O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


Jinsga  mansublik  va  o‘yinchoq  tanlash



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/22
tarix19.02.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#114585
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
gulhayo

Jinsga  mansublik  va  o‘yinchoq  tanlash.  O‘yinchoqlar  o‘yinning  tayanch 

materiali  bo‘lib  xizmat  qiladi,  o‘yin  sujetining  rivojlanishiga  yordam  beradi  va 

ularni tanlash bolalarning qaysi jinsga mansubligiga ko‘ra amalga oshiriladi. 



 

 

52 



Maxsus  tajriba  vaqtida  bolalarga  to‘rt  xil  to‘plamdagi  o‘yinchoqlardan 

ikkitasini  erkin  tanlash  sharti  taklif  qilindi.  To‘rt  patnisda  quyidagi  o‘yinchoqlar 

turi  taklif  qilindi:  mashina,  turli  idish-tovoqlar, kubiklar,  qo‘g‘irchoqlar.  Boladan 

barcha  o‘yinchoqlarga  nom  berishni,  ko‘proq  yoqtirgan  o‘yinchoqlar  joylashgan 

ikki  patnisni  olishni  va  bu  o‘yinchoqlarni  o‘ynash  so‘raldi.  Ularning  barcha 

harakatlari  yozib  borildi.  Oqibatda o‘g‘il va qiz bolalarda to‘rt  yoshdan  boshlab, 

o‘yinchoq tanlashda farq yuzaga kelishi aniqlandi. Mashina, kubiklar asosan o‘g‘il 

bolalar  tomonidan,  qo‘g‘irchoq  va  turli  idishlar  qizlar  tomonidan  tanlanishi 

ma’lum bo‘ldi. 

Maktabgacha  davr  oxiriga  kelib  bola  jinsga  mansublik  abadiy  ekanligini 

tushunadi va shunga qarab o‘z xulqini shakllantiradi. Bu vaqtda bolalarda boshqa 

jinsdagilarga nisbatan o‘ziga xos munosabat yuzaga keladi. Bunday munosabatlar 

har bir bolada o‘ziga xos ko‘rinishda bo‘ladi. Masalan, o‘g‘il bola tengdosh qizni 

yoki  kattaroq  yoshdagi  chiroyli  qizni  ko‘rganda,  xursand  bo‘lishi,  munosabatga 

intilishi  mumkin.  Kattalar  bolaning  his-  tuyg‘ulariga  hurmat  bilan  qarashlari 

lozim.  Bunday  instinktlar  kichik  yoshdayoq  ko‘zga  tashlanadi.  Chiroyli  qizlarni 

sochidan  tortish,  o‘ziga  yoqqan  qizni  himoya  qilish,  avaylash,  mehr  ko‘rsatish 

kabilar  tabiiy  ravishda  shakllanib  boradi.  Kattalarning  «Guruhingda  eng  chiroyli 

qiz  kim?»  kabi  savollari  ham  bunga  turtki  bo‘ladi.  Lekin  bolaning 

qiziquvchanligini  kuchay-  tirib  yuborish  ham  to‘g‘ri  emas,  aksincha,  uning 

e’tiborini boshqa narsaga, uning tuyg‘ulari va xayolini yangi kuch bilan o‘ziga jalb 

qila oladigan narsaga qaratish lozim. 

Yosh  bolalarga  xos  qiziquvchanlik,  yoqtirish  maylini  kattalarning  sevgi, 

uylanish va bolalik bo‘lish haqidagi tushuncha- laridan ajrata olish lozim. 




Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin