Ishning metodologik asosi. Mazkur ishning metodologik asosi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, OAV to‘g‘risidagi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning asarlari va nutqlari, shuningdek, internet jurnalistikasi xususan Ijtimoiy tarmoqlarda onlayn jurnalistika xususiyatlarini namoyon bo‘lishiga oid holatlarni atroflicha o‘rganuvchi mamlakatimiz va xorij tadqiqotchilarining asarlari xizmat qildi.
Ishning tarkibiy tuzilishi.Ishning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, maqsad va vazifalari uning tuzulishini belgilab berdi. Tadqiqot ishi uch bo‘lim (ularning har biri ikkitadan faslga ajratilgan), xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.