarga tinchlik, do‟stlikni qadrlash kabi xislatlarni singdirib borish; yaxshi niyatlar qilishga o‟rgatish.
O‟tgan darsda yozilgan “bayon” haqida biroz to‟xtalib, ballar e‟lon qilinadi.
“Orzular shaharchasiga sayohat” yozuvi yozilgan plakat doskaga osib qo‟yiladi va o‟quvchilar kelgusida nimalarni orzu qilishlari haqida o‟zlarining fikrlarini aytadilar va bu haqda gaplar tuzadilar. Orzularga erishish yo‟lida tinmay izlanish, o‟qish, o‟rganish kerakligini aytiladi. Tuzilgan gaplardan eng mazmunli, chiroyli va dolzarb mavzudagisi tanlab olinadi. Gap tuzgan o‟quvchi doskaga chiqib, tuzgan gapini yozadi. Boshqa o‟quvchilar ko‟chirib yozadilar.
Husnixat mashqlari. “Chiroyli yozuv – insonning husni” shiori ostida. Samarqand, sayqal.
Ss. Samarqand- qadimiy, tarixiy shahar. U yerdagi me’moriy obidalarga berilgan sayqal xorijiy mehmonlarni ham hayratga soladi. Lug‟at ishi: