Mavzuning dolzarbligi. Jamiyat taraqqiyotida insonlarning xuquqiy tengligi
mustaqilligimiz bergan buyuk nematlardan biri bo‘ldi. O‘zaro munosabat negizida
barcha insonlarning xaq-xuquqlari himoya qilinishi, ularning gender xususiyatini
davlat tomonidan hayot tarziga aylantirilishi jamiyat rivojlanishida katta
ahamiyatga
egadir.
Insonlarning
yoshga
xos
genderlik
xususiyatlarini
shakllantirish bugungi kunning ijtimoiy taraqqiyotidagi muhim vazifalaridan
biridir. Jamiyatning yangilanishi talim-tarbiya sohasida olib borilayotgan
islohotlar, yoshlarni o‘z imkoniyatlarining anglab yetishi va udan to‘g‘ri
foydalanishga o‘rgatish, unga yangicha munosabat va yangicha yondashuvni talab
qiladi. Shu nuqtai nazardan hozirgi kunda xalq ta’limi tizimda amalga
oshirilayotgan islohotlar birinchi navbatda shaxsni aqliy va ma’naviy jihatdan
shakllantirishga, ularning o‘zligini anglash, atrof muxitdagi voqea hodisalarga
munosabat motivlarini ijobiy tarzda shakllanishiga erishish, ijtimoiylashuvida
ijtimoiy munosabatlar rolini idrok qilishga yo‘naltirilgandir.
Talim-tarbiya jarayonida individual munosabatda bo‘lishning sharti -
bolaning psixologik xususiyatlarini har tomonlama va chuqur bilishdan iboratdir.
Psixologiya ta’lim-tarbiya ta’siri bilan har bir yosh davrni psixikasida sodir
bo‘ladigan o‘zgarishlarni ham o‘rganadi. Tarbiyachi va ota onalarning vazifasi
bolalalarda foydali odatlarni tarbiyalash va zararlilariga barham berishdir. Bu ishni,
6
yaxshisi ilk yoshdan, bolalardagi nerv sistemasining plastikligi hali yetarlicha ko‘p
bo‘lgan paytdan boshlagan ma’qul. Bogcha yoshi davrda oyin faoliyati etakchi
faoliyat bo‘lib hisoblanadi. Bu davrda bolalalrning bilish faolligi ortadi, qizizshlari
rivojlanadi. Shuning uchun bu davrni o’ziga xos psixologik jarayonlarini o’rganish
maqsadga muviqdir. Bogcha yoshi davrida bilish jarayonlarini hozirgi davr
sharoitidan kelib chiqib o‘rganish zamon talabiga aylanib qolmoqda.Chunki
bollalar bilish jarayonlarini rivojlantirish, psixologik to’siqlar ta’sirini oldini olish
davr talabidir..Yuqoridagi fikrlarga tayangan holda biz yoshga xos bo‘lgan
genderlik xususiyatlarining psixologik jihatlarini aynan maktabgacha yosh
davridagi shakllanishini nazari va amaliy o‘rganish uchun mavzuimizni
“Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda yosh va jins xususiyatlari” deb
tanladik.
Dostları ilə paylaş: |